Korxona qudratini raqobatbardoshligini baholash. Korxonaning iqtisodiy qudrati.
Korxona quvvati deb, dastgoh va ishlab chiqarish maydonlaridan ilg’or texnologiya, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning ilg’or usullaridan to’liq foydalangan sharoitda yiligi korxonaning eng ko’p mahsulot ishlab chiqarish yoki xom ashyoni qayta ishlash imkoniyatiga aytiladi.
Korxona quvvati mahsulot qaysi birlikda hisoblansa shu birliklarda aniqlanadi.
Korxona quvvati bazis yoki reja davrida nisbatan foiz hisobida ham ifodalanadi.
Korxona quvvati - uning yetakchi, tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi tsexlari bilan topiladi.
Ishlab chiqarish quvvatidan unumli, to’liq foydalanishni ta’minlash yo’llari quyidagilar:
Asosiy fondlarni o’z vaqtida yangilab turish;
Ishlab chiqarish jarayonidagi uzilishlar, turg’unlik holatlarini keltirib chiqaruvchi sabablarni yo’qotish yoki kamaytirish;
Ishlab chiqarishni tashkil etishning foydali, ilg’or shakllari, usullarini qo’llash va shular hisobiga mehnat buyumlariga ishlov berish tartibini uzluksiz va bir vaqtda hamma ish joylarida olib boorish;
Mehnatni ish joylari bo’yicha aniq taqsimlash;
Dastgohlarning ish vaqti fondidan to’liq foydalanishni ta’minlash. Texnologik jarayonlarni bir me’yorda to’liq foydalanishini ta’minlash.
3. Sifat menejmenti tizimi va texnologiya.
Hozirda mamlakatda SMTni ishlab chiqish va tatbiq etish borasida katta tajriba to‘plangan. 68 ta korxonada sifatni boshqarish tizimini tatbiq etish yuzasidan tadbirlar rejalashtirilgan, ulardan 30 tasida sifatni boshqarish tizimini qo‘llash bo‘yicha ishlar boshlangan, 23 ta korxonada esa tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Ana shu tajribaga asoslangan holda, SMTni tatbiq etish jarayonining samaradorligi tahlil qilindi, hamda shunday faoliyatga kirishish arafasida turgan korxonalar uchun qator tavsiyanomalar tayyorlandi. Ularning aksariyat qismini SMTni ishlab chiqish
va tatbiq etish jarayonini qanday qilib arzonroq, tezroq va eng muhimi, foydaliroq qilish borasidagi tavsiyanomalar tashkil etadi.
Foydaliligi. Korxona rahbarida, SMT qanday maqsadda tatbiq etilmoqda degan savolning tug‘ilishi tabiiy yodingizda bo‘lsin, qanday foyda keltirishini bilmasangiz biror-bir tizimni joriy qilishdan hech qanday naf yo‘q.
SMTning 6 ta asosiy tartiboti (hujjatlar, yozuvlarni, nomuvofiq mahsulotlarni boshqarish, ichki auditlar, tuzatuvchi) va ogohlantiruvchi harakatlarini tatbiq qilish yetarli, ular tashkilotdagi barcha jarayonlarni maqbullashtirishga olib keladi, degan noto‘g‘ri tushuncha mavjud. O‘tkazilgan tadqiqotlar bunda fikrlarning noo‘rinligini ko‘rsatadi. Faqat sizning korxonangiz uchun xos bo‘lgan (mahsulotlarning hayotiy turkumi jarayonlari deb ataladigan) jarayonlar tubdan o‘zgartirilgan holdagina real va jiddiy yutuqlarga erishish mumkin.
Korxonalar rahbarlariga SMTni tatbiq etish maqsadlarini aniqlashda prinsipial jihatdan o‘zgacha yondoshuvga amal qilish tavsiya etiladi. Bunday yondoshuv uchta oddiy qoidaga asoslangan, xususan:
Korxonangizda qanday jarayon va yoki vazifalar korxonangizning «tor joyi», nozik tomoni hisoblanadi hamda tubdan qayta qurish va yaxshilashni talab qiladi.
Qayta qurish – bu yangilik jarayoni, uni munosib kadrlar bilan mustahkamlang, qo‘shimcha resurslar bilan ta’minlang, jarayonni tartibga soling va imkon qadar avtomatlashtiring.
ISO 9000 seriyasi standartlari talablariga muvofiq bu jarayonni boshqaring.
Shunday qilib, korxonalar rahbarlari bir me’yorda ishlayotgan jarayonlarni hujjatlashtirish uchun resurslar sarflamasligi, ammo butun e’tiborni aynan tez orada yaxshilashni talab qilayotgan amaliy jihatlarga qaratishi zarur.
Ajoyib nemislar, italiyaliklar va indoneziyaliklar uchun uch yoki to'rt tilda gapirishning foydasi yo’q . "Xitoyda barcha asosiy maktab bolalarning yarmi hozir ingliz va Hindiston va Xitoyda ingliz dinamik sonini o'rganmoqda - 500 milliondan ortiq. Boshqa tomondan, Amerika bolalarning ko'pchiligi maktabda faqat ingliz tilini o'rganib - faqat 24,000 Xitoy tilida tahsil olmoqda. Va AQShda aholining faqat 22 foizi ingliz 4 amerikaliklar boshqa tilda gapirib, biz xalqaro biznes tili sifatida faqat ingliz, deb o'ylaymiz va boshqa tillarni o'rganish zarurligini e’tiborga olmaymiz. Britaniya Kengashi vakolatli tadqiqot ishlari tomonidan, asosiy bayonotida, " Qo'shma Shtatlar raqobatbardoshligi Birlashgan Qirollikka putur etkazadi", deb aytdi, chunki, bu, amerikalilarning asosiy qismi so’zlarni qisqartirib aytadi va noto’g’ri talaffuz qiladi. Ko’p hollarda esa imo-ishoralarni ishlatadi. Ular boshqa davlatlarning urf-odatlarida va qadariyatlariga e’tiborsizlik bilan qaraydilar, Britaniya qadriyatlarini poymol qiladilar.
Birinchidan, ethnocentric munosabat - parochialistic e'tiqod bu ishni eng yaxshi yondashuvlar va usullar – vatanda bo'ladi, deb hisoblshadi.(asosiy ofislari joylashgan mamlakat).odamlar o'z vatanidagi kabi ethnocentric munosabati bilan rahbarlari, xorijiy mamlakatlarda odamlar yaxshi ish qarorlar qabul qilish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar, tajriba, bilim, yoki tajriba yo'q, deb ishonaman. Ular asosiy yyechimlar yoki texnologiyalarni xorijiy xodimlarga ishonmagan. So'ngra, polisentrik munosabatlar - xodimlarning vakillik mamlakat-tashkilotchisi (tashkilot biznes bilan
shug'ullanadi bo'lgan boshqa mamlakat), o'z biznesini boshqarish uchun eng yaxshi yondashuvlar va ish usullarini bilishidir. Bu munosabat bilan rahbarlar tushunish uchun turli va qattiq sifatida har bir xorijiy ishlashini ko'rib.Geosentrik yondashuv jahon aholisining dunyo bo’ylab mehnat qilishi uchun imkoniyat yaratish tushuniladi. Misol uchun, Karlos Ghosn, Nissan va Renault bosh direktori, Frantsiyada ta'lim, Livan, ota-onalar ham Braziliyada tug'ilgan va to'rt tilda ravon gapirishadi. Geosentrik yondashuv globallashuv sharoitida madaniy xilma-xillikning bartaraf etilishini va korporativ rahbarning zamonaviy modeli yaratilishini talab qiladi
Bu - bugungi global muhitda muvaffaqiyatli rahbarlari talab qiladi yondashuv turi. shunday qilib, Kanada qarshi United Yaponiyaga qarshi Shtatlari, Frantsiya, Germaniya qarshi, Meksika, va - global tanlovining hududiy bosqichi kasaba uyushmalarida ko'rib chiqildi. Endi, global raqobat Yevropa Ittifoqi (EI), Shimoliy Amerika erkin savdo kelishuvi (NAFTA), Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN), va boshqalar, shu jumladan, mintaqaviy savdo shartnomalari bilan hosil bo'ladi.
Yevropa Hamjamiyati - jahon iqtisodiyotiga integratsiyada yetuk integratsion guruh 1993 yil 1 noyabrgacha rasmiy ravishda etakchi G’arbiy Yevropa mamlakatlarining birlashgan guruhi Yevropa Hamjamiyati deb atalardi. Chunki u 1967 yildan so’ng mustaqil bo’lgan uch mintaqaviy tashkilot organlarining birlashishidan paydo bo’lgan:
Yevropa Ko’mir va Po’lat Birlashmasi - EOUS (ECSO): mavjud bitim
1952 yilda kuchga kirgan;
Yevropa Iqtisod Uyushmasi - EAS (EEC): Yevropa uyushmasini tashkil qilish bitimi Rimda 1957 yilda qabul qilingan va 1958 yili kuchga kirgan;
Yevropa Atom Energiyasi bo’yicha uyushma - Evraatom (EVRATOM): bitim 1958 yilda kuchga kirgan.
U rasmiy nomlanish bilan bir qatorda, boshqacharoq deb ham atalar edi: Yevropa Hamjamiyati (EH) yoki faqat Hamjamiyat.
1993 yil 1 noyabrda Maastrix bitimi kuchga kirgandan keyin, bu guruhning nomi rasmiy ravishda Yevropa Ittifoqi bo’ldi:
Yevropa Erkin Savdo Assotsiyasi (Uyushmasi) - Evropean security of Trade.
«Erkin savdo to’g’risidagi Shimoliy Amerika bitimi». North American of free Trade.
European Economic Community.
Yevropa hamjamiyati doirasidagi birlashmaning rivojlanishida bir qator bosqichlar bo’lib o’tdi, faqat ular quyi shakldan o’tib, chuqurlashib bordi (erkin savdo zonasi, bojxona Ittifoqi umumiy bozor), yuqoriga - iqtisodiy va valyuta birligiga o’tishi bilan a’zolar soni ko’payishiga ham olib keldi.
Hozirgi vaqtda Yevropa Hamjamiyatining negizini barpo etish jarayoni yagona bozor, davlatlararo boshqarish tizimi amaliy yakunlandi va mamlakatlarning iqtisodiy, valyuta va siyosiy birligi shakllanishi yakunida ular bevosita yaqinlashdilar. Yevropa Hamjamiyatiga to’liq huquqqa ega bo’lgan 12 mamlakat kiradi: Bel’giya, Buyuk Britaniya, Albaniya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya,
Lyuksumburg, Niderlandiya, Portugaliya, Frantsiya.
Yevropa Hamjamiyati mexanizmining harakati, avvalambor, siyosiy- huquqiy boshqarish tizimiga asoslanadi. Ular umumiy milliy yoki mamlakatlararo organlardan hamda milliy davlat boshqaruvidan iborat.
Yevropa Hamjamiyatining asosiy hokimiyat tuzilishini izohlab beramiz. Vazirlar Maxkamasi (kengashi) qonuniy organ bo’lib, boshqaruv tizimida asosiy rol’ uynaydi. Unga yuqori darajadagi malaka bilan qabul qilinadi (amalda esa teng ovoz olishga harakat qilinadi).
Yevropa kengashi (Evrosovet) - yuqori organ bo’lib uning tarkibiga davlatlarning rahbarlari va Yevropa Uyushmasiga a’zo bo’lgan mamlakatlarning hukumat boshliqlari kiradi. Bu yerda printsipial masalalar muhokama qilinadi hamda qarorlar qabul qilinadi.
Yevropa Hamjamiyatining komissiyasi (komissiya, EHK) - ijro etuvchi organdir. U Vazirlar Mahkamasiga qonunlar loyihasini tasdiqlash uchun tavsiya etish huquqiga ega. Uning faoliyati juda keng va rang- barangdir
Masalan, komissiya bojxona tarkibiga rioya qilinishini, agrar bozor faoliyatini, soliq va bojxona siyosatini yuritish ishini nazorat qilishni amalga oshiradi va h.k.. U bir qator vazifalarni bajaradi, shu jumladan, ixtiyoridagi ijtimoiy mintaqaviy agrar fondlar asosida mablag’ bilan ta’minlash vazifasini utaydi.
Komissiya mustaqil ravishda uchinchi mamlakatlar bilan muzokaralar olib boradi, shuningdek, unga umumiy byudjetni boshqarish huquqi berilgan. Faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri milliy qonunchilik, standart va normalarni tartibga keltirishdir.
Yevropa Parlamenti (Yevroparlament) - nazoratchi organ. Komissiya faoliyatini nazorat qiladi va byudjetni tasdiqlaydi. Vazirlar Maxkamasi va Yevropa Hamjamiyati komissiyasining faoliyati o’zaro bog’liqdir.
Yevropa Hamjamiyati Sudi - yuqori organ. U bitimlarning bajarilishini va Yevropa Hamjamiyati asosiy printsiplarining amalga oshishini ta’minlaydi.
Bulardan tashqari, boshqa boshqaruv va konsul’tativ organlar, yana turli yordamchi tashkilotlar - tur kumitalar, komissiyalar, yordamchi komissiyalar, moliyani tartibga solish fondlari mavjud.
Yevropa Hamjamiyati boshqaruv huquqida eng yuqori o’rinni EH ni tuzish va kengaytirish to’g’risidagi xalqaro bitim, shuningdek, Hamjamiyat faoliyatini yuritishga oid boshqa bitimlar egallaydi.
Bu dastlabki qonunchilik EH konstitutsiyasini hosil etadi.
Ikkinchi qonunchilik reglamentlar, driktivalar (ko’rsatmalar), qarorlar, tavsiyalar va mulohazalar tarzida taqdim qilingan.
Reglamentlar (ish tartibi) o’zining statusiga ko’ra, EH ga a’zo bo’lgan mamlakatlarning milliy qonunchiligidan ustun turadi va har kaysi mamlakat hududida qonun kuchini egallaydi.
Direktivalar qonunlashtirilgan hujjat bo’lib, ular umumiy qoidalarni belgilaydi va EHga a’zo bo’lgan mamlakatlarning maxsus qarorlarini aniqlashtiriladi..
Qarorlar tub mohiyati bilan individual tarzida bo’ladi. Ular shaklan majburiy kuchga ega bo’lmasada, ma’lum darajada huquqiy ahamiyatga ega.
Tavsiyalar va muloxazalar ijro etish uchun majburiy emas.
G’arbiy Yevropa iqtisodiyotini birlashtirish jarayonida huquq markazdan uzoqlashish g’oyalariga ta’sir etishda faol rol’ uynaydi. EH doirasida yagona huquqiy maydon yuzaga keltirilgan.39
Do'stlaringiz bilan baham: |