O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Mavzu: Kuyish. Sovuq urishi. Elektr tokidan shikastlanish



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/98
Sana15.11.2020
Hajmi0,74 Mb.
#52641
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   98
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

Mavzu: Kuyish. Sovuq urishi. Elektr tokidan shikastlanish. 

 

REJ A: 

 

1.    Kuyish,  sabablari,  tasnifi,  darajalari,  belgilari  va  birinchi  tibbiy  yordam 

ko'rsatish. 

2.    Sovuq  urishi,  sabablari,  darajalari,  klinik  belgilari.  Sovuq  urishida  tibbiy 

yordam ko'rsatish.  

3.  Elektrotravma, sabablari,  klinik   belgilari, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish 



Kuyish 

Kuyish  (compustio)  termik,  kimyoviy,  elektrik  yoki  nur  energiyasining  ta'sirida 

vujudga  keladigan  shikastlanishdir.  Termik  kuyish  boshqa  kuyishlarga  qaraganda 

ko'proq  uchraydi.  To'qimaning  52  C  dan  ortiq  qizishi  oqsillarni  qaytarib  bo’lmas 

koagulyasiyaga uchratadi. Kuyish issiqlik nuri, qizigan havo, to'g'ridan-to'g'ri issiq 

narsalarga  tegish  yoki  alanga  ta'sirida  vujudga  keladi.  Ko'pincha  oyoq  kuyishdan 

shikasti topadi (47%). Kalla, qo’l va tananing boshqa qismlari bir 

 XIL  


zararlanadi. 

Kuyish tasnifi. Kuyish chuqurligini aniqlashda, uning darajasiga ahamiyat beriladi. 

1960 yil xirurglar anjumanida 4 darajali tasnif taklif qilindi:    

     1 - darajali-yuzaki epidermal kuyish.  

     2 - darajali-teri yuqori qavatining kuyishi    

     3  -  darajali  -  ba'zi  joylardagi  kuyish  terining  butun  qavatini,  ba'zi  joylar  esa 

yuqori  qavatini egallaydi. 

    4 - darajali -chuqur to’qimalarning, ya'ni pay suyak, mushaklarning kuyishi. 




     1-2  darajali  kuyish  yuzaki, 3 

VA 


4  darajali kuyish esa chuqur kuyishga kiradi. 

Kuyish  sathini  aniqlashning  har  xil  usullari  bor  zararlangan  teri  sathini  aniqlash 

uchun  A.  Uolies  taklif  qilgan  9  qoidasi  ko'proq  ishlatiladi:  kalla  va  bo'yin-9%, 

qo'1-9%,  oyoq-18%,  tana  oldingi  qismi-18%,    orqa  qismi-18%,  oraliq  sathi-1%. 

Shuningdek  kaft  qoidasi  bor.  Kishining  kafti  yuza  tanasining  1  %  maydonini 

tashkil qiladi. Kishi tanasining umumiy sathi 16000 sm 2  ga tengdir. 

Kuyishning klinikasi. Mahalliy va umumiy belgilar farq qilinadi.  Каttа bo'lmagan 

kuyishda umumiy belgilar uncha ahamiyatli bo'lmasa, keng maydon zararlarganda 

esa  kuyish  kasalligi  kelib  chiqadi.  Mahalliy  belgilar  kuyish  darajasiga  bog’liq 

bo'ladi. Kuyishning zararlanish chuqurligiga qarab 4 darajasi bor;  

    1  darajali  kuyish  yallig’lanish  bilan  kechadi.  Yuqori  harorat  ta’sir  qilgan  joy 

kuchli qizaradi va shishadi. Kuchli og'riq paydo bo'ladi. Bir necha kundan so'ng bu 

belgilar  yo’qolib,  teri  qo'ng’ir  rang  oladi.  1  darajali  kuyishga  quyoshdan  kuyish 

misol bo’la oladi.  

    2. Ikkinchi darajali kuyishda yallig'lanish kuchli bo'ladi, kapillyarlar kengayadi, 

shish  kattalashadi.  Terining  epidermal  qavati  zararlanadi,  pufakcha  hosil  qiladi. 

Pufakchaning ichi tiniq seroz suyuqlik bilan to’lgan bo'ladi. Og’riq 3-4 kun davom 

etadi.  Bu  kuyish  chandiqsiz  bitadi  va  qaynoq  suv      yoki  bug'  ta'sirida  yuzaga 

keladi. 

   3 a -darajali kuyishda nafaqat teri balki uning chuqur qavatlari ham zararlanadi. 

Pufakchalar paydo bo’ladi, ular rangsiz. qoraroq va timqora bo'ladi 

   3b- darajali kuyishda so’rg’ich qavat, teri osti yog' kletchatkasi   zararlanadi. 

   4-  darajali    kuyishda    esa    chuqur  to'qimalar,  suyaklar  zararlanadi.    To'qimalar 

qora  ko'mirga aylanadi va amputasiyani talab qiladi. 

Kuyishda birinchi yordam ko'rsatish. 

   1.Shikastlangan kishiga yuqori harorat ta'sir qilishini to'xtatish zarur: yonayotgan 

kiyim-boshni  o’chirish,  shikastlangan  kishini  yuqori  harorat  zonasidan  chiqarish, 

tana yuzasidan tutib, tutab turgan va qizigan kiyimlarni yechib tashlash kerak. 

  2. Alanga olgan kiyimni suv sepib yoki biror qalin matoga o’rab o’chiriladi. 

  3.  Kiyimlarni tez yechish uchun qirqish mumkin 

  4.  Teri qoplamalariga zarar yetkazmaslik uchun qo’pol harakat qilmaslik lozim. 

  5.  Kuygan yuza tez vaqt ichida bog'lam qo’yib bekitilishi zarur. 

Kuygan yuzani hech narsa bilan yuvmaslik, unga qo'l tekkizimaslik, pufakchalarni 

sitmaslik,  yopishgan  kiyim  parchalarini  ko’chirmaslik,  biror  yog'  surtmaslik, 

poroshok sepmaslik zarur va bemor tezlik bilan kasalxonaga yetkazilishi lozim. 


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish