Natijalarni qayta ishlash va baholash.
Natijalar quyidagi kalit yordamida qayta ishlanadi:
«to‘g`ri», «to‘g`ri, shekilli» - 1, 2, 5, 6, 8, 11, 12, 14, 17, 19.
«noto‘g`ri», noto‘g`ri shekilli» - 3, 4, 7, 9, 10, 13, 15, 16, 18, 20.
Kalitga mos kelgan har bir holat uchun 1 balldan qo‘yiladi. Barcha ballar yig`indisi qanchalik katta bo‘lsa, tegishli fanni o‘rganishda ichki motivatsiya shunchalik baland bo‘ladi. Ballar yig`indisi qanchalik kichik bo‘lsa, ichki motivatsiya darajasi shunchalik sust bo‘ladi. Umumiy natijalarni baholashda quyida keltirilgan me`yoriy ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin:
0 – 10 ball – tashqi motivatsiya ustun; 11 – 20 ball – ichki motivatsiya ustun.
Ichki motivatsiya darajasini baholash uchun quyidagi me`yoriy ko‘rsatkichlarga tayanish mumkin:
0 – 5 ball – ichki motivatsiya past darajada;
6 – 14 ball – ichki motivatsiya o‘rta darajada; 15 – 20 ball – ichki motivatsiya yuqori darajada.
Eslatma: ilmiy tadqiqot o‘tkazish maqsadida birlamchi («xomaki») natijalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Metodika manbasi: Dubovitskaya T.D. K probleme diagnostiki uchebnoy motivatsii. Voprosы psixologii. – 2005. – S 73 – 78.
O‟QUV MOTIVINI BAHOLASH METODIKASI
Mazkur metodika 6 – 8 yoshdagi bolalarning o‘quv motivatsiyasi, maktabga bo‘lgan munosabati, o‘qish bilan bog`liq vaziyatga nisbatan emotsional reaktsiyasini aniqlashga qaratilgan. (metodika N.G.Luskanova tomonidan taklif etilgan).
Anketa savollari.
Senga maktab yoqadimi yoki unchalik yoqmaydimi?
unchalik yoqmaydi.
yoqadi
hecham yoqmaydi.
Ertalab uyg`onib, doim xursandchilik bilan maktabga kelasanmi yoki ko‘pincha uyda qolishni istaysanmi?
ko‘pincha uyda qolishni istayman
ba`zida borishni, ba`zida qolishni istayman
xursandchilik bilan maktabga boraman
Agar o‘qituvchi ertaga xohlaganlar kelib, xohlaganlar kelmasligi mumkin desa, sen maktabga borarmiding?
bilmadim
uyda qolardim
maktabga borardim
Biror bir dars bo‘lmasligi senga yoqadimi?
yoqmaydi
ba`zida yoqadi, ba`zida yoqmaydi
yoqadi
Uy vazifalaring yo‘q bo‘lishini xohlarmiding?
xohlardim
xohlamasdim
bilmadim
Maktabda faqat tanaffus bo‘lishini xohlarmiding?
bilmadim
xohlamasdim
xohlardim
Sen ota- onangga maktab haqida ko‘p gapirib berasanmi?
ko‘p gapirib beraman
kam gapirib beraman
umuman gapirib bermayman.
O‘qituvching o‘rniga boshqa mehribonroq o‘qituvchi kelishini xohlarmiding?
bilmadim
xohlardim
xohlamasdim
Sinfda o‘rtoqlaring ko‘pmi?
Senga sinfdoshlaring yoqadimi?
yoqadi
unchalik yoqmaydi
yoqmaydi.
Eslatma: mazkur anketa individual tashxis davomida ham, guruhiy tashxis maqsadida ham qo‘llanilishi mumkin.
Natijalarni qayta ishlash uchun quyidagi kalitdan foydalaniladi.
Savollar
|
1-javob uchun ball
|
2-javob uchun ball
|
3-javob uchun ball
|
1
|
1
|
3
|
0
|
2
|
0
|
1
|
3
|
3
|
1
|
0
|
3
|
4
|
3
|
1
|
0
|
5
|
0
|
3
|
1
|
6
|
1
|
3
|
0
|
7
|
3
|
1
|
0
|
8
|
1
|
0
|
3
|
9
|
1
|
3
|
0
|
10
|
3
|
1
|
0
| Natijalarni baholash:
25 – 30 ball. O‘quv motivatsiyasi yuqori. Bunday bolalar o‘zining bilish motivi kuchli ekanligi, barcha topshiriqlarni yaxshi bajarishga intilish bilan ajralib turadi.
20 – 24 ball. O‘quv motivatsiyasi o‘rtacha. Bunday o‘quvchilar guruhi o‘quv faoliyatini ancha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bolalardan tashkil topadi.
15 – 19 ball. Maktabga munosabat ijobiy, ammo bolani ko‘proq o‘qish bilan bog`liq bo‘lmagan tomonlar qiziqtiradi. Bunday o‘quvchilar maktabda o‘zlarini yaxshi his etadilar, biroq maktabga asosan o‘rtoqlar, o‘qituvchilar bilan suhbatlashishi, chiroyli o‘quv qurollariga ega bo‘lish uchun boradilar.
10 – 14 ball. O‘quv motivatsiyasi past. Bunday bolalar maktabga borishni xohlamaydilar, darslarda bekorchi narsalar bilan shug`ullanib, o‘ynab o‘tiradilar.
10 balldan past. Maktabga nisbatan salbiy munosabat, dezadaptatsiya moslashmaganlik mavjud. Bunday o‘quvchilar o‘quv faoliyatini bajarishga qiynaladilar, tengdoshlar va o‘qituvchilar bilan bo‘lgan munosabatda muammolarga duch keladilar, ularda ayrim hollarda nerv-psixik salomatlikning buzilishi kuzatiladi.
Eslatma: Anketani ikki usulda qo‘llash mumkin.
– usul. Savollar eksperementator tomonidan o‘qib eshittiriladi va javob variantlari taqdim etiladi, bolalar o‘zi tanlangan javobni yozib qo‘yadi.
– usul. Savollar har bir bolaga alohida-alohida yozma ko‘rinishda tarqatiladi, bolalar tegishli javoblarni belgilaydilar.
Metodika haqida qo‘shimcha ma`lumot: so‘rovnomadagi savollar 200 nafar 6 – 8 yoshdagi o‘quvchi bilan o‘tkazilgan so‘rov asosida bolalarning maktabga, o‘qish jarayonida bo‘lgan munosabatini to‘liqroq aks ettiruvchi savollar sifatida ajratib olingan.
Metodika manbasi: Ratanova T.A., SHlyaxta N.F. Psixodiagnosticheskie metodы izucheniya lichnosti: Uchebnoe posobie. – Pererabotannoe i dopolnennoe izdanie posobiya: T.A.Ratanova,
L.I. Zolotareva, N.F.SHlyaxta «Metodы izucheniya i psixodiagnostika lichnosti» - M.: Moskovskiy psixologo – sotsialnыy institut: Flinta, 1998. S.60 – 64.
Do'stlaringiz bilan baham: |