Xalqaro Basketbol Asossiatsiyasining (XBA) tashkil etilishi
Basketbol rivojlanishiga rahbarlik qilish vazifasini o‘z zimmasiga olgan birinchi halqaro tashkilot (IAAF) Xalqaro havaskor yengil atletikachilar federasiyasi bo‘lgan edi. 1926 yilning avgust oyida IAAFning Gaaga shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu federasiya doirasidagi VIII kongressida to‘p bilan qo‘lda o‘ynaladigan barcha o‘yinlar ustidan nazorat qilish ishlarini olib borish uchun maxsus komissiya tashkil etiladi. IAAFda bunday o‘yinlarga qiziqish paydo bo‘lganiga sabab shu ediki, ko‘pgina mamlakatlarda qo‘l bilan o‘ynaladigan to‘p o‘yinlari qish oylarida yengil atletikachilar trenirovkasining oddiy elementiga aylanib qolgan edi.
1928 yil avgustida Amsterdam shahrida bo‘lib o‘tgan IX Olimpiada o‘yinlari vaqtida qo‘lda o‘ynaladigan to‘p o‘yinlari komissiyasi bazasida qo‘l to‘pi o‘yinlarining mustaqil halqaro havaskorlar federatsiyasi (IAGF) tashkil etildi. Uning tarkibiga sportning har hil turlari bo‘yicha (shu jumladan basketbol bo‘yicha) uchta texnik komissiya kiritiladi. Fransuz K.Bopyunni basketbol bo‘yicha komissiyaning raisi, kotibi etib esa – uning vatandoshi M.Barillni saylandilar. Mana shu komissiya basketbol rivojlanishiga rahbarlik qilish uchun tuzilgan birinchi halqaro tashkilot edi. Lekin u bor-yo‘g‘i 6 yil mavjud bo‘ldi. Aslini olganda u o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifani – tuzilgan dasturni bajara olmadi. Shuning uchun 1934 yilning sentyabrida IAGF jahon basketboliga rahbarlik qilishga da’vat etilgan yagona tashkilot bu FIBAdir, deb tan olishga majbur bo‘lgan edi.
20 yillarning oxirida ko‘pchilik mamlakatlarda milliy basketbol tashkilotlari faoliyat ko‘rsata boshlagan edi. Lekin ular IAGF rahbariyati Shveysariyaning futbol va yengil atletika bilan ham mashg‘ul bo‘ladigan basketbol assotsiatsiyasiyani tan olmaydi. Bunga sabab o‘z zimmasiga basketbolning rahbarlik qiluvchi organi rolini olgan ushbu tashkilot basketbol bo‘yicha biror marta ham match musobaqa o‘tkazmagan edi.
Mana shunga o‘xshagan nohushliklar sababli bir qancha mamlakatlarning basketbol assosiasiyalarining vakillari “o‘z” halqaro federasiyalarini tuzish uchun bir yerga to‘planishga qaror qildilar.
Shu maqsadda 1932 yilning 10 iyulida II mamlakatning vakillari Jeneva shahriga to‘plandilar. Ular Simeri Bern (AQSH) rahbarligi ostida – uning raisligida yangi federasiya ustavini va federasiyaning asosiy ish tamoyillari tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladilar: unda yagona halqaro qoidalar ishlab chiqish, rasmiy halqaro birinchiliklarga, turnirlarga, havaskor jamoalar uchrashuviga rahnamolik qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash, basketbolni rivojlantirishda milliy federasiyalarga yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan edi.
HBN rahnamoligida o‘tkaziladigan birinchi yirik musobaqa bu birinchi Yevropa chempionati deb hisoblanadi (Jeneva, 1935 y.).
FIBAning va hatto ushbu federasiyaning HOQ tomonidan tan olinishi – bu xali basketbolni XI Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritiladi degan ma’noni anglatmas edi. Argentina basketbol federatsiyasining tegishli ravishda qilgan qat’iy talablaridan keyin basketbol o‘yini HOQ qarori bo‘yicha bir necha yillar mobaynida sportning Olimpiada turlari ro‘yxatiga kiritib kelindi. Biroq, mana shu faktning o‘zi yaqin orada o‘tkaziladigan Olimpiada dasturiga basketbolni avtomatik ravishda kiritilishi uchun yetarlidir, deb oldindan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Bu masalani Berlinda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlari tashkiliy komiteti xal qiladi.
Basketbol masalasini xal etish uchun yana bir vaziyat to‘siq bo‘lishi mumkin: XI Olimpiada o‘tkaziladigan mamlakat bo‘lmish Germaniyada aslini olganda basketbol to‘g‘risida tasavvur ham yo‘q, chunki bu mamlakatda basketbolga o‘xshab ketadigan, lekin mutlaqo boshqa bir o‘yin – karbol o‘yini keng tarqalgan.
Shunga qaramay, aftidan basketbolning bayat yulduzi porlaydiganga o‘xshaydi. Stokgolmdan Rimga borayotgan V.Djons yo‘l-yo‘lakay Berlinga o‘tkaziladigan XI Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazish komitetining besh sekretari Karl Diem bilan uchrashdi. Bu kishi uni yaxshi biladigan va bir vaqtlar o‘tishda unga ustozlik qilgan kishi edi. Boltiq dengizi osha paronda narigi qirg‘oqqa o‘tilayotgan vaqtda “tomonlar” bu to‘xtamga keldilap. 1934 yilning 19 oktyabrida komitet basketbolni Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritish to‘g‘risidagi taklifni (buni qarangki, o‘shanda xali HBA HOQ tomonidan tan olinmagan edi) ma’qullash yuzasidan o‘zining yalpi majlisida qaror qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |