Klinikasi. Asosiy belgisi og'riq bo'lib u to’satdan paydo bo'lib o’ng qovurg'a
ostiga, qorinning yuqori qismiga, kindik atrofiga, yuqoriga va o’ngga tarqaladi.
Og'riq o’t- tosh kasalligiga nisbatan birmuncha kuchsiz bo'ladi. Bunda bemorni
umumiy ahvoli yomonlashadi. Og'riq bemorga azob beradi. O’ng yonboshiga
yotganda og'riq kuchayadi. Ko’ngil aynishi va qusish kuzatiladi, qayt qilganda
bemorni ahvoli yengillashmaydi.Kasallik og'ir kechganda bemor titrab qaqshaydi.
Harorat 38-40 C gacha ko’tariladi. Yengil kechganda harorat subfebril bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |