O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Download 221 Kb.
bet18/49
Sana31.10.2020
Hajmi221 Kb.
#50623
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
Bog'liq
xitoy tilida fellarning grammatik xususiyatlari

Modal fe’llar
表示可能,愿望,应该的动词叫做能愿动词。按照词义,我们可以把能愿动词分为以下几类。

Modal fe’llar harakatni sodir qilish imkoniyati, xohish, qobiliyat yoki muhtojlikni ifodalaydi. Gapda modal fe’lga deyarli har doim yana bitta fe’l qo’shilib, ular birgalikda kesimni hosil qilishadi. Modal fe’llar subyekt harakatining o’ziga bo’lgan munosabatini bildiradi: bu munosabat harakatni yakunlash imkoniyati, zaruriyati yoki xoxish-istagidir. Shuning uchun modal fe’llar gapda har doim boshqa bir fe’l bilan bog’lanib, u bilan birga yagona murakkab kesimni ifodalab keladi.

Asosiy fe’lsiz uning o’zi alohida mustaqil ravishda to’liq gaplarda kesim bo’lib kela olmaydi. Aynan mana shu modal fe’llarning boshqa fe’llardan ajratib turadigan muhim farqi hisoblanadi40. Demak, modal fe’llar boshqa fe’llar bilan birikib harakatning imkoniyatini, xohish istagini, zaruriyatini bildiradi. Modal fe’llar hech qachon hech qanaqa formalarda tuslanmaydi.



Modal fe’lli gaplarga savol gap ohirida qo’yilgan 吗 yordamida yoki alternativ savol yordamida berilishi mumkin. Alternativ savol ishlatilganida modal fe’l tasdiq va inkor shaklda takrorlanadi. Masalan 是不是 shaklida keladi. Misol uchun:

你想不想买这个东西? 



Nǐ xiǎng bù xiǎng mǎi zhè ge dōngxī? 

Sen bu narsani sotib olishni xohlaysanmi?

Xitoy tilida modal fe’llar zamonga qarab o'zgaruvchi shakllarga ega emas, ular takroriy shaklga ega emas va ulardan keyin hech qanday yordamchi ko’rsatgichlar qo’yilmaydi.41 Modal fe’llarga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin: 想,要,应该,会, 能, 可以,需要,愿意, 必需, 得  va boshqalar.

Modal fe’l fe’llarning orasida alohida ahamiyat kasb etadi. Rus xitoyshunosi S.Ye.Yaxontov o’zining “Xitoy tilida fe’l kategoriyalari ” (“Категория глагола в китайском языке”) nomli kitobida modal fe’llarga quyidagicha ta’rif bergandi : “Modal fe’llar subyektning harakatini harakatning o’ziga bo’lgan munosabatini bildiradi : bu harakatni yakunlashga imkoniyati, uning zaruriyati yoki xoxish-istagidir. Shuning uchun modal fe’llar gapda har doim boshqa bir fe’l bilan bog’lanib, u bilan birga yagona murakkab kesimni ifodalab keladi. Asosiy fe’lsiz uning o’zi alohida mustaqil ravishda to’liq gaplarda kesim bo’lib kela olmaydi. Aynan mana shu modal fe’llarning boshqa fe’llardan ajratib turadigan muhim farqi hisoblanadi.” Demak , modal fe’llar boshqa fe’llar bilan birikib harakatning imkoniyatini , xohish-istagini , zaruriyatini bildiradi.

Modal fe’llarning semantik turlari -Xitoy tilida modal fe’l deb ehtimollik, xohish-istak, burch ma’nosini ifodalovchi, egadan keyin kesimdan oldin keluvchi fe’llarga aytiladi. Semantik xususiyatlariga ko’ra ularni quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin.

1. Hatti-harakatni bajarish ehtimolligini, qobiliyatini ifodalovchi modal fe’llar:

能,能够,会

2. Ehtimollik va ruxsatni ifodalovchi modal fe’llar:

可以,可能

3. Zaruriyatni ifodalovchi modal fe’llar:

应该,应当,该,要,

4. Shart ma’nosini ifodalovchi modal fe’llar:

必须, 得

5. Xohish-istak ma’nosini ifodalovchi modal fe’llar:

要,想,愿意,敢,肯,

Modal fe’llarning grammatik xususiyatlari

Modal fe’llar asosiy fe’lning “yordamchilari” hisoblanib, gapda hatti-harakat, voqea hodisaning vujudga kelishi, sodir bo’lishi ehtimol-ligini, zarurligi kabi tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiladi.

1. Modal fe’llar doimo asosiy fe’ldan oldin keladi, bazida aniqlov-chidan oldin kelishi ham mumkin

Masalan: 我会游泳

2. Modal fe’lning inkor shakli “不”ning modal fe’lidan oldinga chiqarish orqali vujudga keltiriladi.

Masalan:他不愿意来。

3. Modal fe’lning tasdiq va inkorini ketma-ket qo’llash so’roq gapni hosil qiladi.

Masalan: 你能不能帮助我?

4. Hatti-harakatni davomiyligini yoki tugallanganligini ifodalash uchun modal fe’llarga “了”,”过”,”着” qo’shilmaydi

5. Modal fe’llar reduplikatsiyaga uchramaydi

6. Modal fe’llardan so’ng ot so’z turkumi ishlatilmaydi .




Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish