O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Download 221 Kb.
bet25/49
Sana31.10.2020
Hajmi221 Kb.
#50623
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
Bog'liq
xitoy tilida fellarning grammatik xususiyatlari

Standart fe’llar
普通动词表示动作, 行为,变化,存在等意义。从结构来看, 它们可以分为单纯词,如:看,说,写,听,坐,做,跑,挂,作,笑,拿等;派生词和复合词。

V.I.Gorelovning “ Xitoy tili grammatikasi ” nomli kitobida standart fe’llarga shunday ta’rif beriladi: “ Standart fe’llar harakat ma’nolarini, holatini bildiradi. Ular leksik jihatdan soda, hosila va qo’shma fe’llar orqali ifodalanadi ”.

复合动词的结构有下面几种。Qo’shma fe’llar quyidagi struktura orqali yasalishi mumkin:


  1. 联合购成式—Kompozitsiya modeli: 领导 ( ling dao), 建立 (jianli), 保卫 (baowei),组织(zuzhi).

  2. 偏正购成式— Atributiv modeli: 重看 (zhongkan), 轻看 (qingkan), 飞行 (feixing), 微笑 (weixiao).

  3. 动宾购成式— Fe’l obyekti modeli: 出度 (chudu), 念书(nianshu), 睡觉 (shuijiao), 动员 (dongyuan), 见面 (jianmian).

  4. 动补购成式—Qo’shimcha complement orqali: 打倒 (dadao), 说明 (shuoming).

  5. 主谓购成式— Sub’yekt-predikat modeli orqali: 头疼 (touteng).

Xitoy tilida fe’l takrorlanib kelishi mumkin: reduplikativ fe’l aniq bir ma’noni bildiradi. Reduplikativ fe’l xatti –harakatning takrorlanish darajasini, intensivligini bildiradi. Xitoy tilida bir bo’g’inli fe’llarning katta qismi bu xususiyatga ega emas.

Bir bo‘g‘inli fe’llarning ‘AA’ reduplikativ modeli - Xitoy tilida bir bo‘g‘inli fe’llar asosan reduplikatsiyaning ‘AA’ modelida takrorlanadi. Bir bo‘g‘inli fe’l takrorlanib kelganda, uning ikkinchi (ya’ni ikkilanib keladigan) komponenti engil ohangda o‘qiladi. Masalan, 看 kàn “qaramoq” - 看看kànkan “qarab ko‘rmoq”, 听 ting “eshitmoq” - 听听 tīngting “eshitib ko‘rmoq”, 想 xiăng “o‘ylamoq” - 想想xiăngxiang “o‘ylab ko‘rmoq”. Agar fe’l uchinchi ohangga ega bo‘lsa, unda u takrorlanib kelganda uning birinchi bo‘g‘ini, odatda, ikkinchi ohangga aylanadi. Masalan;讲 jiăng “gapirmoq” – 讲讲 jiáng·jiang “gapirib bermoq”45.

Bir bo‘g‘inli fe’llarning ‘A – A’ reduplikativ modeli - Bir bo‘g‘inli fe’llarning reduplikativ shaklida ko‘p hollarda ularning komponentlari orasida, harakatning qisqa muddat ichida ro‘y berayotganini ko‘rsatuvchi 一 morfemasi qo‘llaniladi. Masalan, 看一看 kan yī kan “qarab ko‘rmoq”, 想一想 xiang yī xiang “o‘ylab ko‘rmoq”, 听一听 tīng yī ting “tinglab ko‘rmoq”. Fe’lning ushbu reduplikativ modeli ‘A – A’ ko‘rinishiga ega va ‘AA’ reduplikativ modelning sinonimi hisoblanadi. Ushbu model so‘zning yangi formasini hosil qilish uchun xizmat qiladi.

Bir bo‘g‘inli fe’llarning ‘A来A去’ (Alai Aqu) reduplikativ modeli - Bir bo‘g‘inli fe’l yo‘nalishni bildiruvchi qo‘shimcha so‘zlar (mazkur modeldagi 来 lai so‘zining ma’nosi “kelmoq”, 去qu so‘zining ma’nosi “bormoq”) bilan birga qo‘llanilgan holda takrorlana oladi. Bunda mazkur model bo‘yicha hosil bo‘lgan birlik xatti-harakatni takrorlangan holda, bir muncha uzoq muddat ichida sodir bo‘layotganligini bildiradi:

Mazkur modeldagi so‘z o‘zbek tiliga tarjima qilinayotganida xitoy tilidagi来 lai ko‘p hollarda o‘zbek tilidagi -dan affiksiga, 去qu so‘zi esa -ga affiksiga to‘g‘ri keladi:

在公园里我看见蝴蝶在花中飞来飞去,孩子们在旁边跑来跑去46



Zai gongyuan li wo kanjian hudie zai hua zhong feilai feiqu, haizimen zai pangbian paolai paoqu

“Bog‘da kapalaklarning guldan-gulga uchib-qo‘nganini, bolalarning esa u yoqdan-bu yoqqa yugurib yurganini ko‘rdim” ;

Ikki bo‘g‘inli fe’llarning ‘AVAV’ reduplikativ modeli - Ikki bo‘g‘inli fe’l takrorlanib kelganda, uning har bir komponenti takrorlanishi kerak, ya’ni AVAV ko‘rinishda (A, B – fe’lning ikkita bo‘g‘ini bo‘ladi). Bunda birinchi bo‘g‘in o‘z ohangiga ega va unga urg‘u berib o‘qiladi, uchinchi bo‘g‘in ham o‘z ohangiga ega bo‘ladi, ikkinchi va to‘rtinchi bo‘g‘inlar engil ohangda o‘qiladi47. Masalan, 讨论 taolun “muhokama”, “muhokama qilmoq” so‘zi – 讨论讨论 táolun táolun “muhokama qilib ko‘rmoq”, 研究 yánjiū “tekshiruv”, “tekshirmoq” - 研究研究 yánjiu yánjiu “tekshirib ko‘rmoq”.

Fe’llarning yasalishi haqida to’liq ma’lumotni ushbu ilmiy ishimning uchinchi bobida yanada ochib, misollar orqali tushuntirib berganman.




Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish