1.Xizmat-axborot hujj-atlari:
xatlar
telegrammalar
ma’lumotlar
aktlar
2.Farmoish hujjatlari:
buyruqlar
qo`llanmalar
qarorlar
tsirkulyarlar
3.Shaxsiy tarkibga oid hujjatlar:
xodimlar ucheti
guvohnomalar
tavsiyanomalar
xizmat safari qo¨ozlari
Umumiy ma’muriy Hujjatlarda tashkiliy jarayonlar aks ettiriladi.
|
*Maxsus hujjatlar.
Bu hujjatlarda funksional xizmatlar faoliyati aks ettiriladi.
Jumladan:
fan-texnika
texnologiya
iqtisodiyot
hisob-kitob
moliyaga oid
yuridik
reja
statistikaga oid hujjatlar
|
Konfidi- ialligiga qarab
|
*Oshkor hujjatlar, ya’ni hamma o`qiydigan va bosib chiqarishga ruxsat etilgan hujjatlar.
Oshkor qilish ta’qiqlangan hujjatlar
|
*Yopiq hujjatlar, (maxfiy, mutloqo maxfiy) Bularni ruxsatnomasi bo`lgan kishilargina o`qiy oladi. Bosishga ruxsat etilmaydi.
|
Bajarili-shiga qarab
|
*Qo`lda yozilgan hujjatlar, ya’ni qo`lda siyoh yoki qalamda yozilgan
hujjatlar.
|
*Bosma qilingan, ya’ni mashinka yoki kompyuterda terilgan hujjatlar.
|
Demak, Hujjatlar ikki guruhga ajratilar ekan. Birinchi guruhga korxonalarning farmoyish berish va ijro etish jarayonida tuziladigan Hujjatlari kiradi. Bul?r oashkiliy farmoyishli Hujjatlashtirish bo`lib, unga tashkiliy Hujjatlar (nizom, qoida, qo`llanma) farmoyishlar (qaror- bo`yruq, echimlar), ma’lumot-axborotlar (xat, akt, hisobot va
hokazo) kiradi.
Ikkinchi guruhdagi Hujjatlar boshqarishning har bir maxsus funksiyasiga xos Hujjatlar (moliya, buxgalteriya Hujjatlari va hokazo), shuningdek, transport, aloqa, statistika, yurisprudentsiya Hujjatlari va hokazodan iborat bo`ladi.
Ish yuritish Hujjatlarni qayd qilish, ko`paytirish, Hujjatlarni tahlil qilish, ma’lumotnoma axborot xizmati ko`rsatish, hujjatlarni saqlash, ijroni nazorat qilish, tashish, arxivga saqlashga tayyorlashdan iborat bo`ladi. Ish yuritishning asosini quyidagi tamoyillar tashkil qilmo¨i lozim:
korxonaning barcha bo`linmalarida Hujjatlar qabul qilishning bir xil usullari, Hujjat shakllari, ijroni nazorat qilish kabi usullar qo`llanilishi lozim;
korrespondentsiyalar bir joyda qabul qilib olinishi va qayd qilinishi lozim;
Hujjatlar bir marta qayd qilinishi kerak, qayd qilish tizimi Hujjatlarni ijro etishni nazorat qilish tizimi bilan o`zaro va bo¨langan bo`lishi kerak;
Hujjatlar ijro etilishi bosqichlarida shunday saqlanish kerakki, toki zarur ma’lumotnomalarni tuzish uchun kerakli Hujjatni tez topish mumkin bo`lsin;
Hujjatlar tezkorlik bilan hamda eng oz mehnat saqlangan xolda doiraviy aylanishi lozim.
Hujjatni bayon qilish uslubi ravon, aniq va qisqa bo`lishi hamda ayni vaqtda mazmun to`la va tizimni aks ettirilishi lozim. Ishga oid yozuvlarni iloji boricha qisqartirilmaslik, balki qisqartma so`zlarning faqat qabul qilingan shakllaridan foylananish zarur.
