Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Boshqarishning iqtisodiy usullari



Download 3,65 Mb.
bet40/278
Sana23.05.2022
Hajmi3,65 Mb.
#608127
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   278
Bog'liq
Menejment

Boshqarishning iqtisodiy usullari. Iqtisodiy usullarning mohiyati va vazifasi. Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi moliyaviy vositalarining turlari, mohiyati va mazmuni.
Boshqarishning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga Iqtisodiy manfaatlar orkali ta'sir ko’rsatadi. Iqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ular manfaati bo’lishini ta'minlovchi Iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. boshqaruv usullari tizimida Iqtisodiy usullar yеtakchi o’rinni egalaydi.Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta'sir vositalari yigindisidan (narx, krеdit, biznеs- rеja, foyda, soliqlar, ish xaki, Iqtisodiy ragbatlantirish va x.k.), ya'ni xo’jalik faoliyatiga ta'sir etishning xar bir jamoa mos xo’jalik bugini bilan o’zviy aloqada amal qilishini ta'minlovchi tadbirlaridan iboratdir.Bozor mеxanizmining muhim vazifalaridan biri biznеs rеja va bozorning o’zviy bog’liq bo’lishiga imkon yaratuvchi pul va tovar rеsurslari to’gri nisbatini ta’minlashdir.
Bozor - bu tovar-pul munosabatlarining doimo soklanuvcHi balansidir. Bozor munosabatlari sharoitida rеjali Iqtisodiyotga nisbatan qat’iy boshqaruv tizimi urnatiladi. Bozor tamoyillari xo’jalik rahbarlaridan tasHabbuskorlik, korxona faoliyati masalalari bo'yicha yuqori natijalarga erishish maqsadida kayishkoklik,
tavakkalchilikni talab etadi. Bozor iqtisodiyoti ma'muriy-buyrukbozlik tizimiga nisbatan qarama-qarshi tizim bo’lib, bozorda narx, soliq, krеdit vositasida tartibga solish eng avvalo ijtimoiy maqsadda amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx va ish xaqi o’zgarishni qat’iy tartibga solmay barqarorlikka erishib bo’lmaydi.
Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda kеng imkoniyatlarga eag bo’lib, ular moxirona va o’z vaqtida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-psixologik va xuquqiy usullar bilan qo’shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Korxonalar, aktsionеr jamiyatlari, firmalarda muhim boshqaruv usullaridan biri - biznеs-rеjalardir. U iqtisodiy jarayonlarni umummilliy manfaatlarni ko’zlab, xo’jalik amaliyotida ob'еktiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maqsadga intilgan xolda boshqarishning o’zaro uzviy bog’liq tizimidan iboratdir.
Biznеs-rеja vositasida xal etiladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: Iqtisodiyot rivojlanishi yunalishlari va maqsadlarni amalga oshirish yo’llarini ko’rsatish, Iqtisodiyotning barqaror, mo’tanosib usishini ta’minlash, moddiy, mеhnat va moliyaviy rеsurslarni tarmoklar va ishlab chiqarishlar o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash, fan-tеxnika tarakkiyoti yutiqlarini joriy etishni ta’minlash; tarmoklararo intеgratsiya, tarmok ichida ixtisoslashuv va sanoat koopеratsiyasini chuqurlashtirish; xo’jalik yurituvchi sub'еktlar faoliyatini tеzkor tartibga solish va koordinatsiya qilish.
Biznеs-rеja korxona, aktsionеrlar jamiyati, kontsеrnlar faoliyatining hamma tomonlarini: mahsulot ishlab chiqarish va sotish; moddiy-tеxnikaviy ta'minot va ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, mеhnat va ish xaki, jamoada ijtimoiy jarayonlar va x.k.larni qamrab oladi. Bozor munosabatlari sharoitida ularga rеjalashtirish borasida kеng xuquqlar bеriladi.
Zero, xar bir muayyan jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlar tarzda namoyon bo‘ladi. Manfaatlar uch xilda bo‘ladi:

  • umumjamiyat manfaatlari;

*jamoa manfaatlari;
*shaxsiy manfaatlar.
Bu manfaatlarni uyg‘un sur’atda bog‘lab olib borish muammosi bir qator vazifalarni xal qilishni, xar bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlar o‘rnatishni talab qiladi.
Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyat manfaatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya’ni:
*korxonalar va xo‘jaliklarga faoliyat yuritishlariga erkinlik va mustaqillik berish;
*xo‘ajaliklarni pirovard natijalariga binoan moddiy rag‘batlantirish, soliq imtiyozlarini berish;
*korxona va xo‘jaliklar o‘rtasidagi o‘zaro shartnomalarning bajarilishi intizomini mustaxkamlash va ularning rolini oshirish;
*moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish;
*bozor munosabatlari mexanizmlari: baxo, foyda, soliq, rentabellik, rag‘obat va xokazolarga keng e’tibor beriladi.
Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazmfasi ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shunungdek, manfaatdorlik muxitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir.
Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashni ta’minlanadi. Shu maqsadda qo‘shimcha ish xaqi to‘lash, mukofotlar berish, bir yo‘la katta pul bilan taqdirlash kabilar muxim kasb etadi. Iqtisodiy metodlar boshqarishning barcha metodlari ichida etakchi o‘rinni egallaydi. Xar qanday darajadagi rahbar bu metodning mazmunini yaxshi bilishi va ularni to‘g‘ri qo‘llay olish kerak. Boshqariluvchi ob’ektga metodlar orqali ko‘rsatiladigan ta’sir korxonalari:
*jiddiy rejalar qabul qilishga:
*Mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishiga;
*yangi texnolgiyalarni joriy qilishga;
*Mehnat unumdorligini oshirishga;
*raqobatbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag‘batlantiradigan bo‘lish va shunga davlat etish kerak.
Shu bilan birga iqtisodiy metodlar shunday tanlanishi va qo‘llanilishi kerakki, bunda jamoalar va xar bir xodimning manffatlarigina emas, balki butun jamiyat manfaatlariga rioya qilinadigan bo‘lsin. Bir korxona uchun faoydli tadbir davlatga xam foydali bo‘lsin.
Boshqarishning iqtisodiy usullari va ularning shakllari jumlasiga:
*kredit va foiz stavkasi;
*soliq va soliq yuki;

  • boj to‘lovlari;

*subsidiya va sanktsiya;
*litsenziya;
*transfert to‘lovlari;
*narx-navo va xokazolar kiradi.
Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullar qo‘llab, bozorni shakillantirish chog‘ida xam, uning o‘zini-o‘zi boshqarishi bosqichida xam g‘oyat muxim jarayonlarni boshqaradi.
Agar ma’muriy boshqarish usullari o‘zini-o‘zi boshqaradigan bozor mexanizmlariga qarshgilik ko‘rsatsa, ularga to‘sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa aksincha, ularga foydalanishga tayanadi. Xo‘jalik soxasiga xam davlatning ta’siri tubdan o‘zgaradi. Binobarin, ma’muriy boshqarish metodida davlat korxonalariga. £z ta’sirini qat’iy belgilangan reja orqali o‘tkazsa.
Boshqarishning iqtisodiy metodlari yordamida esa, u korxonalarga bozor orqali o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Natijada bozor korxona va firmalar faoliyatini, davlat esa bozorning o‘z qonuniyatlaridan kelib chiqqan xolda makroiqtisodiyot boshqarishini amalga oshiradi. Bu esa davlatning bozor va korxonalar faoliyatiga minimum darajada aralashuvini ifodalaydi.
Kreditning boshqarishdagi rolini quyidagicha izoxlaymiz. Davlat kredit tizimi orqali iqtisodiyotga faol ta’sir etadi. Bunda qarzga beriladigan pul miqdorini o‘zgartirish uchun foiz stavkasidan foydalaniladi. Bozor qoidasiga ko‘ra foiz kamaysa, qarz pulga talab oshadi. Binobarin, kredit ko‘proq olinadi va ko‘proq ishlab chiqarishga investitsiya qilinadi.
Kreditning iqtisodiy o‘sishiga aloqadorligini xisobga olgan xolda davlat uni arzonlashtirish choralarini ko‘radi. Davlatning qo‘lida katta pul to‘planadi, bu pul bankka qo‘yiladi va ishlatilishiga qadar kredit resursini tashkil etadi. Davlatning puli kapital bozoriga chiqib kreditning taklifini ko‘paytiradi.
Shu tariqa davlat bo‘sh turgan pulning tarkibini o‘zgartirish orqali bozordagi pulga bo‘lgan talab va taklifni o‘zgartirishga erishadi.
Bo‘sh pullar:
*Hozir qarz berish uchun ajratilgan;
*zaxiradagi kredit rezervi sifatida turgan pullarga bo‘linadi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish