O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Ta’lim Vazirligi



Download 44,55 Kb.
Sana12.12.2019
Hajmi44,55 Kb.
#29788
Bog'liq
elekbiz kitob




O’zbekiston Respublikasi

Oliy va O’rta Ta’lim Vazirligi

Toshkent Davlat

Iqtisodiyot Universiteti
















Oraliq nazorat ishi

Mavzu: Turizmda electron biznesni rivojlantirish muammolari va ularni hal etish yo`llari. Fan:”Turizmda electron biznes”




Bajardi:TU-76 guruh talabalari Akbarova Risolat Xasanova Shaxnoza Marifjonova Dilorom Qo`chqoraliyeva Shahzoda

Abrarova Iroda









Reja:


  • I. Kirish.

  • II. Asosiy qism:

  • 1. Elektron tijoratning turizmdagi ahamiyati.

  • 2. Turizmda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari.

  • 3. Elektron tijoratni rivojlantirishdagi muammolar.

  • 4. Elektron biznesni rivojlantirish uchun takliflar (xal etish yo'llari).

  • III. Xulosa.

  • Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

O‘zbekiston Respublikasi

Birinchi Prezidenti I.A. Karimov

“Jahon sivilizatsiyasiga daxldor bo‘lgan eng zamonaviy ilmlarni egallamay turib, mamlakat taraqqiyotini ta’minlash qiyin”.

Elektron tijorat – bu tijorat aloqalarining bir turi bo‘lib, sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi shartnomalar hamda xizmatlar Internet orqali amalga oshiriladi.

“Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir”.

O‘zbekiston Respublikasi “Elektron tijorat to‘g‘risida” gi Qonunining (613-II son 29 aprel 2004 yilda qabul qilingan va 2015-yil 9-dekabr №O‘zRQ-395 o‘zgarishlar bilan qabul qilindi) 3-modda.

1.Elektron tijoratning turizmdagi ahamiyati.

Elektron tijoratning an’anaviy savdo turidan quyidagi harakterli xususiyatlari bilan farqlanadi:

- xaridor o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega;

- savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjud;

- ko‘p sonli xaridorlarning bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga murojaat qila olishi. Bu ko‘p sonli xaridorlarning aloqa vositalari yordamida sotuvchilar bilan muloqotda bo‘lish imkoniyati;

- kerakli mahsulotlarni tezlikda izlab topish va shu mahsulotlari bor firmalarga murojaat qilishda texnika va transport vositalaridan samarali foydalanish, mahsulotlarni bir joyga yig‘ish va ularni sotib olishda aniq manzillarga murojaat qilish. Ortiqcha vaqt va harajatlarni kamaytiradi;

- xaridorning yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;

- hozirgi kunda chiqqan jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati;

- elektron tijorat sotuvchining mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) sotish jarayonidagi imkoniyatini yanada kengaytiradi va yangilaydi. Endi sotuvchi mahsulotlarini sotish jarayonini tezlashtirishi, yangi va sifatli mahsulotlarni muntazam almashtirishi, mahsulotlarning aylanma harakatini tezlashtirishi kerak bo‘ladi.

Elektron tijorat turlari:

· Ikki firma o‘rtasidagi elektron tijorat (Biznes – Biznes, business-to-business, B2B).

· Firma va mijoz o‘rtasidagi elektron tijorat (Biznes – Mijoz, business-to-consumer, B2C).

· Firma va Hukumat o‘rtasidagi elektron tijorat (Biznes – Hukumat, business-to-administration, B2G, ko‘p tarqalmagan).

· Mijoz va Hukumat o‘rtasidagi elektron tijorat (Mijoz – Hukumat, consumer-to-administration. C2G, endi rivojlanmoqda).

· Mijoz va mijoz o‘rtasidagi elektron tijorat (Mijoz – Mijoz, consumer-to- consumer. C2C)

Turizm sohasida tuziladigan shartnomalarning 60 foizidan ortig‘i Internet yordamida amalga oshiriladi. Boshqa sohalarga nisbatan bu ikki barobar ko‘pdir.

Global bronlash tizimlari Amadeus, Galileo, Wordspan va boshqalar ham Internet orqali xizmat ko‘rsatadi.

Shu bois, Internet va e-commerce turistik kompaniyalar tomonidan barcha biznes jarayonlarda foydalanib kelinmoqda, masalan, axborot qidiruvlarida, mijozlarni jalb qilishdan boshlab, turmahsulotni shakllantirishgacha

o‘rta va kichik turistik kompaniyalarda elektron tijoratlarni qo‘llashda paydo bo‘ladigan to‘sqinliklar

2. Turizmda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari.

Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoiti jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha jabhalariga axborotlashtirish sohasida erishilgan eng so‘nggi yutuqlarni tatbiq etish sur’atlarini g‘oyatda tezlashtirib yuboradi. Axborotlashtirish kishilik jamiyatining barcha sohalariga kirib bormoqda. Yaqin yillarda iqtisodchining ish joyini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin bo‘ladi va bu universal texnikaning imkoniyatlaridan mutaxassislar to‘liq darajada foydalanishlari kerak. Kompyuterda ishlashni bilish hozirdanoq iqtisodchilarni ishga qabul qilishdagi talablardan biri ekanligi tasodifiy hol emas. To‘g‘ri, hozircha faqat juda oddiy “elektron ofis”ning dasturiy ta’minlanishini bilish talab qilinadi, ammo talablar borgan sari ortmoqda, chunki kompyuter istalgan sohadagi mutaxassislarning asosiy qurolidir. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari bevosita turizm sohasidagi mutaxassisga mavjud barcha jarayonlarni boshqarishda samarali foydalanish imkonini beradi. Zamonaviy axborot texnologiyalari tezkor va muvofiq ravishda boshqarish axborot kommunikatsiyalarini o‘rnatishga imkon beradi.

Insonning axborot ishlab chiqishi bo‘yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish – axborotlashtirish sanoatini jadal rivojlantirishni talab etuvchi eng muhim texnik iqtisodiy vazifadir. Bunda yangi, ham ilmiy adabiyotlarda mustahkam joylashib ulgurmagan tushunchalar – “axborotlashgan iqtisodiyot”, “axborotlashgan resurslar”, “axborotlar tizimini boshqarish” va hokazo yuzaga keldi.

Jahon tamaddunlariga guvoh, me’moriy obidalari, qadamjolari, betakror tabiati, buyuk qadriyatlar va an’analari bilan sayyohlar e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelgan yurtimizda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqa. Mazkur jarayonda yuksak madaniyatimiz, go‘zal va obod go‘shalarimiz, yurtimiz nomini dunyoga tanitishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilayotgani ahamiyatlidir.

Bugun har bir sayyoh o‘zi yo‘l olgan mamlakatga borishdan avval internet orqali u diyorning o‘ziga xosliklari to‘g‘risida qiziqib ko‘radi, ya’ni u mamlakatga avvalo “on-line sayohat” uyushtiradi. Multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda, “UZ” Milliy hududida tashkil etilgan veb-saytlar yurtimizni buguni va o‘tmishi, qadimiy obidalari hamda an’analari to‘g‘risida ma’lumotlar bilan birga, rang-barang suratlar, 3D tasvirlar orqali yorqin tasavvurga ega bo‘lishlariga yordam beradi. Saytlarda tarixiy obidalarning 3D shaklidagi panoramalari, muzey, restoran hamda mehmonxonalar to‘g‘risida ma’lumotlar, diqqatga sazovor joylarning suratlari, xarita va yo‘nalishlari, sayohatni tashkil qilish to‘g‘risida ma’lumot va foydali manbalarning elektron manzillari o‘rin olgan.

Sayyohlarga axborot kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasining muhim bo‘g‘ini hisoblangan internet tizimidan samarali foydalanish imkonini yaratish maqsadida “Uzbektelekom” kompaniyasi tomonidan xalqaro aeroportlarida, temiryo‘l vokzallarida, hududlardagi tarixiy majmualarda Wi-Fi hududlarini tashkil qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

3. Elektron tijoratni rivojlantirishdagi muammolar.

O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish bilan bir qatorda bu sohaning takomillashishiga to’sqinlik qilayotgan bir qancha muammolar ham mavjud.

1. Zarur infrastrukturaning hali ham yetarli darajada takomillashgmagani.

- internetning global tarmog’i bilan to’gridan-to’g’ri bog’langan provayderlar soni cheklangan miqdorda va buning natijasida internet mijozlarga provayder o’rtasida biridan ikkinchisiga tashish orqali yetkazilmoqda, ma’lumki bunday holat xizmat ko’rsatishning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

- viloyatlarda ko’rsatilayotgan internet xizmatining sifat ko’rsatkichlari poytaxtdagi holat bilan solishtirganda sezilarli darajada yomon. Ajratilgan ulanish (ADCL modem) uchun yetarli shart-sharoitning yaratilmaganligi natijasida mijozlar to’gridan to’g’ri qo’ng’iroq qilish orqali (Dial-up) ulanishdan foydalanishadi. Bu o’z navbatida xizmat sifatining yetarli darajada bo’lmasligiga olib keladi.

2. Internet foydalanuvchilarining miqdori shunday darajadaki, bu holat elektron tijorat bilan shug’ullanish uchun zarur bo’lgan yirik bozor yaratish imkonini bermaydi (O’zbekiston bo’yicha internet foydalanuvchilarining soni 2,5 mln. dan ortiq 4). To’gri oxirgi yillarda bu sohada bir qancha ijobiy natijalarga erishilmoqda, lekin bu faqatgina ma’lum bir hududlarda (asosan poytaxt va ba’zi bir viloyat markazlar) o’smoqda. Ko’pchilik viloyatlarda bunday holat haligacha muammoligicha qolmoqda. Ma’lumki, yetarlicha hajmdagi bozorga ega bo’lmasdan turib elektron tijorat faoliyatini yuritish ixtiyoriy tadbirkor uchun zarardir.

3. Jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlaridan on-line to’lovni amalga oshirishni ta’minlaydigan ishonchli tizimning rivojlanmaganligi.

Banklarimiz tomonidan chiqarilayotgan plastik kartochkalardan faqatgina maxsus terminallardan foydalanib to’lovni amalga oshirishimiz mumkin, xalqaro tajribada esa plastik kartochkalar yordamida, to’lovni qabul qilish uchun o’rnatilgan maxsus modullar orqali, to’g’ridan to’g’ri on-line do’konlarda to’lovni amalga oshirish mumkin.

4. O’zbekistonda jismoniy shaxslar uchun on-line banking xizmati keng tarqalmadi. On-line banking bank mijozlari uchun internet tarmog’ida yoki mobil aloqa yordamida o’z hisoblarini boshqarish va to’lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bir necha banklar tomonidan taklif etilayotgan SMS-banking bir tomonlama bo’lib, faqatgina hisob va operatsiyalar tarixi haqida ma’lumot olish uchun mo’ljallangan. Bu holat elektron tijoratning rivojlanishiga eng katta to’siq bo’layotgan muammolardan biridir.

4. Elektron biznesni rivojlantirish uchun takliflar va hal etish yo'llari.

Yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilishda asosiy e’tibor beriladigan yo’nalishlar sifatida quyidagilarni taklif qilamiz:

- Elektron tijorat sohasida ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish zarur. Ilmiy ishlar, maqolalar yozish, maxsuslashtirilgan internet-resurlar yaratish, doimiy forum va konferensiyalar tashkil etish, kadrlar tayorlashda elektron tijoratning nafaqat texnik, balki iqtisodiy va huquqiy xususiyatlarini ham inobatga olish, eng asosiy muammolardan biri – malakali kadrlar yetishmovchiligini, oldini oladi.

- Telekommunikatsion xizmatlarni ko’rsatish sohasida raqobatni rivojlantirish. Bu xizmat sifatining oshishiga, narxlar darajasining tushishiga va elektron tijorat uchun ma’lum internet-auditoriyalarining yaratilishiga olib keladi.

- AKT sohasiga investitsiyalarni kiritish uchun qulay huquqiy sharoitning ko’rsatilgan tartibda doimiy mavjud bo’lishini ta’minlash.

O’z-o’zini boshqarish va tajriba almashish tizimlarini yaratish

- Elektron tizimi bo’yicha ta’lim tizimini rivojlantirish

- Axborot texnologiyalarining butun O’zbekiston bo’ylab keng tarqalishini ta’minlash. Nafaqat viloyat markazlarida, balki chekka qishloqlarda ham axborot texnologiyalarining joriy qilinishi elektron tijorat hajmining sezilarli darajada oshishiga olib keladi.

- On-line banking tizimini butun respublika bo’ylab samarali joriy qilish. Bu ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanayotgan tadbirkorlar uchun o’z tovar va xizmatlari bilan internet tarmog’i orqali erkin savdo qilish imkoniyatini oshiradi. Shu bilan birga bu bank sohasining boshqa yo’nalishlari bo’yicha ham sezilarli o’zgarishlarga olib keladi.

Xulosa

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, O’zbekiston o’zining yuqori darajali intellektual imkoniyatlari bilan axborot texnologiyalari tamaddunining qirg’og’ida qolib ketmasligi zarur.



Elektron tijoratni rivojlantirish jamiyatimiz uchun qanday natijalar beradi?

•Elektron tijoratning rivojlanishi O’zbeksiton mehnat bozori strukturasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish o’rinlarini yaratadi.

•O’zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashishi, tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligi kuchayishi va elektron tijorat rivojlanishining bir paytda sodir bo’lishi eksport imkoniyatlarimizning oshishiga olib keladi.

•Elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishini, marketing, menejment kabi sohalarning rivojlanishini ta’minlaydi.

Shunday qilib, O’zbekistonda elektron tijoratning rivojlanishi milliy ishlab chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar topish imkoniyatlarini yaratadi. Elektron tijoratni rivojlantirish bo’yicha tanlangan va amaldagi yo’ldan to’g’ri borish, kelajakda O’zbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi. O’zbekistonda elektron tijorat bo’yicha mavjud muammolarni hal qilishning to’g’ri yo’li tanlanganligi xalq farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda o’z aksini topadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.http://www.freedomhouse.org/research/freeworld/2001/growth.htm

2. Abduvaxidov A.M., Zaynalov N.R., Amriddinova R.S., Jalolov O.I., Jomonqulova F.E., Norov A.M., Sirliboyev V.X. Mehmonxonalarda axborot-kommunikatsion tizimlar. O‘quv qo‘llanma – Samarqand, SamISI, 2017, 402 b.

3. The Economist, November 8th-14th 2008, “How to control E-commerce”, p. 23-24.

4. Отчет об анализе выполнения решений всемирной встречи на высшем уровне по вопросам информационного общества, 2008 Подготовлено совместно Узбекским Агентством связи и информатизации (УзАСИ) иПроектом ПРООН «Политика ИКТ» (ICTP), 8-B.



5. «Экономическое обозрение», 14 ноябрь 2009. «Новая вершина узбекского Интернета», 18-Б.
Download 44,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish