Manba: D.Brown. Handbook of Basketball Fundamentals and Drills. U.S.A. – 2010. – 53-54b.
Holat va harakatlanishlar texnikasi
Holatlar texnikasi basketbolning himoyalanishiga holat bu uning tana qismlari (qo`l-oyoqlarni) raqib hujimiga qarshi jangovar holat keltirishi va faol himoya qilinishi “ishga solish” bilan ifodalanadi.
Himoyachining holati 3-hil ko`rinishda qabul qilinadi : oyoqlarni parallel joylashtirish va bir oyoqni oldinga joylashtirish va yana “yopiq” holatidir. Oyoqlarni parallel joylashtirilishi holati shchitdan uzoqroq oraliqda to`psiz yoki to`p bilan hujum qilayotgan raqibni ta`qib qilishda (unga qarshilik qilishda) oyoqlarga bir hilda tahsimlanadi. Vaziyatga qarab oyoqlar 130-145-115-130-va 115 graduslar burchagida egilgan bo`ladi.
Bir oyoqni oldinga joylashtirib himoya holatini qabul qilish hujumchi tomonidan to`pni savatga tashlashga yoki uni shchitga yaqinlashishiga yo`l qo`ymaslik uchun qo`llaniladi. Bu usulni o`rganishda hujumchining harakatlanishi yo`nalishiga qarab qo`llar yozilga holatga baland pas harakatlantirib turilishi lozim.
“Yopiq” himoya holati hujim qilayotgan raqibga o`z harakat holatlari (qo`llar va oyoqlar harakati) avvaldan “ko`rsatmasdan” unga yaqinlashib to`pning yo`nalishini to`sishga ko`rsatiladi.
Harakatlanishlar texnikasi himoyada ham hujumda qo`llaniladigan barcha harakatlanishlar turlari va usullari qo`laniladi. Lekin himoya harakterlarida uz shchitiga orqa tomon bilan yugurish hujumda himoyaga o`tishda keskin tezlashish uzatilgan to`plarni olib qo`yish to`pni urib kelayotgan hujumchida to`pni urib chiqarish yoki uzatilgan to`p yo`nalishini to`sib olish kabi himoya usullariga usivorlik beriladi. Bundan tashkari himoyada siljib qadam tashlash o`ng va chap tomonlarga keskin hatlash harakatlari ham qo`llaniladi. Bu harakatlarning mazmuni kordinatsion tuzilishi tezligi va yo`nalishi yakka guruhligi yoki jamoa hujumi texnikasiga keskin o`zgaruvchan vaziyatlar bilan belgilanadi.
Qarama-qarshi harakatlar va to`p egallash usullari texnikasi bunday harakatlarga quydagilar kiradi:
-yulib olish urib chiqarish ushlab olish
-“yopish” va uzatilayotgan to`pni turtib yuborish :
- o`z shchitidan sapchigan to`pni olib ko`yish :
Yulib olish hujumi kelayotgan raqib to`pini nazorat qilishni susaytirganda aksariyat qo`llaniladi. Bunda himoyachi hujumchi raqibiga yaqin joylashadi va to`pni urishi yo`nalishini o`zgartirishi vaqtida yoki burilish aylanishi vaqtida to`pi yulib olishi mumkun. Lekin raqib qo`lida turgan to`pni tortqilab olish mumkin emas.
Urib chiqarish hujumchi raqib to`pni urib yurishi (yugirish) vaqtida yoki to`pni uzatish chog`ida qo`llaniladi (14- rasm). To`pni urib chiqarishi hujumchi raqibning yon tomonlaridan ham amalga oshirilishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |