ROWE ning elementlarini tasvirlang. Buning yaxshi va yomon tomonlari haqida nima deb o’ylaysiz?
Bo’limdagi tuhlantirish nazariyalaridan bir yoki undan ortiq foydalanishda tushintiringki nimaga ROWE ish berishini?
Menejerlar ishchilarni ruhlantirishda shunga o’xshash dasturlarda yana qanday o’ziga jalb qiladigan yo’llar bor?
Bu tovush siz hohlaganday qulaylik yarata oladimi? Nimaga yoki nimaga yo’q?
“Ish bu siz boradigan joy emas – u yerda siz nimadir qilasiz” bayonoti haqida qanday tushunchaga egasiz? Qo’shilasizmi? Nimaga va nimaga yo’q?
9-mavzu: Korxona qudratini boshqarish
XAYDOVChININGO’RINDIG’IDA Bitta Ford.... Bir jamoa.... Bir dastur.... Yagona maqsad. O’n minglab Ford ishchilari bu so’zlarni doimo o’zlari bilan olib yuradilar. Nimaga? Bu so’zlar kompaniya prezidenti Alan Mulallining Fordning kelajagi to’g’risidagi tasavvurini ifodalaydi. Bu maqsadga erishish uchun esa kompaniyaning strukturasiga e’tibor qaratish zarurdir.
2006-yili Ford kompaniyasi uzoq muddat muvaffaqiyatli hamkorlik qilgan Boing kompaniyasi bilan hamkorligini to’xtatdi. Jiddiy muammolarga duch kelayotgan Ford kompaniyasi o’ziga o’xshagan boshqa kompaniya bilan hamkorlik qilishga muxtoj edi. Jahon bozoridagi kuchli raqobat va mahsulotni rivojlantirishdagi kamchiliklar kabi muammolar o’rtasida qolgan Ford kompaniyasining moliyaviy ahvoli yomonlashayotgan edi. Ford oilasi a’zosi Bill Ford Alan Mulallini prezidentlik mansabiga qo’yayotganida “uning jamoani shakllantira oluvchi ko’nikmalari ishchilarni o’zlariga kelishiga unday olishiga ishongan edi”.
Mulallining birinchi ishi darxol Boing bilan aloqalarni uzish bo’ldi, chunki u Boing yordam ko’plab strategiyalarni o’zi qo’llay olishiga ishonar edi. Garchi u Fordning raqobatbardosh emasligi va foydaga chiqmaganligi kabi muammolarini anglab tursa-da, u kompaniyani jahon bozoriga qaytarish uchun unda yirik o’zgarishlarni amalga oshirish uchun barcha qiyinchiliklarga tayyor edi.U o’z dasturini 2006-yil yanvar oyida ishlab chiqqan edi, 2006-yil sentyabr oyida prezident bo’lganidan so’ng u o’z dasturini amalga oshirishni boshladi. Bu keng ishlab chiqilgan dastur asosiy o’zgarishlarga uchrashi kerak bo’lgan yetti sohani qamrab oladi: kuchli yetakchilik, mijozlarga e’tibor qaratish, kuchli brend, kuchli innovatsion mahsulotlar, yuqori sifat, aniq narxlar, raqobatbardosh harajatlar. Bundan tashqari, Mulalli 4 ta asosiy prioritetni aniqlab berdi: (1) Joriy talab va o’zgarayotgan modellarni inobatga olib, kompaniyani foydaga olib chiqish uchun restrukturizatsiya qilish; (2) mijozlar xohlayotgan mahsulotlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, komplekslikni kamaytirish va sifatni oshirish; (3) bu ishlarni amalga oshirish uchun moliyaviy yordam olish va kompaniya balansini yaxshilash; (4) barcha hamkorlar bilan hisob-kitob orqali hamkorlik qilish. Mazkur dasturga qo’shimcha ravishda, Mulalli Fordning barcha resurslarini harakatga keltirish uchun One Ford strategik harakatini ishlab chiqdi. Mulalli buni quyidagicha izohladi: “Biz juda ham shavqatsiz raqobat dunyosida o’z faoliyatimizni olib boramiz. Iqtisodiy o’sishga erishish uchun esa biz inson resurslarini maksimum ravishda ishlatishimiz va iqtisodiyot masshtabining har bir imkoniyatidan foydalana olishimiz kerak. Ya’ni biz butun dunyoda bir jamoa bo’lib bir maqsad sari intilishimiz kerak. Aynan shu bizga iqtisodiy o’sishni beradi” Oxirgi bir necha yil davomida Ford aynan mana shu printsiplarga amal qilib kelmoqda..
Mulallining Ford haqidagi tasavvurlari 2010 yil Detroitdagi avtoshuoda o’zining cho’qqisiga chiqdi. Bu shouda u Ford kompaniyasini jahon bozoriga qaytaruvchi mashinani ommaga taqdim qildi. The Focus deb nomlangan bu mashina global mashina ekanligini isbotladi – u dunyoning har bir burchagidagi foydalanuvchining ehtiyojlarini qondirar edi. Mulalli shunday dedi: “Agar biz jahon
darajasidagi mashinalar ishlab chiqarmoqchi bo’lsak, biz One Ford ni yaratish uchun butun dunyodagi resurslarimizni aktivlashtirishimizga to’g’ri keladi”. U yana shunga umid bildirdiki, bu mashina Fordning keyingi avlod mashinalari uchun asos vazifasini o’taydi.