Hujjatlarni bayon qilishning izchilligi, ya’ni uchta mantiqiy unsur:
kirish;
tahlil;
xulosaning uy¨unlashtirilishi muhim ahamiyatga ega. Kirishda hujjat tuzish sababi ko`rsatiladi. Tahlilda masalalar bayonining mazmuni, isboti aks ettiriladi. Xulosada esa Hujjatning asosiy mazmuni beriladi. Oddiy Hujjatlarda, albatta bu uchta unsurning ham bo`lishi shart emas.
Davlat standartlarida bayon etilgan hujjatlarni tuzish qoidalari qo¨oz o`lchami (formati), rekvizitlar sostavi, Hujjatlarda ularning tartibi va joylashtirish o`rni, Hujjat blankalarini va rekvizitlarini rasmiylashtirish tartibi, akt, qaror, telegramma, bildirishnoma (raport), xat, buyruq, xizmat yuzasidan xat, qaror, farmoyish kabi hujjatlarni tuzish tartibi va uslubini ko`zda tutadi.
Korxonaga kelgan hujjatlar kirish korrespondentsiyasi deb ataladi. Qabul qilingan korrespondentsiyaning adres bo`yicha kelganligi tekshirilishi va konvertlar hujjatlarga zarar etkazilmagan holda ochilishi kerak. Biror shaxsga atalgan konvertlarni ochish tavsiya etilmaydi.
Korrespondentsiyani qayd qilishda jurnal va kartochka tizimi qo`llaniladi. Jurnalda hujjatlar kelishi tartibi bo`yicha kitobchada qayd qilinadi. Bunday usulni hujjat oboroti uncha katta bo`lmagan (bir kunda 10-15 ta xat olinadigan) korxonalarda qo`llanish tavsiya etiladi.
Kartochka usuli eng zamonaviy bo`lib, eng kam mehnat sarflagan holda uchyotga olish, nazorat qilish va axborot-ma’lumotnoma qidiruv ishlarining puxta tizimini tashkil qilish, hujjatlar oboroti vaqtini qisqartirish imkonini beradi.
Ish korrespondentsiyasi ijro etilish xususiyatiga ko`ra ikki qismga bo`linadi. Birinchi qismi korxona rahbariga beriladi. U har bir hujjat bo`yicha ijro etish tartibi, muddatlari va ijrochilar haqida ko`rsatma beradi. Qolgan korrespondentsiyasi tarkibiy bo`linmalar rahbarlariga yuboriladi. Bu erda ijrochilar haqidagi masala hal etiladi. Hujjatlarning ijro etilishini nazorat qilishni yaxshi uyushtirish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda maxsus nazorat kartotekalarini qo`llash ¨oyat qulaydir.
Korxonada jo`natiladigan hujjatlar chiqish korresponden-tsiyasi deyiladi. Har bir hujjatda indeks bo`lishi shart. Bu narsa boshqa muassasalar bilan yozishmalarda ularni ko`rsatish hamda delolarda va arxivda ularni qidirib topish imkonini beradi.
Ijro etilgan hujjatlar ma’lum bir tizimda saqlanadi. Delolarni guruhlarga ajratishning eng tarqalgan belgilari qo`yidagilar hisoblanadi:
Qayd qilingan guruhlash belgilari bir-biriga muvofiq bo`lishi, ya’ni bir hil hujjatlar xronologik belgiga, boshqalari esa nominal belgiga ko`ra delolarda joylashtirilishi lozim. Bundan tashqari, har bir bo`linmada arxivga topshirilmasdan doimiy saqlanishi talab qilinadigan hujjatlar uchun delolar ajratish kerak.
Hujjatlar muayyan oqimda harakat qiladi. Hujjatlar oqimi deyilganda hujjatlarning belgilangan izchillikda tayyorlangan paytdan boshlab korxonadan jo`natilgunga qadar yoki arxivga topshirilgunga qadar harakati tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |