O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Xitoy tilida fe’llarning so‘z qo‘shish orqali yasalishining o‘ziga xos xususiyatlari



Download 221 Kb.
bet34/49
Sana31.10.2020
Hajmi221 Kb.
#50623
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49
Bog'liq
xitoy tilida fellarning grammatik xususiyatlari

3.2. Xitoy tilida fe’llarning so‘z qo‘shish orqali yasalishining o‘ziga xos xususiyatlari

Umumiy tilshunoslikda so‘zlarni qo‘shish deganda bitta so‘zda bir nechta (ikki va undan ortiq) so‘z yoki asosni qo‘shish yo‘li bilan yangi so‘zlarni hosil qilish tushuniladi. Xitoy tilida so‘zlarni qo‘shish – bu yangi so‘zlarni hosil qilishning asosiy usulidir. So‘zlarni qo‘shish natijasida murakkab so‘zlar hosil bo‘ladi. Bunday so‘zlarning hosilaviylik xarakateri yaqqol namoyon bo‘lib turadi. Murakkab so‘zlar komponentlari bir xilda emas. Zamonaviy xitoy tilining mustaqil so‘zlari ham, zamonaviy tilda sintaksik mustaqilligini yo‘qotgan, muhim morfemalar ham bunday komponentlar vazifasida qo‘llanishi mumkin. Murakkab so‘zlarning tarkibida u komponent ham, bu komponent ham, sintaksik mustaqillikka ega emas, binobarin morfema bo‘lib hisoblanadi. Murakkab so‘zlar komponentlari va so‘zlar orasida tegishli so‘z birikmalarida, odatda, bir turdagi munosabatlar mavjud bo‘lib, buni ham yurtimiz, ham xitoylik lingvistlar e’tirof etadilar. So‘zlarni qo‘shish yo‘li bilan hosil bo‘lgan xitoy so‘zlariga, V.I.Gorelov ko‘rsatganidek, “komponentlarning ajraluvchanlik xususiyati, ichki shaklining yoki ma’noli strukturasining aniqligi xos. Murakkab so‘zning mazmuni tashkil etuvchi morfemalar mazmuniga tayanadi. Shunday qilib, murakkab so‘zlarda butunning qismlarga mazmunli tobe’ligi mavjud”58. Ammo murakkab so‘zning mazmuni har doim ham uni tashkil etuvchi morfemalar mazmunini birlashtirish yo‘li bilan aniqlanmaydi, ko‘p xollarda so‘zlarni qo‘shishda komponentlarning boshlang‘ich mazmunining o‘zgarishi sodir bo‘ladi. A.L.Semenas ta’kidlaganidek, “natijali mazmunni hosil qilish uchun bir komponentning mazmunini boshqasiga berishning o‘zi kifoya qilmaydi. Tashkil etuvchi qismlarning mazmunini bilish butunning mazmuni to‘g‘risidagi aniq tasavvurni bermaydi. Komponentlarning mazmuni, ularning alohida mazmunidagi komponentlarning murakkab o‘zaro munosabatining natijasini aks ettiradi”59. Ba’zi tilshunoslar esa garchi xitoy tilida so‘zlarning qo‘shilishi bir komponentning ikkinchisiga oddiy birikishiga asoslangan bo‘lsada, ba’zan murakkab so‘zlarni hosil qilishda fonetik o‘zgarishlar (ohangning qisman yoki to‘liq reduksiyasi) sodir bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar.

Xitoy tilidagi yangi murakkab so‘zlarni hosil qiluvchi so‘zlarni qo‘shishning asosiy modellari rus sinologiyasida A.I.Ivanov va E.D.Polivanov60, V.M.Solnsev61, N.N.Korotkov62, T.P.Zadoenko63, A.L.Semenas64, A.A.Xamatova65 ishlarida, shuningdek xitoylik tilshunoslar Lu CHjivey66, CHjan SHoukan67, Jen Syuelyan68, o‘zbek tilshunosligida esa M.X.Maxmudxodjaev69, A.A.Karimov70, S.A.Nosirova71, S.A.Xashimova72 va ko‘plab boshqa tilshunoslarning ishlarida ko‘rib chiqilgan.

Fe’llarning so‘z qo‘shish usulining atributiv model bo‘yicha yasalishi.

Zamonaviy xitoy tilida atributiv model bo‘yicha nafaqat otlar, balki boshqa so‘z turkumlariga oid so‘zlar, xususan, fe’llar ham yasaladi. Ushbu model bo‘yicha fe’llarni yasashda asosiy, mustaqil negiz odatda fe’l, ergashgan qismi esa fe’l, ot, sifat bo‘lishi mumkin. Bunday so‘zlardagi ikkinchi negiz harakatni ifodalasa, birinchisi esa harakat qanday, qay tarzda, qanday xolatda amalga oshganini ko‘rsatadi. Lu CHjivey mazkur modelning quyidagi kenja turlarini ajratadi, xususan:

1) [fe’l → fe’l]: 流动liudong – oqmoq (to‘kilish + harakatlanish), 转送zhuansong – sovg‘a qilmoq (topshirmoq + sovg‘a qilmoq), 解答jieda – javob bermoq, tushuntirmoq (tushuntirmoq - javob bermoq), 包办baoban – javobgarlikni o‘z zimmasiga olmoq (kafolatlamoq + qilmoq). Zamonaviy xitoy tilida bu kenja tur bo‘yicha yasalgan fe’llarning ko‘pchiligi ot so‘z turkumiga oid bo‘lishi mumkin, masalan: 解答jieda – javob bermoq, tushuntirmoq → javob, tushuntirish, 回忆huiyi – eslamoq → xotira;

2) [sifat/ravish → fe’l]: 重视zhongshi – hurmat qilmoq, qadrlamoq, baholamoq (chuqur, kuchli + qabul qilmoq, hisoblamoq), 早退zaotui – ishni tugamasdan ketmoq (erta + chiqmoq), 迟到chidao – kechikmoq (kech + yurmoq), 硬挺yingting – ushlamoq, tutib turmoq (qattiq + ushlamoq), 旁观pangguan – chettdan qaramoq ( yaqin, yonida + kuzatmoq), 深入shenru – chuqurlashmoq, idrok etmoq (chuqur + kirmoq). Mazkur kenja tur bo‘yicha yasalgan fe’llarning bir qismi ot yoki sifat so‘z turkumiga oid bo‘lishi mumkin: 重视zhongshi – hurmat qilmoq → hurmat, 深入shenru – chuqurlashmoq → chuqur;

3) [ot → fe’l]: 笔记biji – yozmoq (ruchka, qalam + yozmoq), 声讨shengtao – ochiq urush e’lon qilmoq (tovush + talab qilmoq), 口述koushu – hikoya qilmoq, og‘zaki bayon etmoq (og‘iz + bayon etmoq). Bu kenja tur bo‘yicha yasalgan fe’llarning kichik qismi ot so‘z turkumiga oid bo‘lishi mumkin, masalan, 笔记biji – yozmoq → xatlar73.


Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish