Rahbarlik uslubga qarab rahbarlarning turlarga bo‘linishi
Avtokratik rahbarlar
|
*Bunday turdagi rahbar:
buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki rag‘batlantirishda jamoa fikirini hisobga olmaydi;
o‘zini jamoadan uzoq tutadi; jamoa a’zolarini bevosita muloqatda bo‘lishini chegaralab qo‘yadi;
o‘zining noo‘rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi;
o‘ziga bo‘ysinuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi ko‘radi;
muttasil buyruq berishga, hammani o‘z istaklariga so‘zsiz bo‘isindirishga intiladi;
ko‘p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo‘isinuvchilari bilan muomilada bo‘lganda uning rahbarlik g‘ururi balandligi, uzini katta tutish sezilib turadi;
o‘ziga bo‘isynuvchilari oldida qovog‘i solingan kayfiyatda bo‘ladi. Xullas, avtokratik rahbar o‘ziga bino qo‘igan, dimog‘dor, o‘z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukimini o‘tkazishga intiladigan kishilardan etishib chiqadi.
Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa o‘sha erda dag‘allik, takabburlik, tazyiq o‘tkazish, majbur qilish kabi o‘ta salbiy holatlar avj uradi.
Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan, yomon deb bo‘lmaydi. Ba’zi bir hollarda bo‘ysinuvchilarning madaniy darajasi, axloqi pastligi sababli avtokratik uslubini tanlab olish ham ish berib holishi mumkin.
|
Liberal rahbar
|
*Bunday turdagi rahbar:
idorasiz, tashabbussiz bo‘ladi;
o‘z zimmasiga mas’uliyat olishni yoqtirmaydi;
ishni o‘z holiga tashlab ko‘yadi;
idoraga nisbatan qat’iy bo‘lishdan hayiqadi;
|
|
o‘zini haddan tashqari ehtiyot qiladi;
biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi;
talabchan emas, sust nazorat qiladi;
suiste’mollarga bevosita yo‘l qo‘imasa ham o‘zini bilmaslikka soladi;
Bunday rahbar tashqaridan ko‘rsatiladigan ta’sirga moyilligi bilan ko‘zga tashlanib turadi.
|
Demokratik rahbar
|
*Bunday turdagi rahbar:
boshqarish funksiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi;
ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi; ularning bildirgan fikriga quloq soladi; ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tamonlarini inobatga oladi;
barcha bilan barobar va samimiy munosobatda bo‘ladi, ustunligini bildirmaydi;
buyruq berish yo‘li yuilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;
buyruq rahbarlik uslubi bo‘isinuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o‘rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi.
|
Qayd etilgan rahbarlik uslublari sof holda uchramaydi. xayotda har bir rahbarning ish uslubi har hil bo‘ladi, lekin yuqoridagi uch uslubdan biri yaqqolroq sezilib turadi. Turli hil ishlab chiqarish vaziyatlarida har xil xodimga nisbatan rahbarlikning ijolbiy tamonlaridan foydalanish kerak. Rahbar haqiqiy ahvolga qarab ish tutish va buysinuvchilarning o‘ziga hos shaxsiy xislatlarni hisobga olib muomala qilishi kerak.
Xar bir boshqaruv uslubning samarodarligini baholash uchun amerikalik olim L. Laykert qo‘idagi koeffetsientni hisoblashni taklif qilgan:
Клак
ИУ
МКУ
bu erda,
К лак -avtokratik –liberallik koeffitsienti
EIU- rahbarlik uslubdagi ishontirish unsurlari yig‘indisi; EMqU- rahbarlik uslubdagi majbur qilish unsurlari yig‘indisi
R.Laikertning fikricha bu nisbat 1,9 ni tashkil qilishi lozim. Boshqacha qilib aitganda rahbarlik uslubida rahbar ishontirish unsurlarini majbur qilish unsurlaridan taxminan ikki barovar ko‘proq qo‘llagandagina uning rahbarlik uslubi optimal, maqsadga muvofiq, samarali bo‘lgan hisoblanadi.
Umuman olganda har uchala turdagi rahbarlikning boshqarish funksiyalarini bajarishdagi va ijtimoi munosabatlardagi o‘ziga xos xususiyatlarni qo‘idagi jadvalda umumlashtirib ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |