Muammoning o‘rganilganlik darajasi Orol va Orolbo‘yi muammosi vujudga kelgandan keyin bu hudud turli yo‘nalishdagi tadqiqot ob’ektiga aylandi. Bu hududning u yoki bu tabiiy xususiyatlarini yoritishga qaratilgan juda ko‘p ilmiy ishlar bajarildi. Xususan, Orol dengizinig qurigan tubi geologiyasi B.I.Pinxasov (2002, 2006, 2009), tuproqlarining shaklanish masalalari T.F.Nekrasov (1999), B.Jolibekov (1991, 19995, 2002) va boshqalarning tadqiqotlari orqali yoritilgan bo‘lsa, o‘simlik qoplamining holatini o‘rganish bilan L.YA.Kurichkia (1984), S.Q.Qabulov (1985), J.Jolg‘asboev (1995), T.Rahimova (2008) va boshqalar shug‘ullandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |