«Rasm» metodikasi
Tadqiqotni o‗tkazish uchun qog‗oz va flomaster (kamida 6 xil rangda) kerak bo‗ladi. Bolaga ana shulardan foydalanib, biror-bir rasmni o‗ylab, chizish topshirig‗i beriladi. Buning uchun 5 daqiqa vaqt belgilanadi.
Tadqiqot natijalari tahlili quyidagi jadval yordamida amalga oshiriladi.
15-jadval
№
|
Bola xayolining baholanayotgan belgilari
|
Ushbu belgilarning balldagi bahosi
|
1.
|
Xayol jarayonining tezligi
|
0
|
|
2
|
2.
|
Obrazning o‗ziga xosligi, originalligi
|
|
|
|
3.
|
Fantaziyaning boyligi
|
|
|
|
4.
|
Obrazlarning chuqur
ishlanganligi
|
|
|
|
5
|
Obrazlarning hissiy ta‘sirchanligi
|
|
1
|
|
Rivojlanish darajasi haqida xulosalar
10 - ball – juda yuqori 8-9 ball – yuqori
4-7 ball – o‗rtacha 2-3 – quyi
0-1 ball – juda past
«Haykaltaroshlik» metodikasi
Bolaga 5 daqiqa davomida plastilindan biror -bir narsa o‗ylab topib, yasash topshirig‗i beriladi. Bola fantaziyasi, topshiriqni bajarishdagi qobiliyati quyidagi ball - mezoni bo‗yicha baholanadi. 0-1 ball — 5 daqiqa mobaynida bola hech narsa o‗ylab topib yasay olmasa;
2-3 ball – agar bola shu vaqt ichida biror oddiyroq narsalarni, masalan: kubik, aylanalarni yasasa; 4-5 ball – agar bola faqat 3-4 qismdan iborat narsa yasasa;
5-7 ball – boy fantaziyasi bilan ajralib turadigan,g‗ayrioddiy narsa yasasa;
8-9 ball – bola original narsani o‗ylagan, lekin yasalishida kamchiliklari bo‗lsa;
10 ball – agar o‗ylab topilgan narsa original va puxta, estetik did bilan yasalgan bo‗lsa.
Rivojlanish darajasi haqida xulosa
10 ball – bola maktab ta'limiga tayyor.
8-9 ball – maktab ta'limiga tayyor desa bo‗ladi. 6-7 ball – maktabga tayyorgarligi o‗rtacha
4-5 ball – bolaning maktab ta'limiga tayyorgarligi etarli emas. 3 balldan past - bola maktab ta'limiga umuman tayyor emas.
SHunday qilib, ushbu mavzuda bilish jarayonlaridan, diqqat, xotira va tafakkur psixodiagnostikasi haqida ma`lumotlarga ega bo‘ldik.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Segen doskasi metodikasi orqali nimalarni o‗rganish mumkin?
P'eron-Ruzer metodikasining mazmuni qanday?
Landolt halqachalari metodikasi orqali nimalarni o‗rganish mumkin?
Burdon korrektur sinovi metodikasi orqali nimalar o‗rganiladi? Uning qanday o‗zgartirilgan variantlarini bilasiz?
Ko‗rish xotirasini qanday metodika yordamida o‗rganish mumkin? 6.Eshitish xotirasini qanday metodika yordamida o‗rganish mumkin?
Piktogramma metodi orqali nimani o‗rganish mumkin?
Hikoyani qayta esga tushirish metodikasining mazmunini aytib bering? 9.‖Rasm‖ metodikasi orqali nimalarni aniqlash mumkin?
10. ―Haykaltaroshlik‖ metodikasining mazmunini aytib bering. 11.―Nutqiy fantaziya‖ metodikasi qanday o‗tkaziladi?
Nazorat uchun test savollari
Do'stlaringiz bilan baham: |