O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/98
Sana15.11.2020
Hajmi0,74 Mb.
#52641
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   98
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

Klinik manzarasi. Konkrementlar borligi uzoq yillargacha sezilmasligi mumkin. 

Kasallikning bosh simptomi buyrak sanchig'i xuruji hisoblanadi: belning o’ng va 

chap tomonidagi kuchli og’riq chov sohasiga o'tadi, bunda bemor qusishi va hatto 

hushini yo’qotishi ehtimol. Siydikda qon, ya'ni eritrositlar paydo bo'lishi 

mumkin.Buyrak sanchig'i konkrement o'tadigan siydik yo'lining ta'sirlanishi bilan 

bog'liq.Buyrak sanchig'i paydo bo'lishiga qattiq jismoniy zo’riqish, silkitadigan 

yo’lda yurish, shikastlanish bevosita turtki bo'lishi mumkin.Agar konkrement 

qovuqqa o’tgan bo’lsa, buyrak sanchig'i tez (2-3 soat o’tgach) to’xtash mumkin. 

Agar konkrement buyrak jomida bo’lsa va atrofdagi to’qimalarni muttasil 

ta'sirlantirib tursa, bu holda bemor belida unchalik o'tkir bo'lmasada, doimiy og'riq 

bo'ladi, tana harorati ko’tariladi, ba'zan siydikda qondan tashqari, yana yiring ham 

bo'ladi. Siydik ajralishining buzilish simptomlari bo'lishi mumkin, ba'zan qorin 

dam bo'ladi. 

Davosi.  Buyrak sanchig’i  xuruji  vaqtida atropinning 0.1  % li  eritmasidan   1  ml 

teri ostiga, yuboriladi. Bel sohasiga issiq grelka yoki issiq vanna tayinlanadi. 

Ovqat rasioni turlicha va to’la qiymatli bo'lishi kerak. 

Bemor ko'p harakatlanishi, gimnastika bilan shug'ullanishi, yetarli miqdorda 

suyuqlik ichishi kerak. 



Siydikni o'tkir tutilishiga prostata bezini o’sma kasalliklari, qovuqdagi toshlar, 

orqa miya kasalliklari sabab bo'ladi. 

Bemor mustaqil siya olmaydi, siydik qovuqda to’planib boradi. Siydik tutilishi 

qovuqning chizilishiga va qorinda qattiq og'riq bo'lishiga olib keladi, bular o’z 

navbatida boshqa ichki organlar (ichak o’pka va boshqalar) funksiyasining 

reflektor ravishda buzilishiga sabab bo’lishi mumkin.Birinchi yordam sifatida 

bemorga bir stakan sovuq suv ichiriladi, oraliqqa grelka qo’yiladi, bemorga 

oqayotgan suv tovushi eshittiriladi, ozroq tozalash klizmasi qilinadi, beladonnali 

shamchalar qo’yiladi. Agar shu choralar natija bermasa, bemorni tezda 

kasalxonaga olib borish kerak, bu yerda siydikni kateter bilan chiqariladi (kateter 

maxsus rezina yoki metall naycha bo'lib, uni siydik chiqarish kanali orqali qovuqqa 

kiritiladi. 

      Homiladorlik toksikozlari nerv, yurak-tomir, endokrin tizimlar va moddalar 

almashinuvining o'zgarishi tufayli kelib chiqib, tug'ruqdan so’ng o’tib 

ketadi.Homiladorlikiiing -birinchi (ilk) va ikkinchi yarmi (kechki) toksikozlar farq 

qilinadi. 

Ilk toksikozlar homiladorlikning dastlabki 12 haftasida ro'y beradi. Ayolning 

umumiy ahvoli o’zgaradi, jizzaki bo'lib qoladi. Ko’ngli ayniydi, so’lagi oqib (ko'p, 

ya'ni bir kunga 1 litrgacha oqishi mumkin), keyin qusadi. Ba'zan ayol hadeb 

qusaveradi, darmonsizlanadi, ozib boshlaydi, uyquchan va serjashl bo'lib qoladi. 

Uning qon bosimi pasayadi, tana harorati ko’tariladi, pulsi tezlashadi, terisi 

quruqlashadi, og'zidan nohush hid keladi.Ilk toksikozlarda homilador ayol ayollar 

konsultasiyasiga qatnab davolanishi mumkin. Haddan tashqari ko'p qusish ayolni 

kasalxonaga yotqizishni talab etadi. Homilador ayolga kasalxonada tinch va 

osoyishta sharoit yaratilib, ko'proq uxlash tavsiya qilinadi. Kofein 1 ml 10 % 

eritmasi kuniga 2 mahal teri ostiga, qayt qilmayotgan bo’lsa tabletka holida 

beriladi. Aminazin, etapirazin, propazin kabi dori moddalari enteral va parenteral 

usullarda organizmga kiritiladi. Vitaminlar buyuriladi.Kech toksikozlar 

homiladorliking ikkinchi yarmida ko'pincha. singgi oylarida vujudga keladi. 

Bularga homiladorlik istisqosi, mikropatiya, preeklampsiya va eklampsiya kiradi. 

Kech toksikozlarning barchasi ketma-ket kelib, kasallik holati bosqichma-bosqich 

kechadi.Homiladorlar istisqosida shish paydo bo'ladi. Odatda u to’piqdan 

boshlanib, tizza, son, qorin va tashqi jinsiy organlarga o'tadi, so’ngra asta-sekin 

butun tanaga tarqaladi. Homilador ayol oyda 2 marta konsultasiyaga borishi, 

shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishi, haftada bir marta tarozida tortilib turishi 

lozim.  


    Suyuqlik (sutkada bir litrgacha ruhsat etiladi) va tuzni cheklash, servitamin 

ovqatlar, sabzavot va mevalar, tvorog, kefir ist'emol qilish tavsiya etiladi. Ayol o’z 

vaqtida davolanmasa nefropatiyaga o'tadi. Nefropatiyani asosiy belgisi shish, qon 

bosimining oshishi va siydikda oqsil bo'lishi. Homilador ayol zudlik bilan 

kasalxonaga yotqizib davolanadi.          

     Preeklampsiyada ham nefropatiyadagidek simptomlar va ayolning qattiq boshi 

og'rishi, 

ко'z xiralashishi, ko’krak ostida og'riq paydo bo'lishi kuzatiladi. Bosh og'riq, ко’z 

xiralashuvi, miyada qon aylanishining jiddiy buzilganligidan dalolat beradi. Bemor 



vaqtida davolanmasa preeklampsiya yanada og'irroq kasallik eklampsiyaga o’tishi 

kuzatiladi. 

      Eklampsiyada tutqanoq tutadi, bemor hushidan ketadi. Eklampsiyada tutqanoq 

tutish alomatlari yuz va qovuq muskullari tortishganda paydo bo’lganda, darhol tez 

yordam chaqirilib, u kelguncha bemorni havosi toza, qorong'iroq xonaga yotqizib, 

tinch qo’yiladi. Tutqanoq tutganda bemorning biror joyiga shikast yetmaslik 

chorasini ko’rish lozim. Tilini tishlab olmaslik uchun bandiga doka o'ralgan qoshiq 

og’ziga solinadi.  

    Tutqanoq xuruji to’xtagandan so’ng bemorni so’lagi nafas yo'llariga tushmasligi 

uchun og'zini doka salfetka bilan artib olinadi.Tug'ruqxonalar tarmog’ining 

beqiyos o’sganligiga va homilador ayollarning yaxshi dispanserizasiya qilinishiga 

qaramay, ba'zan uy sharoitda, poyezdda, samolyotda, va shu kabilarda tug'adigan 

xotinlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishga to'g’ri  keladi.Tug'ruqga yordam 

ko’rsatuvchi odam avvalo aseptik sharoitlar yaratish to'g’risida g'amxo’rlik 

qilishi kerak: Qo’lni yaxshlab yuvish va zararlantirish, qaychi yoki pichoqni 

dezinfeksiya qilish, kindikni bog’lash uchun steril bint tayyorlash yoki  spirtga 

(yod eritmasiga) pishitilgan ip, tasmachani solib qo’yish lozim. Bordi-yu bola 

asfiksiya bilan tug'ilganda burun yo’llari og'zidan homila oldi suvlarini tortib olish 

uchun rezina nokchani taxt qilib qo’yish kerak.Tug'ilgan chaqaloqni qaynoq 

dazmollangan toza choyshabga (yo’rgakka) yotqiziladi. Kindikdagi pulsasiya 

aniqlanmay, qolganda, kindik tizimchasi bola kindigidan 5-10 sm yuqorida 

tayyorlab qo’yilgan ip tasmacha yoki bint tilishi bilan ikki joyidan bog'lanadi, 

so’ngra kindikni bog'lagan ligaturalar o'rtasidan kesiladi. 

      Agar bolaning nafasi chiqmasa, bolaning burni va og'zidagi suvlarni rezina 

nokcha bilan tortib, so’ng og'izdan- og'izga usulida sun'iy nafas oldira boshlash 

lozim.Onani va yangi tug’ ilgan chaqaloqni imkon boricha tezroq tug'uruqxonaga 

olib borish kerak.

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish