2.10.Pitra bilan urib puxtalash usuli
Pitra bilan urib puxtalash usuli [1] ishlov berayotgan muhitlarning kinetik
energialaridan foydalanishga asoslangan, bu muhitlar ishlanayotgan yuzalariga
siqilgan havo, bosim ostidagi suyuqlik, pitra otadigan apparatlarning aylanayotgan
kurrakchalar yordamida yetkazilishi mumkin. Pitra bilan urib puxtalash usuli
murakkab shaklli detallarga ishlov berish va mahalliy puxtalash uchun qo‟llaniladi.
Ishlov berayotgan muhit sifatida diametri 0,8…1,2 mmli ДСЛ markali
po‟latdan tayyorlangan quyma pitradan, diametri 0,8…3,0 mmli ШХ15 markali
po‟lat zoldirlardan, diametri 50…5000 mkmli po‟lat mikrozoldirchalardan
foydalaniladi. Hozirgi kunda eng samarali usul – bu mikrozoldirchalar bilan
puxtalash, bu usul mayda rezbalar, kichik ariqchalar, o‟tish radiuslarga ishlov
berishga imkon beradi. Mikrozoldirchalar bilan puxtalash pitra va po‟lat zoldirlar
61
bilan puxtalashga qaraganda ishlangan yuzaning kichikroq g‟adir-budurligini
ta‟minlaydi.
Masalan, samolyotlarning konstruktsiyalarida ВТ6Ч, В95, 1163АТ markali
qotishmalardan tayyorlangan yirik, murakkab shaklli, katta, ishorasi o‟zgaruvchan
yuklanishlarda ishlaydigan detallar qo‟llaniladi. Bunday detallarni ishlab chiqish
mexanik ishlov berish murakkabligi va ichki zo‟riqishlar yig‟ilgan joylari ko‟pligi
bilan ajralib turadi. Texnologik va konstruktiv zo‟riqishlar yig‟indisi detallarning
mustahkamlik xossalariga salbiy ta‟sir qilishi mumkin. Shuning uchun, sanoat
korhonalarning eng muhim vazifasi ishonchliligi yetarli bo‟lgan va uzoq muddat
ishlaydigan detallarni ishlab chiqarishdan iboratdir.
Yirik o‟lchamli detallarning sirti juda ko‟p qovurg‟alardan tashkil topgan
bo‟lishi mumkin, shuning uchun, bunday detallarning kerakli yuzalariga
ajratadigan tekisliklar bo‟lmasa, puxtalovchi asbob bilan yetish va puxtalash ancha
qiyin.
Yirik o‟lchamli detallarni puxtalashda asosiy qiyinchilik ularning katta
o‟lchamlari bilan bog‟liq. Puxtalash usulini tanlash yuzalarning shakliga, iqtisodiy
va texnologik nuqtai nazardan ma‟qulligiga bog‟liq. Jarayonning samaradorligidan
tashqari tanlash mezonlariga minimal metal sarfi va texnologik jarayonlarning
mukammalligi, ishlatiladigan moslamalarning oddiyligi va oson boshqa detallarga
rostlanishi, ishlov berish rejimlarni qulay o‟zgartirish imkoniyati tegishlidir.
Pitra bilan urib puxtalash usuli boshqa usullarga qaraganda quyidagi
afzalliklarga ega: belgilangan natijalarga ko‟ra jarayonni oson boshqarish
imkoniyati; asosiy operatsiyalarning mexanizatsiyasini va abtomatizatsiyani
ta‟minlanganligi; yuqori samaradorligi.
Detallarning konstruktiv xususiyatlaridan kelib chiqqan holda puxtalovchi
texnologiyalar ishlab chiqilgan. Sxemalarning mukamalligi maksimal ish unumini
yo‟qotmasdan sirt qatlamning kerakli sifatini ta‟minlaydigan puxtalovchi blokdagi
purkash moslamalarni joylashganligi va konstruktiv yechimini oddiyligi bilan
baholanadi.
2.11rasm. Yassi yuzalarni puxtalash sxemasi.
62
Yassi yuzalarga ishlov berilganda eng ma‟qul sxema – bu yopiq kamerali
sxema (2.11 rasm). Kamerani ichida ish davomida 100…500 mm/min tezlik bilan
harakatlanadigan ejektorlar bilan jihozlangan puxtalovchi blok joylashgan. Bu
harakatdan tashqari kamera ishlanayotgan yuzaga nisbatan boylama va ko‟ndalang
harakatlanish hamda gorizontal o‟q atrofida aylanish imkoniyatiga ega
Ishlov berish yopiq sikl bo‟yicha amalga oshadi. Ejektsion apparat „4‟ga
siqilgan havo berilganda ishchi muhit „2‟ ni zarrachalari ma‟lum tezlikgacha
tezlashadi va ishlanayotgan yuza „1‟ni bombardimon qiladi, keyin ular kamera „3‟
ni tagiga to‟planadi va yana ejektorlarga yuboriladi.Siqilgan havo kamera
devorlaridagi tirqishlardan chiqib ketadi. Ishchi muhit zarrachalar tashqariga chiqib
ketmasligi uchun ishlanayotgan yuza va kamera orasida nisbiy germetiklik
ta‟minlanadi.
Bikrlik qovurg‟ali yuzalarni puxtalash uchun ikkita bir-biridan ishlov
berish jarayonni mexanizatsiyalash vositalar bilan farq qiladigan sxema ishlab
chiqilgan. Sxemaning bittasi 2.12 rasmda keltirilgan. Ishlov berilayotgan detal „3‟
ni yuzalariga nisbatan bo‟ylama va ko‟ndalang harakatlanayotgan arava „2‟ ni
ustida puxtalovchi bloklar „1‟ joylashgan.
Blok tarkibiga kirgan ejektorlar ishlanayotgan yuzaga nisbatan ma‟lum
burchak va ma‟lum masofada joylashgan. Ular detal bo‟lab bir o‟tishda
ishlanayotgan yuzaga ishlov beradi.
Ishchi muhit sifatida tajribalrda asosan qattiqligi yetarli va yaxshi plastik
xossalarga ega bo‟lgan diametri 0,8…1,2 mmli ДСЛ turdagi quyma po‟lat pitra
ishlatiladi. Tajriba o‟tkazish jarayonida puxtalanish jadalligini taqqoslash uchun
diametri 1,5…2 mmli ШХ markali po‟latdan tayyorlangan zoldirlarni qo‟llash
mumkin. Zoldirlar bilan urib puxtalash jarayonida namunalarni egilishi po‟lat pitra
bilan urganga qaraganda 13…16% ga katta bo‟ladi. Ishlab chiqarishda ishchi muhit
sifatida yuqori mustahkamlikka ega bo‟lgan kalibrlangan po‟lat zoldirlarni qo‟llash
maqsadga muvofiqdir.
2.12 rasm. Bikrlik qovurg‟ali detalni puxtalash sxemasi
To‟yinish davri, yani namuna-guvohlarning egilishi deyarli o‟zgarmay
qolgancha o‟tgan vaqt ochiq yuzalar uchun bosim
р
= 0.35…0,45 MPa da 35…40
63
soniyni,
р
= 0,25…0,35 MPa da 45…60 soniyani tashkil qiladi. To‟yinish
nuqtasida butun ishlangan yuza (ishchi muhit zarrachalarining izlari qolgan yuza)
90…95% ni tashkil qiladi. Konus naychadandan ishlanayotgan yuzagacha masofa
„Ɩ‟ (Ɩ=100…250 mm) to‟yinish davriga deyarli ta‟sir qilmaydi.
Tanlangan ejector turi uchun „Ɩ „ ni oshishi bilan vaqt birligi ichida
ishlangan sirt maydoni kengayadi. Ɩ = 100…150 mm bo‟lganda puxtalanish
jadalligi o‟zgarmaydi, lekin u keskin tushib ketadi „Ɩ „ masofa oshib borsa (2.13
rasm). Shuning uchun zarrachalar chiqib kelayotgan tekislikdan ishlanayotgan
yuzagacha masofa 150 mm dan oshmasligi kerak.
Bu detallarni sifatini belgilovchi asosiy parametr. Bosim oshishi bilan
deformatsiya jadalligi oshadi (2.14 rasm).
Yarim yopiq yuzalar puxtalanganda soplalar ishlov berilayotgan yuzalarga
aniq burchak ostida o‟rnatiladi, ichku ustunlarga ishlov berilganda ishchi muhitni
yo‟nalishini o‟zgartirish uchun maxsus moslmalar qo‟llaniladi.
Pastda, yon tomonda va tepada joylashgan yuzalarga ishlov berilganda bir
xil natijani olib bo‟lmaydi, chunki pastki ustunlarga ishlov berilganda
zarrachalarning kinetiл energiyaning bir qismi konus naychada yo‟qoladi.
Qaytarilgan zarbada o‟zaro urilish energiyasi to‟g‟ri zarbaga qaraganda 10…15%
ga kichik bo‟ladi. Yon tomoni va tepadagi ustunlar hamda bikrlik qovurg‟alari
puxtalanganda hamma yuzalar bir xil puxtalanishini ta‟minlaydigan ishlov berish
rejimlarini tanlash lozim.
Pitra bilan urib puxtalash usulida pitra urish kamerasi qo‟llaniladi. Pitra
otish apparatlar yordamida detallarga ishlov berish uchun dasturli boshqariladigan
УДП-2- 1,5; УДП-2-2,5; УДП-2-3,5 markali qurilmalar ishlatiladi.
УДП-2-3,5 markali qurilmaning imkoniyatlaari juda keng, chunki unda
gabarit o‟lchamlari 32000х3500х500mmli detallarga, ya‟ni bugun mavjud bo‟lgan
va kelajakda yaratiladigan buymlarga ishlov berish mumkin.
2.13 rasm. Namunalarning egilish
qiymatlarini „f ‟ishlov berilayotgan
yuzalargacha bo‟lgan masofa „Ɩ „
2.14 rasm. Namunalarning egilish
qiymatlarini „f ‟ to‟yinish vaqtiga
bog‟liqligi Ɩ = 100mm: 1 – t = 20 s;
64
bog‟liqligi t = 40 s: 1 - p = 0,25
MPa; 2 - p = 0,35 MPa; 3 - p =
0,45 MPa;
2 – t = 40 s; 3 – t = 60 s.
Do'stlaringiz bilan baham: |