Intellekt koeffitsenti haqida umumiy ma`lumot
Intellekt (lat.intellectus – tushunish, bilish)- keng ma`noda insonning barcha bilish funktsiyalarining majmuasi, tor ma`noda tafakkuri. Intellekt inson tomonidan borliqni bilishning asosiy shaklidir. Intellekt koeffitsenti sinaluvchining aql yoshini xronologik yoshga nisbatining foizda ifodalanganiga teng.
IQ =
Aql yoshi x 100 Pasport yoshi
Aql yoshi insonning test topshiriqlarini bajarishi natijalarini matematik qayta ishlashda paydo bo‘ladigan son bo‘lib, bu natijalar aqliy taraqiqiyotning qaysi o‘rta statistik yosh darajasida ekanligini ko‘rsatadi. Aql yoshi xronologik darajaga mos bo‘lganda shaxsning intellekti yoshiga mos bo‘ladi. Aql yoshi xronologik darajaga mos bo‘lmaganda quyi yoki Yuqori bo‘lishi
mumkin. Aql yoshi tushunchasi fanga 1908 yilda A.Bine va T.Simon tomonidan kiritilgan.1912 yilda V.Shtern tomonidan intellekt koeffitsenti tushunchasi kiritilgan.
6.3.R.Amtxauer intellekt strukturalari testi
Test 1953 yilda R.Amtxauer tomonidan taklif etilgan bo‘lib, 13 yoshdan 61 yoshgacha shaxslarning intellektual rivojlanish darajasini aniqlashga mo‘ljallangan. Amtxauer intellekt strukturalari testi 9 ta subtestdan iborat bo‘lib, ularning har biri intellektning turli funktsiyalarini o‘lchashga qaratilgan.
Mantiqiy tanlash(LS) - induktiv tafakkur, til boyligini aniqlaydi. Sinaluvchi – keltirilgan so‘zlarning biri bilan gaplarni tugatishi zarur. 20 ta topshiriq berilgan. Bajarish vaqti - 6 minut.
Umumiy hususiyatlarni aniqlash(GE) - mavhumlashtirish, verbal tushunchalarga tayanish qobiliyatini tekshiradi. Har bir topshiriqda sinaluvchiga beshta so‘z beriladi, ulardan to‘rttasi mazmunan bog‘langan, bittasi ortiqcha. Bu so‘zni topish va belgilash zarur. 20 ta topshiriq berilgan. Bajarish vaqti - 6 minut.
Analogiya(AN) - kombinator qobiliyatlar taxlili. Har bir topshiriqda sinaluvchiga uchta so‘z taklif etiladi, birirnchi va ikkinchi so‘z orasida ma‘lum bir bog‘lanish bor. Uchinchi so‘zdan keyin chiziqcha qo‘zyilgan. Beshta javob varianti orasidan birirnchi va ikkinchi so‘z orasida qanday bog‘lanish bo‘lsa, uchinchi so‘z bilan bog‘langan so‘zni topish zarur. 20 ta topshiriq berilgan. Bajarish vaqti - 7 minut.
Klassifikatsiya(KL) - fikrlash qobiliyatini baholash. Sinaluvchilar ikki so‘zni umumiy tushuncha bilan nomlashi zarur. 16 ta topshiriq berilgan. Bajarish vaqti - 8 minut. Javoblar umumlashtirish darajasiga ko‘ra 0 dan 2 ballgacha baholanadi.
Hisoblash (RA) - amaliy matematik tafakkur rivojlanganlik darajasini baholaydi.Subtest 20 ta arifmetik topshiriqdan iborat. Echish vaqti 10 minut.
Sonlar qatori (ZR) – induktiv tafakkurni tahlil qilish. 20 ta topshiriqda sonlar qatoridagi qonyniyatni aniqlash va ularni davom ettirish zarur. Bajarish vaqti - 10 minut.
Figuralarni tanlash (FS) - fazoviy hayolni, kombinator qobiliyatlarni tekshirish.
Sinaluvchiga qismlarga bo‘lingan geometrik figuralar tasvirlangan kartochkalar ko‘rsatiladi. Javobni tanlashda qismlarga bo‘lingan figuraga mos kartochkani topish zarur. 20 ta topshiriq berilgan. Bajarish vaqti - 7 minut.
Kubiklar bilan topshiriq (WU) - 7 subtestga yaqin ko‘rsatkichlar tekshiriladi.20 ta topshiriqning har birida kub ma‘lum kublar to‘plamiga nisbatan o‘zgartirilgan holatda joylashtiriladi. Kubni harflar bilan belgilangan kublardan biriga o‘xshatib belgilash zarur. Bajarish vaqti - 9 minut.
Diqqatni to‘plash va o‘zlashtirilganni xotirada saqlash qobiliyatiga topshiriq(ME). Sinaluvchi so‘zlar qatorini yodlashi va ularni topshiriqda berilgan so‘zlar ichidan topishi lozim.YOdlash uchun berilgan so‘zlar jadvalda ma‘lum kategoriyalarga birlashtirilgan, masalan: gullar: lola, jasmin, rayxon.25ta so‘zlar yodlash uchun beriladi. Jadvalni yodlash vaqti 3 minut.20 ta topshiriqni bajarishga 6 minut beriladi.
Amtxauer testida sinaluvchiga jami 176 ta topshiriq beriladi. Bajarish vaqti - 90 minut.‖Xomaki‖ ballarni hisoblashda (4 subtestdan tashqari) har bir to‘g‘ri javob 1 ball bilan baholanadi. Har bir subtest bo‘yicha dastlabki baholar shkala baholariga aylantiriladi, shunday qilib intellekt strukturasini har bir topshiriqlar guruhini bajarish muvaffaqiyati bo‘yicha baholash mumkin.
Amtxaur testi bo‘yicha tekshiruv kartasi Sana---- F.I.SH.--------------- Tug‘ilgan yili ----------
Sw LS GE AN KL RA ZR FS WU ME
RW
|
SW
|
15
|
110
|
11
|
101
|
14
|
109
|
21
|
109
|
16
|
11
|
6
|
91
|
5
|
90
|
5
|
87
|
7
|
94
|
100
|
99
|
LS GE AN KL RA ZR FS WU ME
Summa
1-topshiriq. Mantiqiy tanlash.
Quyida sizga taklif etiladigan topshiriqlarda bittadan so‘z etishmaydi. Siz ularni topib to‘ldirishingiz lozim. Buning uchun sizga taklif etilgan besh so‘zning birini harfini yozishingiz lozim.
Misol:
Quyoncha ko‘proq ....... ga o‘xshaydi?
а) mushuk; в) оlmaxon с) quyon ; d) tulki; е) tipratikan. Bu topshiriqda quyon (с)* to‘g‘ri javob.
Boshqa bir misol:
―Umid‖ so‘zining qarama-qarshisi hisoblanadi?
а)хafagarchilik; в)tushkunlik; с) ehtiyoj d) muxabbat; е) g‘azab. Bu erda ―tushkunlik‖ (в)* to‘g‘ri javob .
Boshladik!
1.Avtomobilni haydash uchun eng avvalo kerak?
а)epchillik; в) ehtiyotkorlik; с) sabr; d) kuch; е)e‘tiborlilik. 2.Televizorning zarur qismi hisoblanadi?
а)tranzistor; в)pereklYuchatel; с) antenna; d) kineskop; е) kontrastni boshqaruvchi.
3. Trener ?
а)suzadi; в)mashqlarga o‘rgatadi; с) sakraydi; d) undaydi; е) gimnastika bilan shug‘ullanadi. 4...... hayotligida mashxurlikka sazovor bo‘ladi?
а) rassom; в)haykaltarosh; с) shoir; d) artist; е)kompozitor.
Asabiylashish holatining qarama-qarshisi ?
а) umidsizlik; в) chorasizlik; с) xursandlik; d) qoniqish; е) ma‘Yuslik.
Uzoq vaqt davomida ... yashash qiyin?
а) suvsiz; в) ovqatsiz; с) harakatsiz; d) gaplashmasdan; е)uyqusiz. 7.Simob hisoblanadi?
а) metall; в) mineral; с) suYuqlik; d) ximik birikma; е) qotishma.
shaxrida eng ko‘p axoli yashaydi?
а) CHikago; в) Оsaka; с) London; d) Parij; е) Rim.
Zahar har doim. ?
а) o‘limga olib keladi; в)og ‘ritadi; с) хavfli; d)makrli; е) zararli.
Оtalar o‘z o‘g ‘illaridan tajribali?
а)har doim; в) оdatda; с) ko‘pincha; d) ba‘zan; е) asosan.
Eshakda har doim bor?
а) molxona; в) taqa; с) egar-jabduq; d)tuyoq; е) yol.
Qiyin vaziyatlarda hech qachon .... harakat qilish mumkin emas а)tartibsiz; в) o‘ylamasdan ; с) chalkash; d) qo‘rqib; е) ishonmasdan.
Etiketka (yorliq ) – bu ko‘p hollarda ?
а)farq qiluvchi belgi; в) ko‘rsatma; с) yozuv; d) reklama; е) nomi.
Оg‘zaki imtixon topshirayotgan paytda .... bo‘lishi zarur?
а) qobiliyat; в) dastur; с) bilim; d) savolnoma; е) imtihon oluvchi.
Qaysi so‘z ortiqcha?
а) muallif; в) darslik; с)o‘quv qo‘llanma; d)metodik qo‘llanma; е)monografiya. 16.Lotoreyadagi bor biletlarning umumiy biletlar soniga nisbatini bilish оrqali hisoblash
mumkin?
а) Yutish imkoniyatini; в)ishtirokchilar sonini; с) Yutuqlar hajmini; d) Yutuq bor biletlar sonini; е) lotereya solig‘ini.
territoriyasi eng katta?
а)O‘zbekiston; в)Rossiya; с)Qozog‘iston; d) YAponiya; е) Kuba.
Ishlaydigan odamga kerak?
а) izzattalablik; в)topshiriq; с) boshliq; d) asbob; е) intellekt.
Оdamlarga nisbatan bo‘lish kerak?
а)ehtiyotkor; в)ziyrak; с)vazmin; d)muloqatchan; е) quvnoq. 20.Bir xil hajmda .... da кo‘proq kaloriya bor?
а) baliq; в) yog‘; с)go‘sht; d) pishloq; е) sabzavot.
R.Amtxauer intellekt strukturalari testining uch parallel(A, B,S) shakli mavjud bo‗lib, kasb tanlash, kasbga yaroqlilik muammolari bo‗ yicha umumiy qobiliyatlarni aniqlash diagnostikasida foydalaniladi. Amtxauer testni yaratishda intellektni shaxsning bir butun tuzilishida maxsus tarkibiy qism sifatida qarovchi nazariyaga tayangan. Bunda psixik qobiliyatlarning bir butunligi turli faoliyatlarda namoyon bo‗ ladi, deb tushuniladi.
Amtxauer(1953) intellektni shaxsning boshqa komponentlari irodaviy- emotsional soha, ehtiyojlar va qiziqishlar bilan chambarchas bog‗liqligini ta‗kidlagan.
R.Amtxauer intellekt strukturalari testining moslashtirilgan varianti «SU –testi»
Estoniyada maktab o‗quvchilarining intellectual darajasini aniqlash uchun keng foydalanildi.(X. I. Liymets va mualliflar.1974)
Do'stlaringiz bilan baham: |