Ilmiy maqola tayyorlash
Ilmiy maqola - yechiladigan muammolar (vazifalar) doirasidagi muayyan mavzuga bag'ishlangan mantiqan izchil to'liq tugallangan butun ish. Ilmiy maqola bir muncha ahamiyatli natijalarni yoritadi va qoida ko’ra quyidagi elementlarni o'z ichiga olishi kerak:
№
|
Ilmiy maqola
elementlari
|
Talablar
|
1
|
Annotatsiya
|
Annotatsiya (100 - 150 so'z) ilmiy maqolaning
mazmunini yoritishi lozim.
|
2
|
Muallif(lar) haqida ma'lumot
|
Muallif (lar) haqida ma'lumot o'z ichiga oladi:
familyasi, ismi va otasining ismi to’liq, fakultet nomi, yo'nalishli va o'quv dasturi, kurs, guruh raqami
|
3
|
Nomi
|
Maqolaning nomiiloji boricha qisqa bo’lishi, kalit so’ziga ega bo’lishi va bajarilgan tadqiqotni asosiy
g'oyasini aks ettirishi lozim.
|
4
|
Kirish
|
Muammo bo'yicha qisqacha manbalar sharhi, ilgari hal etilmagan savollar keltirilishi, dolzarbligi shakllantirilishi, ishning maqsadi asoslanishi , zarurat bo’lsa, uning mihim ilmiy va amaliy yo’nalishlari bilan
aloqasi ko'rsatilishi lozim. Kirish qismida muayyan
|
|
|
tushuncha va atamalar qo’llanilmasligi lozim. Kirish
mazmuni mazkur sohaning mutaxassisi bo’lmagan kishilarga ham tushunarli bo’lishi kerak.
|
5
|
Asosiy qism
|
Maqolaning asosiy qismi o'z ichiga metod apparatura,
tadqiqot obyekti bayoni va muallif (lar) tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar batafsil mazmuninni yoritisha olishi kerak.
Erishilgan natijalar ularning ilmiy yangilik jihatidan muhokama va tegishli ma'lum ma'lumotlar bilan solishtirilishi kerak. Maqolaning asosiy qismi sub- qismlarga bo'linishi mumkin (tushuntirishli sarlovhasi bilan) va o’z ichiga shu sub-qismlarga tegishli bo’lgan masalalarni yyechishga bag’ishlangan so’nggi
nashrlarning tahlilini o'z ichiga olishi mumkin.
|
6
|
Xulosa
|
Aniq shakllangan xulosalar bilan yakunlanadi. tugaydi.
|
7
|
Manbalar
|
Ilmiy maqola tayyorlashda ishlatiladigan manbalar
(adabiyotlar, xorijiy nashrlar, jumladan, so'nggi yillarda ilmiy nashrlarning ro’yxati ) keltirilishi lozim.
|
Bundan tashqari, ilmiy nashrlar redaksiyasi talablariga muvofiq, maqola tuzlmasiga shuningdek: UDK indeksi kiritilgan belgi va qisqartmalarning ro’yxati; ingliz va rus tilida annotatsiya, asosiy tushunchalar va boshqalar.
Maqola ilmiy talablarga mos ravishda ilmiy jamoatning yetarlicha keng doirasiga qiziqarli bo'lishi kerak. Nashr uchun tavsiya etilgan material original bo'lishi ilgari boshqa bosma nashrlarda chop etilmagan zamonaviy ilmiy adabiyot kontekstida doirasida yozilgan, va yangi bilim hosil qilishda yaqqol elementga ega bo’lishi lozim. Keltirilgan ibora,ism, formula, raqam uchun muallif javobgar.
Do'stlaringiz bilan baham: |