Interpretatsiya № 2
Mazkur interpretatsiya orqali insonning o‘zi haqidagi, o‘zining tashqi tuzilishi, o‘zining shaxsi to‘g`risidagi tasavvurlarini bilish, individual-tipologik xususiyatlarini aniqlash mumkin.
Estetik tasvir – rassomlik qobiliyatlari bo‘lgan badiiy tip.
Sxematik tasvir – ilmiy tip.
Realistik tasvir /o‘ta tafsilotlar bilan chizilgan rasm/ - mayda – chuydaga ko‘p e`tibor beruvchi tip.
Metamorfik tasvir /odam o‘zini biron predmet, masalan, choynak, probirka, o‘simlik, hayvon, badiiy personaj ko‘rinishida ifodalagan rasm/ - fantaziyasi yaxshi rivojlangan, ijodiy kobiliyatlarga ega, albatta, ko‘ngilchan, kulguga moyil tip.
Emotsional tasvir /biror emotsional holatni ifodalovchi rasm/ - juda Yuqori emotsional ta`sirlanuvchanlikka ega tip. U odatda o‘zining hozirgi emotsional holatiga teskari holatni tasvirlaydi. Masalan: xafa bo‘lsa-da, kulayotgan Yuzni chizishi mumkin.
Harakatdagi tasvir-harakatchanlikka moyil, odatda sport, raqs bilan shug`ullanuvchi tip.
Orqaning tasviri – belgilangan tartiblarga zid harakat qiluvchi tip.
«Avtoportret» testidan olingan ma`lumotlarni shuningdek, Rid sxemasi bo‘yicha tartibga solish va rasmning miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash mumkin.
Sanab o‘tuvchi rasm /bitta avtoportret chizib berish iltimos qilinganiga qaramay bir necha avtoportretlar chizilgan rasm/ - fikriy ekstrovert.
Organik rasm /odamni o‘simliklar, hayvonlar qurshovida, tabiat qo‘ynida tasvirlovchi rasm/ - fikriy introvert.
Gaptik rasm /odamni biror bir holatda ko‘pincha «tishi og`riyotgan», «boshi og`riyotgan» holatlarda tasvirlovchi rasm/ - sensor introvert.
Emfatik rasm /odamni biror emotsional muhitda tasvirlovchi rasm/ - sensor estravert.
Dekorativ rasm /portretni turli bezaklar bilan, chiroyli ramkalarda, erkin ranglar bilan tasvirlovchi rasm/ - sensor ekstrovert.
Imajitar rasm / odamni biror bir adabiy qahramon yoki xayoliy obraz tarzida tasvirlovchi rasm/ - emotsional introvert.
Ritmik rasm /harakatdagi odamni masalan, Yurayotgan, zinadan chopayotgan va h. odamni tasvirlovchi rasm/ - intuitiv ekstrovert.
Strukturali rasm /odamni qanday bo‘lsa, shundayligicha, ba`zan faqat Yuzi, bYustni yoki bo‘y- bastni tasvirlovchi rasm/ - intuitiv introvert.
Ushbu belgilar bo‘yicha quyidagi jadvaldagiga o‘xshab, turli rasmlar o‘rtasidagi miqdoriy farqlarni aniqlash mumkin.
«Avtoportret» testi bo‘yicha individual – tipologik farqlar /500 kishi orasida/
Tasvir ko‘rinishi G.Rid
bo‘yicha
|
Psixologik tip K.Yung
bo‘yicha
|
Tasvirlararo miqdoriy
farqlar
|
Sanab o‘tuvchi
|
fikriy ekstrovert
|
2,4
|
Organik
|
fikriy introvert
|
30,3
|
Emfatik
|
sezuvchi ekstrovert
|
3,2
|
Gaptik
|
sezuvchi introvert
|
2,2
|
Dekorativ
|
hissiy ekstrovert
|
8,8
|
Imajitar
|
hissiy introvert
|
13,2
|
Ritmik
|
intuitiv ekstrovert
|
20,8
|
Strukturali
|
intuitiv introvert
|
19,1
|
Metodika manbasi: Rogov E.I. Nastolnaya kniga prakticheskogo psixologa: Ucheb. Posobie: V 2 kn. – 3-e izd.: Gumanit. Izd. TSentr VLADOS, 2000. – Kn.!: Sistema rabotы psixologa s detmi raznogo vozrasta. – 384 s. 286-292 s.
Do'stlaringiz bilan baham: |