O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogik universiteti jahon sivilizatsiya tarixi (Metodik qo’llanma) (To’ldirilgan 2-nashr) история мировой цивилизации


Qadimgi Xitoyda dinning rivojlanishi



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/196
Sana10.07.2022
Hajmi10,71 Mb.
#767960
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   196
Bog'liq
000000008574 01-1

Qadimgi Xitoyda dinning rivojlanishi. 
Qadimgi Xitoy 
mifologiyasi 
to’g ’risidagi manbalar asosan er. av. XI asrga oid. Bu afsonalar mazmuniga ko’ra 
ikki guruhga bo’linadi.
Kosmogonik miflar ichida ilk, tartibsiz holatdan tabiat va insonning paydo 
bo’lishi to’g’risidagi asosiy kontseptsiya, bo’linish va aylanish berilgan. Ulardan
~
190
~


birmchisi jonsiz va tirik mavjudotiar tartibsizligi, ikki ilk unsur (erkak)ning 
boshlanishi, Yan va qorong’ulik (ayol)ning boshlanishi - In paydo bo’lgan. Ikkinchi 
kontseptsiya barcha mavjudotlaming paydo bo’lishi bu transformatsiya natijasidir 
deb tushuntiradi. Odam Nyuy ismli ma'buda tomonidan loydan yaratilgan.
Tabiat stixiyalari va ulardan odamlami qutqargan qahramonlar to’g’risida 
afsonalar ko’pchlikni tashkil qiladi. Toshqin va qurg’oqchilik hodisalari afsonalarda 
ko’p tilga olinadi. Qadimgi qahramonlar to’g’risidagi afsonalarda qahramonlar 
odamlami olovdan foydalanishga o ’rgatgan; ilk bor shox-shabba chaylani ko’rgan. 
Baliq ovi va ovchilik usulini kashf qilgan; ilk dexqonchilik qurollarini yasagan, donni 
bug’da pishirishni o’rgatgan qahramonlar mavzusi etakchi o’rinni tutadi. Ko’pgina 
qahramonlar ilon gavdali, buqaning kallasi 
bilan yarim hayvon, yarim odam 
qiyofasida tasvirlanganlar. Bu qadimgi totemistik tasawurlami aks ettirishdir.
Qadimgi xitoyliklar u dunyo to’g’risidagi tuchunchaiarida 
yerda mavjud 
bo’lgan tartib-qoidalar aks ettiriladi. Yerda hokimiyat Vanga tegishli, osmonda 
xamma jismlar Oliy xudo (Di)ga buysunadi. Di qudratli, u odamlarga marxamat 
qiladi yoki ulami baxtsizlik bilan jazolaydi. U odamlarga hosilni sovg’a qiladi, 
qurg’oqchilik yuboradi, yomg’ir 
va shamol Diga bog’liq. Dining 
yaqinlarini 
Vanning 
vafot qilgan ajdodlari tashkil qiladi. Vanning 
ajdodlari 
Dining 
topshiriqlarini bajaradi va ular Vanning yordam berish to’g’risidagi iltimosini Diga 
etkazadi. Vanning oliy koxin sifatidagi vazifasi odamlar va xudolar dunyosi 
o’rtasida vositachi bo’lgan o’z ajdodlari bilan muloqotni amalga oshirishdir.
Konfutsiylikni paydo bo’lishi va tarqalishi ajdodlarga e'tiqod qilishni 
kuchaytirdi. Konfutsiy (er. av. 551-479 yillarjning axloqiy-syosiy ta'limotida 
markaziy o’rinni «oliyjanob kishi» (Szyanszi) to’g’risidagi tushuncha egallaydi. 
Konfutsiylik gumanizm (Jen), sadoqat (Chjun), kattalarga hurmat (Syuo), kishilar 
o’rtasidagi munosabatlarga rioya 
qilish 
(Li)dan iborat. Konfutsiy ochko’zlik, 
zo’ravonlikga qarshi axloq va burchni qarama-qarshi qo’yadi.
TI-TTT asrlarda Xitoyga budda dini 
kirib keldi. Afsonalarga ko’ra, birinchi 
budda sutralari (matn yoki qoida) Xitoyga oq otda olib kelingan: bunga xotira 
sifatida Loyan shahri yonida budda «oq ot ibodatxonasi» qurilgan va hozirgacha 
saqlanib qolgan. Xitoyda sutralarni tarjima qilish va budda dinini tarqalishi IV-VI 
asrlarga tegishlidir.
Ilk Xitoy yozuvining eng qadimgi yodgorliklari er. av. XIV-XI asrlarga oid 
fol ko’rish yozuvlaridir. In yozuvlarining ko’pchilik qismi buyumlar tasviridir. In 
belgilari buyumlar tasviri yoki murakkab tushunchalami ifodalaydigan ko’pgina 
tasvirlar qo’shilmasi ideogramma ko’rinishidadir.
In belgilarining hozirgi Xitoy 
ierogliflaridan 3 xil farqli 
tomoni 
bor. 
Birinchidan, har bir elementar belgi qandaydir buyumning konturini tasvirlagan, 
ikkinchidan bir belgilini yozilishida ko’p xilma-xillik mavjud. Uchinchidan belgini 
qatoming nisbiy yo’nalishiga tomon harakati hali barqaror bo’lmagan. In yozuvining 
er. av. I ming yillikda Chjoular tomonidan o’zlashtirilishi, uning taraqqiyotini uzib 
qo’ymadi. Er. av. II-I 
ming yilliklarda ierogliflaming mahalliy variantlari 
unifikatsiya qilindi, belgilami yozishning yangi husnixati paydo bo’ldi.
Qadimgi Xitoyda 
odatda yupqa yog’och 
yoki bambuk 
taxtachalariga 
yozilgan. Tukli 
mo’yqalam bilan 
yozuv ana shu taxtachalarga tushirilgan va
-
191
~


yozuvlar metall pichoq bilan tozalangan. Er.av. I ming yillikning o’rtalarida ipak 
matoga ham yozilgan. Yangi era boshida qog’oz kashf qilinib ishlatila boshlandi va 
qog’oz boshqa materiallami siqib chiqardi.
Eng qadimgi Xitoy she'riyati namunalari er.av. XI-VI asrlarda jez ko’zalardagi 
yozuvlarda etib kelgan. «Shiszin» (“qo’shiqlar kitobi”)-qadimgi Xitoy adabiyotining 
haqiqiy xazinasidir. Bu yodgorlik 4 bo’limga bo’lingan («Podsholik axloqi», 
«Kichik odalar», «Buyuk odalar», «Madhiyalar») 305 poetik asarlar majmuasidan 
iborat.
«Shiszin» an'analari er.av. IV 
asrda poetik asarlar mualliflari tomonidan 
o’zlashtirib olindi. Bizgacha 
bu asarlar do’mbira shaklini eslatadigan tosh 
uyumlarda etib kelgan, shu sababli ular «Tosh do’mbiralar»dagi matnlar deb ataladi. 
Er.av. IV asrda mashhur Syu Yuan, Xan davrida Sima Syan-Ju kabi shoirlar ijod 
qilgan.
Musiqa, poeziya va raqs 
kabi san'at 
janrlari Xitoyda yuqori darajada 
shakllangan. Musiqa asboblari uch asosiy guruhga: torli, tovush va urib chalinadigan 
asboblarga boTingan. Ko’pgina musiqa asboblari eramizning birinchi, ikkinchi 
asrlarida O’rta Osiyodan o’zlashtirib olingan.
Xitoy me'morchiiik san’atida yog’och asosiy xom-ashyo edi. Xan davrining 
noyob me'morchiiik yodgorligi imperiya poytaxti Shanyan shahri 12 darvozali 
devor bilan o'rab olingan. Baland ko’p xonali imperator saroyi, ma'muriy binolar va 
ibodatxonalar shahaming ko’rki edi. Ma'muriy binolar sariq rangda, imperator 
saroylari qizil rangda bo’yalgan. Xan davrida portret san'ati yuksak darajada bo’lgan, 
saroylar portret freskalari bilan bezatilgan.
Qadimgi Xitoyda ilmiy bilimlar ayniqsa, matematika rivojlangan. Er.av. 
ikkinchi asrda to’qqiz kitobdan iborat «matematika» traktati tuzildi. Bunda oldingi 
olimlaming bilimlari 
proportsiya, progress, boTishlar bayon etilgan. Pifagor 
teoremasi va boshqalar to’plangan. Matematika bilan yonma-yon astronomiya fani 
ham rivojlandi. Er. av. 104 yilda bir yil 365,25 kun hisoblab chiqildi. Shu yil 
qabul qilingan kalendar eramizning 85-yiligacha foydalanildi. Bu kalendar bo’yicha 
yil 12 oyga boTindi. Qo’shimcha oy kabisa yiliga qo’shilib 3 yilda bir marta 
belgilangan. Qo’yosh-oy kalendari qishloq xo’jalik 
ishlariga moslashtirilgan. 
Qadimgi Xitoyda tibbiyot sohasida katta yutuqlarga erishildi. Er. av. Ill asrda Xitoy 
vrachlari igna bilan davolashni kashf qilganlar. Tabiblar 52 kasallikni davolashni 
bilganlar. 280 davolash usulini qo’llaganlar.

Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish