O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Fe’llarni so‘z qo‘shish usulining bog‘lovchi (kopulyativ) modeli orqali yasalishi



Download 221 Kb.
bet35/49
Sana31.10.2020
Hajmi221 Kb.
#50623
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
Bog'liq
xitoy tilida fellarning grammatik xususiyatlari

Fe’llarni so‘z qo‘shish usulining bog‘lovchi (kopulyativ) modeli orqali yasalishi.

Xitoy tilida atributiv usul kabi, so‘zlarni qo‘shishning bog‘lovchi modeli ham bir nechta nomlanishlarga ega: 并立式binglishi – juft model, 并列式binglieshi – bog‘lovchi model, 连合式lianheshi – biriktiruvchi model.



并立式binglishi (juft model) termini Lu CHjiveyning 1957 yilda nashr etilgan asarida qo‘llangan. Kitobning keyingi nashrida Lu CHjivey bu terminni 并列式binglieshi ga almashtirdi.

Ushbu termin so‘z qo‘shishning mazkur modeli uchun Gao Minkay74, Jen Syuelyan75, Sun CHansyuy76 va boshqalarning asarlarida ham qo‘llangan. CHjan SHoukan77, CHjan CHjigun78, Li Szinsi79 va boshqalarning ishlarida ko‘rib chiqilayotgan model *lianheshi deb ataladi.

I.Oshanin80, V.Solnsev81, N.Korotkov82va boshqalarning ishlarida u bog‘lovchi yoki kopulyativ model nomini olgan. Ushbu model bo‘yicha yasalgan so‘z komponentlari teng bog‘langan munosabatda bo‘ladi.

A.Semenasning yozishicha, “kopulyativ qo‘shish deganda, fuknsional-sintaksik va semantik teng bog‘langan morfemalarning qo‘shilishi tushunilib, ularning yig‘indisi yaxlit ma’noni anglatadi”83.

Xuan YUechjouning ta’kidlashicha, mazkur model zamonaviy xitoy tilida eng samaralilardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu modelni tahlil qilishd, avvalambor, murakkab so‘zga birikayotgan negizlarning ma’nosiga e’tibor qaratiladi.

Xususan, Jen Syuelyan bog‘lovchi model bo‘yicha yasalgan so‘zlarni ko‘rib chiqib, qo‘shilayotgan so‘zlarning mohiyati turiga qarab, ularni besh guruhga ajratadi: 1) ma’no jihatidan bir-biriga yaqin, sinonimik so‘zlarni qo‘shish; 2) antonimik so‘zlarni qo‘shish; 3) korrelyativ so‘zlarni qo‘shish; 4) ma’nosi bir-biridan yiroq bo‘lgan so‘zlarni qo‘shish; 5) qo‘shilganda biri o‘z ma’nosini yo‘qotadigan ikkita negizni qo‘shish84. Mazkur guruhlarni ko‘rib chiqamiz.



1. Ma’nosi bir-biriga yaqin bo‘lgan, sinonimik so‘zlarni qo‘shish

Fe’llar: 生产shengchan – ishlab chiqarmoq (tug‘moq, ishlab chiqarmoq + ishlab chiqarmoq), 答应daying – javob bermoq, tovush chiqarmoq (javob bermoq + javob bermoq), 答复dafu – javob bermoq (javob bermoq + javob bermoq), 接受jieshou – qabul qilmoq (olmoq + olmoq), 排斥paichi – chiqarib tashlamoq (chetga chiqarmoq + haydamoq, chiqarib tashlamoq).

Bog‘lovchi model bo‘yicha sinonimik negizlardan yasalgan fe’llarning katta qismi ot so‘z turkumiga oid so‘zlar qatoriga ham kiradi. Buni turli xil tilshunos olimlar o‘z ilmiy ishlarida ko‘rsatadilar. Masalan: 斗争douzheng – kurashmoq → kurash, 考试kaoshi – imtihon topshirmoq→ imtihon, 讨论taolun – muhokama qilmoq, munozara yuritmoq → munozara, muhokama, 砥砺dili – ishlab chiqmoq → ish, maxsulot.

Bu model bo‘yicha modal fe’llar ham yasaladi: 应该yinggai – kerak, lozim (kerak + lozim), 可能keneng – mumkin, ehtimol (mumkin + qila olish), 应当yingdang – kerak, shunday bo‘lishi kerak (kerak + lozim).

2. Antonimik so‘zlarni qo‘shish.

Antonimik negizlar asosida bog‘lovchi model bo‘yicha so‘zlarni yasash xitoy tili bo‘yicha ilk ishlardayoq ko‘rilgan. Xususan, 1898 yilda Ma Szyanchjunning mashhur ,马氏文通Mashi wentong “Grammatikasi”da nashr etilgan ushbu so‘zlar 两字对待liang ziduidai ikkita qarama-qarshi morfemali so‘zlar deb ataladi. Antonimik negizlarning bog‘lovchi modeli bo‘yicha qo‘shilishi turli so‘z turkumlarining, odatda mustaqil ma’noli so‘zlarning yasalishiga olib keladi. Masalan: 大小daxiao – o‘lcham (katta + kichik), 长短changduan – uzunlik (uzun + qisqa), 天地tiandi – soha, olam (osmon + er), 出入churu – ajralmoq, farq qilmoq (chiqmoq + kirmoq), 轻重qingzhong – og‘irlik (engil + og‘ir), 老小laoxiao – uydagi a’zolar (qari+kichik).



Fe’llar: 呼吸huxi – nafas olmoq (nafas chiqarmoq + nafas olmoq), 来往laiwang – muomala qilmoq (kelmoq + jo‘namoq), 起伏qifu – shovullamoq, ko‘tarilmoq va pasaymoq (ko‘tarilmoq + pasaymoq), 操纵caozong – boshqarmoq (olmoq, ushlamoq + qo‘yib yubormoq, ozod etmoq). SHuni eslatib o‘tish kerakki, anotonimik negizlardan bog‘lovchi model bo‘yicha yasalgan fe’llar ot so‘z turkumiga ham odi bo‘ladi. Masalan: 来往laiwang – aloqa qilish → aloqa, 呼吸huxi – nafas olmoq → nafas.

3. Korrelyativ (munosabatdosh) negizlarni qo‘shish.

Zamonaviy xitoy tilida korrelyativ komponentlardan bog‘lovchi model bo‘yicha yasalgan murakkab so‘zlar turli so‘z turkumlariga mansub bo‘lishi mumkin.



Fe’llar: 交代jiaodai – topshirmoq (bermoq + almashtirmoq), 描绘miaohui – chizmoq, tasvirlamoq (nusha olmoq + rasm chizmoq, chizma chizmoq), 招呼zhaohu – chaqirmoq (imlamoq + baqirmoq), 招待zhaodai – qabul qilmoq (imlamoq + joylashmoq).

4. Mazmunlari yiroq bo‘lgan negizlarni qo‘shish orqali yasalishi.

Mazmunlari yiroq bo‘lgan negizlarni bog‘lovchi model bo‘yicha qo‘shishda, ko‘p hollarda, ikkita negizning mazmunini saqlab qoluvchi so‘zlar ham hosil bo‘ladi. Ushbu guruhdagi so‘zlarning o‘ziga xosligi ana shunda.



Fe’llar: 保养baoyang – ehtiyot qilmoq, g‘amxo‘rlik qilmoq (ta’minlamoq + ovqatlantirmoq), 爱惜aixi – ehtiyot qilmoq, qadriga etmoq (yaxshi ko‘rmoq + ehtiyot qilmoq, ayamoq), 夸耀kuayao – maqtanmoq (bo‘rttirmoq + yarqiramoq, yoritmoq).


Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish