Birinchi tibbiy yordam. Gipertonik kriz yuz berganda darhol xakim chaqirish,
xakim kelguncha bemorni o'ringa yotqizib, oyoqlariga grelka qo’yish yoki issiq
vannalar qilish lozim. Korvalol, valokardin dori moddalaridan 30-35 tomchi
ichirish, shuningdek muntazam ishlatib yurgan dorisidan navbatdan tashqari bir
doza qabul qilish zarur. To’sh osti, yurak sohasida og'riq bo’lsa, darhol
nitrogliserin tabletkasi til tagiga tashlanadi. Dori moddalardan dibazol, magneziy
sulfat, papaverin, gipotiazid qo'llaniladi. Gipertonik krizda kompleks davo
choralari arterial qon bosimining bemorga monand tutib turish, uning ko’tarilib
ketishiga ham, juda pasayib ketishiga ham yo’l qo’ymaslikdan iborat bo'lishi zarur.
Qon bosimining birdan pasayib ketishi bosh miya, yurak va buyraklarning qon
bilan yaxshi ta'minlanmay, bemorni ahvoli og'irlashishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |