O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


II BOB. XITOY TILI GRAMMATIKASIDA FE’LLARNING MORFOLOGIK VA SINTAKSIS XUSUSIYATLARI



Download 221 Kb.
bet16/49
Sana31.10.2020
Hajmi221 Kb.
#50623
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49
Bog'liq
xitoy tilida fellarning grammatik xususiyatlari

II BOB. XITOY TILI GRAMMATIKASIDA FE’LLARNING MORFOLOGIK VA SINTAKSIS XUSUSIYATLARI
Xitoy tilshunosligi grammatikasida so’z turkumlari alohida o’rin tutadi. So’z turkumlari orasida esa fe’l so’z turkumining ahamiyati o’zgacha. Fe’l nafaqat keng qamrovli mavzu bo’libgina qolmay, uning rang-barang turlari ham o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Fe’l xitoy tilida eng asosiy so’z turkumi hisoblanib, gap bo’laklari orasidagi o’rni juda muhim.

Fe’l gapning asosiy mazmunini ochib berish funksiyasini bajaradi, u orqali gapda ish-harakatning qaysi paytda, qanday yakunlangani, kimga yo’nalganligi kabi ma’nolari aks ettiriladi. Shunday ekan, fe’l so’z turkumini o’rganish qanchalik murakkab bo’lmasin, ammo uning o’ziga xos taraflarini o’rganish dolzarbligicha qolaveradi.

Fe’lga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Fe’l-bu biror predmetning harakat va holatini ifodalovchi gap bo’lagi bo’lib, shu bilan birga xitoy tilida harakatning maqsadi va shakl shamoyilini ham ifodalab kelishi mumkin.38 Ba’zan esa fe’l predmetning belgisini ham bildirib keladi. Odatda fe’l predmetning harakati va holatini aniqlab kelib, gapda kesim vazifasini bajaradi, harakatning maqsadi va shakl-shamoyilini aniqlab kelganda esa gapda hol vazifasini, predmetning belgisini bildirib kelsa, gapda aniqlovchi funksiyasini bajaradi.

Xitoy tilida gapda qanday fe’l qo’llanilayotganiga qarab gapning ma’nosi o’zgaraveradi. Undan tashqari xitoy tilida to’liq ma’noli fe’llar va yordamchi fe’llar ham mavjud.

To’liq ma’noli fe’llar gapda bemalol fe’l vazifasini bajaradilar agar murrakkab kesimda kelsa unda uning asosi bo’lib keladi. To’liq ma’noli fe’llar ham ikkiga bo’linadi: natijali fe’llar va natijasiz fe’llar.

Natijasiz fe’llar–ish harakatini yoki predmetning ahvolini bildirib natijasida qo’shimcha ma’no bermaydi.

Natijali fe’llar – natijasiz fe’llarning teskarisi bo’lib ular ish-harakatini yoki predmetning ahvolini bildirib qo’shimcha ma’no beradi. Ular murakkab holda keladi masalan ikki ieroglifdan ya’ni ikki fe’ldan tashkil topgan bo’lsa birinchi fe’l aniq ma’nosini bildirib ikkinchi fe’l esa uning natijasini ko’rsatadi yoki qo’shimcha ma’no beradi. Bunga misol qilib 做完 zuowan - ishni qilib bo’lish, 写好xiehao – yozib tugatish keltirishimiz mumkin.

Xitoy tilida fe’llarning ikki turi ajratib ko’rsatiladi – statik (holatni ko’rsatuvchi) va dinamik (harakatni ko’rsatuvchi). Qanday fe’l ishlatilganligiga qarab gap o’zgaradi. Xitoy tilida fe’llar tuslanmaydi. Turli shaxs va zamonlar uchun fe’lning bir hil shakli ishlatiladi. Fe’llar son va jinsga qarab o’zgarmaydi, tuslanmaydi. Fe’llarning uchta zamonda ishlatilganda ham katta o’zgarish bo’lmaydi. Masalan hozirgi zamonda gapda hechqanday qo’shimchalar qo’shilmaydi yoki 着 (zhe)ni qo’shgan holda ish-harakatini uzoqroq vaqtga cho’zilayotganini bildirish mumkin. Masalan: 他们说话yoki 他们说着话。Ular suhbatlashishyapti.

Agar fe’l qatnashgan gap o’tgan zamonda kelsa uning strukturasi ozgina o’zgarishi mumkin. O’tgan zamonni ifodalashning eng oson yo’li bu “kecha” kabi ravishlarning ishlatilishidir. Masalan:

昨天我吃鸡 zuótiān wǒ chī jī

Gapini so’zma-so’z “Kecha men yemoq tovuq” deb tarjima qilish mumkin, ammo albatta bu o’zbek tilida juda qo’pol va grammatik hato bo’ladi, agar gapni “Men kecha tovuq yedim” deb tarjima qilinsa to’gri bo’ladi. O’tgan zamonni ifodalashning yana bir usuli fe’ldan keyin kelib, harakatning yakunlanganligini bildiruvchi过 guò yoki 了 le yuklamalarining ishlatilishidir. O’tan zamoni inkor shaklida 没 mei so’zi ishlatiladi. Masalan: 我没说。

Kelasi zamonda hechqanay o’zgarish bo’lmaydi. Bazi hollarda 要 yao va 就 jiu konstruksiylarini ishlatib ham aks ettirish mumkin. Masalan:

我要说- men aytmoqchiman yoki men aytishim kerak.

我就说-men hoziroq aytaman.

Xitoy tilida fe’llar to’rt katta guruhlarga ajratiladi, ular: bog’lovchi, modal, kuazativ va standart fe’llardir.


Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish