Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish yo’nalishlari
Raqamli iqtisodiyotni tashkil qilishga ikkita bir-biriga qarama-qarshi yondashuvni ajratib ko‘rsatish mumkin: rejali iqtisodiyot va bozor iqtisodiyoti. Real hayotda amalga oshiriladigan barcha strategiyalar bu ikki yondashuvning kombinatsiyasi hisoblanadi. Ushbu nomlar tanlab olinganligi bejiz emas, xuddi shu tariqa ular reja iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq tasavvurlar uyg‘otishi ham bejiz emas. Raqamli iqtisodiyot tashkil qilishga bozor yondashuvida ko‘zda tutiladiki, davlat optimal sharoitlar, birinchi navbatda, raqamli iqtisodiyot shakllanishi uchun qulay muhit yaratadi va bu bilan biznesning yangi sektorga o‘tishini rag‘batlantiradi. Optimal sharoitlar normativ-huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy xarakterdagi o‘zaro bog‘liq chora-tadbirlar majmuini va texnologik baza mavjudligini ko‘zda tutadi.
Raqamli iqtisodiyotning ijobiy samarasi sezilarli darajada uning ko‘lamiga bog‘liq ekanligi sababli, ushbu yondashuvni amalga oshirish uchun yetarli miqdordagi mustaqil iqtisodiyot sub’ektlari – xususiy biznes sub’ektlari mavjudligi zaruriy shart hisoblanadi.
Yangi muhitga tushib qolgach, xususiy biznes davlat rivojlanish institutlari bilan hamkorlikda raqamli iqtisodiyot muhitining yanada rivojlanishini rag‘batlantiradi. Umumiy huquqiy maydonda ko‘plab o‘sish nuqtalari shakllanib, ularning har biri mos keluvchi sanoat yoki kompaniya manfaatlariga
javob beradigan o‘ziga xoslikdan iborat bo‘ladi. Asta-sekinlik bilan kengayar
ekan, o‘sish nuqtalari raqamli iqtisodiyotni barcha faoliyat sohalarida amalga oshirgan holda bor makonlarni to‘ldiradigan “mozaika gilami”ni hosil qiladi va bu mazkur yondashuvning asosiy ustunlgi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini ijro etish borasida, shuningdek, respublikamizda raqamli iqtisodiyotni, davlat boshqaruv tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarini jadal rivojlantirish bo‘yicha sharoitlar yaratish, shuningdek, axborot havfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 31 avgustda raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan «O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 4 qaror qabul qildi.
Raqamli iqtisodiyotni tashkil qilishga reja asosidagi yondashuv davlat rahbarligi ko’rsatmalari asosida raqamli infratuzilmaning bosqichma-bosqich rivojlanishni
va mos keluvchi sektorlarni turli iqtisodiyot sub’ektlari bilan maqsadli yo‘naltirilgan tarzda “to‘ldirish”ni nazarda tutadi. Bunda raqamli iqtisodiyot faoliyat ko‘rsatishi uchun texnologik bazis va infratuzilma shakllantirish xususiy biznesning (birinchi navbatda, kichik va o‘rta biznesning) rivojlanishiga hizmat qiladigan sharoitlar yaratish bilan bir vaqtda (yoki undan oldin) ro‘y beradi. Rejali yondashuv doirasida texnologik bazis tor yo‘nalishda, reja asosidagi raqamli iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq rivojlanadi. Qolgan texnologiyalar yoki sust rivojlangan bo‘ladi yoki import qilinadi. Ikkinchi yondashuvning asosiy ustunligi yaratilayotgan infratuzilma bazasining universalligi va tezkorligi hisoblanadi.
Hulosa
Davlatimizning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlari information texnologiyalar va elektron hujjat aylanishi sohasida bir qancha yangi samarali yo’nalishlar hosil bo’lishiga olib keladi. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga asosiy turtkilardan biri bo’lib, jahon miqyosidagi internet tizimining barqaror ishlashi va sifatli aloqaning mavjudligi sabab bo’ldi. Bu imkoniyatlar natijasida katta hajmdagi ma’lumotlarni almashinishni amalga oshirilishi hamda ularni saqlash va qayta ishlash mumkin bo’ldi. Bu esa o’z navbatida aniqroq bashorat qilish, asoslangan yechimlar qabul qilish hamda hisoblash imkoniyatlaridan unimli foydalanishga yo’l ochadi. Bunday ishlarni amalga oshirish uchun esa global information platformalar ko’rinishidagi infratuzilma talab etiladi, albatta. Ammo bunda bir qancha tavakkalchiliklarga duch kelish ehtimoli vujudga keladi, shu jumladan, ma’lumotlarni yo’qotish ehtimolligi, biznesni yoqotib qo’yish ehtimolligi, ish joylarining kamayib ketishi, havfsizlikka putur yetishi va modernizatsiya qilish zaruriyati. Bu muammolarni iloji boricha tez hal qilish kerak bo’ladi, aks holda kechikich, katta zararlarga olib kelishi mumkin. Chunki boshqa rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyot faol ravishda va tezkorlik bilan elektron ko’rinishga o’tkazilmoqda. Iqtisodiyotni raqamlashtirishda quyidagi savollarga alohida ahamiyat berish kerak bo’ladi:
Iqtisodiyotni raqamlashtirsh qanday natijalarga olib keladi?
Bunday yangi sharoitlarda harakat dasturi qanday bo’lishi lozim?
Iqtisodiyotni raqamlashtirishda nimalarga asosiy diqqat-e’tiborni qaratish kerak?
Kelajak nuqtai-nazaridan raqamli iqtisodiyotni qanday tasavvur qilish mumkin? Fikrimizcha, bu ob’ektiv jayon bo’lib, uni to’xtatib turishga bizda imkon yo’q. Ammo har qanday rivojlanayotgan jarayon singari, unda ham ijobiy hamda salbiy tomonlar mavjud. Eng birinchi navbatda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish va qo’l mehnatini texnologiyalar bilna almashtirilishi hisobiga ish o’rinlari ancha miqdorga kamayadi. Ijobiy tomonlar esa qulaylikning vujudga kelishi, ishlab chiqarish unumdorligining oshishi, oldin hayolga ham kelmagan yangi imkoniyatlarning paydo bo’lishidir. Ammo asosiy muammo bunda ham emas, muammo inson bilan bog’liq – inson ham bunday global o’zgarishlarga tayyormi? Ilg’or texnologiyalar katta siyosiy g’alayonlar, to’qnashuvlar, misli ko’rilmagan tabaqalanishlar, millatchilik, tushunmovchiliklar va inqiloblarga olib kelmaydimi? Robotlar va sun’iy intellect tizimlari insonlar o’rnini egallab olib, ularning raqobatchilariga aylanmaydimi? Chunki raqamli transformatsiya insoniyat evolyutsiyasining yana bir bosqichidir. Agar tarixga nazar solsak, bunday o’zgarishlar ko’p martalab sodir bo’lgan. Yangi texnologiyalar hosil bo’lib, ular odatiy mutaxassisliklarning o’rning egallaganlar. Ammo bularning natijasida insonlar ko’pchilik xollarda manfaat ko’rganlar holos.
Moslasha olmaydiganlar uchungina bunday jarayonlar yomon bo’lib chiqqan, albatta. Lekin, ko’pchilik insonlar moslasha oladilar va buning natijasidan insoniyat hayoti yanada farovon va yanada yaxshi bo’lib boraveradi. Endi yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, hulosa sifatida kriptovalyutalar bilan bog’liq bir qancha taklif va mulohazalarni yoritib o’tamiz. Pullarni har kim va har kuni ishlatishiga qaramay, pul nima o’zi? - degan savolga ko’pchilik insonlar to’g’ri javob bera olmaydilar. ko’pchilik insonlar qandaydir intuitiv ravishda tushunadi va bu ularning pullar bilan bemalol foydalanishlariga unchalik xalaqit bermaydi.
Blokcheyndan foydalanishning yana bir imkoniyati sifatida World Wi-Fi platformasi yordamida aholi uchun internetdan tekin foydalanish imkonyatini yaratishni ko’rsatishimiz ham mumkin. Bu platforma “Efir” (Ethereum) kriptovalyutasi blokcheyniga asoslangan. World Wi-Fi platformasida uch tomon bo’ladi: internet foydalanuvchisi, router egasi va reklama beruvchi. Ularning har qaysisi ham tizimdan o’z foydasi ulushini oladi. Uyida router bor bo’lgan va internetga ulangan oddiy insonlarni tekin Wi-Fi o’ziga jalb qila oladi, chunki ular internetga qo’shimcha ulanish nuqtasini hosil qilib, unga boshqalarni jalb qiladilar va shu orqali pul ishlay oladilar.
Foidalanilgan Adabiyotlar
1.R.H. Ayupov, G.R. Boltaboeva. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. T.: ТМI, 2020.
2.Toshkent: TMI, “Iqtisod-Moliya” nashriyoti, 2019
3.G‘.M. PORSAEV, B.SH. SAFAROV,
D.Q. USMANOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |