O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta ta'lim vazirligi
Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha ta'lim fakulteti II bosqich
sirtqi ta'lim 204-guruh guruh talabasi Alimova Mahbubabonuning 2022-2023 o'quv yilida "Etnopedagogika " fanidan tayyorlagan savollari
Xalq pedagogikasi nazariyasi
Savollar
1.Etnopedagogika nima?
Javob:Etnik guruhlarning ta’lim tarbiya borasidagi tajribalari, oila, urug‘, avlod, millatning qadimiy qadriyatlariga ma’naviy, botiniy va zohiriy qarashlari haqidagi fandir.
2.Xalq pedagogikasi qanday ma'no anglatadi?
Javob:Xalq ommasining turmush faoliyati jarayonida to‘plangan va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan tarbiya borasidagi tajriba va bilimlari yig‘indisidir.
3.Xalq pedagogikasi manbalari o'z ichiga nimalarni oladi?
Javob:O'zbek xalq og‘zaki ijodi (folklori).Milliy urf-odatlar, an’analar va marosimlar.Xalq o‘yinlari va o ‘yinchoqlari.Diniy ta’limotlar.Xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi.Milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati.Tasviriy san’at.Tarixiy yodgorliklar va milliy me’morchilik.Xalq raqs san’ati (xoreografiyasi).O'rta Osiyo va o‘zbek xalqi mutafakkirlarining asarlari.
4.Oilaviy qadriyatlarga nimalar kiradi?
Javob:Oilaviy qadriyatlarga oila va oila a’zolari tomonidan qadrlanadigan o‘zaro munosabatlar, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish, qarindosh-urug'lar o ‘rtasidagi mehr-oqibat kabilar kiradi.
5.Gegel o‘tmishdagi ma’rifiy boyliklar haqida qanday fikrlar bildiradi?
Javob:«O'zidan kuch taratuvchi ona yer» bilan taqqoslagan. Uning ta’kidlashicha, «ilm-fan va ta’limning har bir yangiligi uning qadimiylikka murojaatidan kelib chiqadi».
6.Milliy ta’lim-tarbiya nimadan boshlanadi?
Javob:Milliy ta’lim-tarbiya xalq pedagogikasi an’analari asosida o‘qitish va tarbiyalashdan boshlanadi.
7.Badiiy-estetik qadriyatlar va ma’naviy-ruhiy qadriyatlarga nimalar kiradi?
Javob:Badiiy-estetik qadriyatlarga xalq amaliy san’ati, hunarmandchiligi, musiqa, raqs, qo‘shiqchilik, tasviriy san’at, milliy bayramlar, urf-odatlar, an’analar, to‘y-tomoshalar, motam marosimlari, kiyinish madaniyati va boshqalarni kiritish mumkin.
8.Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari deganda nimalarni tushunamiz?
Javob:Xalq pedagogikasining tarbiyaviy va didaktik imkoniyatlari va xalq tarbiyaviy an’analaridan o‘quv-tarbiyaviy jarayonda foydalanishdir.
9.Pedagogik madaniyat tushunchasini ta’riflang.
Javob:Pedagogik fanlar va xalq pedagogikasi o‘zaro munosabatga kirishdi, bir-birining rivojlanishiga yaxshi ta’sir qildi va buning natijasi o ‘laroq pedagogik madaniyat vujudga keldi.
10.Sog'lom turmush tarziga oid qadriyatlarga ta’rif bering.
Javob:Sog'lom turmush tarziga oid qadriyatlarga xalqimizning o‘z farzandlarini sog‘-salomat, mard vatanparvar bo‘lib yetishishida qollaniladigan tarbiya usullari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |