Bavosita eslab qolish metodikasi
Bavosita esda olib qolish metodikasi yordamida (A.N.Leontev, 1928) faqatgina assotsiativ, mantiqiy xotirani emas, tafakkur xususiyatlarini ham aniqlash mumkin. Tadqiqotchi sinaluvchi eslab qolishi uchun beriladigan 10–15 ta so‗zni (9, 10 - jadval) hamda 20–30 ta rasmli kartochkalar to‗plamini tanlaydi. Rasmlar so‗zlarni bevosita aks ettirmaydigan qilib, mustaqil tanlanishi mumkin.
jadval
5–7 yoshli bolalar uchun bavosita esda olib qolish metodikasida ishlatiladigan qo‗zg‗ovchi material
Sinaluvchi eslab qolishi uchun
aytiladigan so‗zlar
|
Har xil bevositalikni ifodalaydigan rasmlar
|
Tushki
ovqat
|
Yorug‗
|
Qush
|
Son
|
Karovat
|
Pichoq
|
Divan
|
Olma
|
Bog‗
|
Kiyim
|
O‗qish
|
Hona
|
Daraxt
|
Maktab
|
binosi
|
Shkaf
|
Yo‗l
|
Tun
|
Stul
|
Hiroq
|
Idish
|
Soat
|
Sigir
|
Ko‗ylak
|
Dala
|
Xato
|
O‗rmon
|
Velosiped Qulupnay
|
Qalam
|
Mushuk
|
Avtomobil
|
Tut
|
Ot
|
Sichqon
|
Uycha
|
Divan
|
Samokat
|
Aravaha
|
Xaskash
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Katta bog‗cha yoshidagi va kichik maktab yoshidagi bolalarni tekshirish uchun turli seriyalarda har xil so‗zlar va rasmlar tanlanishi zarur: birinchi seriyada ular ancha aniq bo‗lishi kerak, ikkinchi seriyada mavhumroq bo‗lishi ham mumkin. Rasmlarning hajmi bir xil va bo‗yalgan bo‗lishi kerak.
Maktabga chiqishidan oldin bolalarning xotirasini tezda aniqlash maqsadida bu metodikaning L.N.Poperechnaya (1979) tomonidan o‗zgartirilgan variantidan foydalanish mumkin. Uning mazmuni: qo‗zg‗atuvchi materialni o‗zgartirish, hajmini qisqartirishdan iborat. Bunda 15 ta so‗z va 25–30 rasm o‗rniga 5 ta so‗z va 16 ta rasm beriladi. Tajribani boshlashdan oldin tadqiqotchi bola bilan birgalikda hamma rasmlarni qarab chiqadi, bolaga tushunarsiz rasmlarni izohlab beradi. Keyin bolaga quyidagi ko‗rsatma beriladi:
jadval
8–12 yoshli bolalar uchun bavosita esda olib qolish metodikasida ishlatiladigan qo‗zg‗ovchi material
Sinaluvchi esda olib qolishi uchun o‗qib
beriladigan so‗zlar
|
Har xil bavositalikni ifodalaydigan rasmlar
|
yomg‗ir janjal uchrashuv javob yong‘in mehnat
g‗am o‗yin majlis
kuch ertalab qo‗shni
teatr telefon bayram
|
Dasturxon, ot, stul, bolta, telefon, daftar, lampochka, pat, qalam, gul, belkurak, shapka, xaskash, daraxt, samolyot
|
jadval
Bavosita eslab qolish metodikasining o‗zgartirilgan varianti uchun qo‗zg‗atuvchi material
Sinaluvchi esda olib qolishi uchun o‗qib
beriladigan so‗zlar
|
Har xil bavositalik imkonini beradigan rasmlar
|
yong‗in yomg‗ir mehnat
xato g‗am
|
oshxona, asbob, maktab doskasi, taroq, quyosh, globus, ko‗za, xo‗roz, devor, bolalar ishtoni, ot, ko‗cha chirog‗i, botinka, soatlar, qalam, zavod trubalari, non do‗koni
|
«Hozir sizlarga so‗zlarni o‗qib beraman, siz esa ularni yaxshiroq eslab qolish uchun ularga mos rasmlarni tanlaysiz. Bu rasmlar keyinchalik so‗zlarni qayta esga tushirishga yordam berishi zarur». Birinchi «yong‗in» so‗zi beriladi. Agar bola 15 soniya davomida ishga kirishmasa, u ko‗rsatmani yaxshi tushunganligini aniqlash kerak. Ko‗rsatma yana takrorlanadi. Agar 20-30 soniyadan keyin bola topshiriqni bajarishga kirishmasa, tadqiqotchi tushuntira boshlaydi: «Siz
«yong‗in» so‗zini esga tushirishga yordam beradigan rasmli kartochkani tanlashingiz zarur. Qanday rasm yong‗inni, tutun chiqayotganini eslatishini qarab chiqamiz. Mana masalan, bu erda zavod trubalari, tutun Yuqoriga chiqayotgani tasvirlangan. Bu rasm sizga «yong‗in» so‗zini eslab qolishga yordam beradimi?». Bola tasdiqlab boshini silkiydi va qanday eslab qolish kerakligini tushunganligini aytadi. Keyin tadqiqotchi keyingi so‗zni aytadi, sinaluvchi bo‗lsa zarur kartochkani tanlaydi. Kartochkani tanlash uchun 30 soniyagacha vaqt beriladi. Ko‗pincha bolalar tezroq tanlashadi. Har bir tanlashdan so‗ng, tadqiqotchi bolani nima uchun xuddi shu rasmni tanlaganini, u aytilgan so‗z bilan qanday bog‗langanligini so‗raydi.
Hamma so‗zlar aytilib, ularga mos rasmlar tanlanganidan keyin, eksperimentator ularni bir chetga olib qo‗yib, bolaga xotirani o‗rganish bo‗yicha boshqa topshiriq beradi, masalan kubiklardan figura yasash. 15 yoki 30 daqiqadan so‗ng, unga so‗zlarni eslab qolish uchun tanlangan rasmlar ko‗rsatiladi. Bola eslab qolgan so‗zni aytishi kerak. Bunda u yoki bu rasm xotirada qanday bog‗lanishlarni hosil qilishini aniqlash zarur.
Tadqiqot jarayonida tajriba qarori to‗ldirib boriladi (12-jadval).
jadval
Bavosita eslab qolish tajribasining qarori
Eslab qolish uchun berilgan so‗zlar
|
Rasmni tanlash vaqti (soniya)
|
Rasmni tanlash motivi
|
Qayta esga tushirish
|
|
|
|
|
Turli yordamchi vositalardan foydalanib to‗g‗ri qayta esga tushirilgan so‗zlar bolada eslab qolish qobiliyatining kuchli rivojlanganligidan dalolat beradi (A.N.Leontev, 1928).
Do'stlaringiz bilan baham: |