Sin davlatining tashkil topishi.
Er. av. IV
asrda ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlami barqaror holatga keltirish uchun ko’pgina podsholiklarda islohotlar
~ 188 ~
o'tkaziladi. Ana shunday lslohotlardan bin er. av. 350 yilda Sin podsholigida oliy
amaldor Shan Yan tomonidan o’tkaziladi. Mamlakat uezdlarga bo’linadi, er sotib
olishga ruxsat beriladi, o’lchov birliklari unifikatsiya qilinadi, urug’ zodagonlaming
ayrim imtiyozlari bekor qilinadi.
Er. av. 246 yil Sin taxtiga o’n yoshli Chjen chiqdi. Er. av. 238 yil yosh
podsho Chjen o’ziga qarshi fitnani fosh qiladi. Er.av. 230 yil asosiy raqib Xan
podsholigini, er. av. 228-221 yillarida esa, boshqa beshta podsholiklami bosib oladi.
Er.av. 221 mamlakatni birlashtirish tugallanadi. 28 yoshli
In Chjen
«Sin
sulolasining birinchi imperatori» Sin Shixuandi unvonini qabul qiladi. U «Bizning
avlodimiz vorislik tartibiga ko’ra ershi («ikkinchi»), san’shi («uchinchi») va toki
o’n ming avlodgacha ular nihoyasiga merosxo’r bo’ladilar deb tantanali e'lon
qiladi. Ammo budavlat boryo’g’i 14 yilyashadi.
Mamlakat hududi 36
yirik
ma'muriy okrugga bo’lingan, har bir okrug
uezdlarga, uezdlar volostlarga, volostlar esa bir necha jamoadan iborat edi. Okrug
boshlig’i va okrug qo’shin boshlig’i imperator tomonidan tayinlangan. Okrug
boshlig’i esa uezd boshlig’i va ularaing muovinlarini tayinlagan. Imperatoming ikki
maslahatchisi bo’lib ular markaziy davlat apparatini boshqarganlar.
Markazlashgan davlat apparati harbiy, moliya, sud, imperator oilasi bo’limi va
inspektsiya nazorat bo’limlaridan tashkil topgan. Qat'iy markazlashgan davlat
boshqaruvi aparatida eng quyi bo’g’inda jamoa oqsoqollari turar edi. Davlat aholi
hayotini barcha jabhalarini qat'iy bir qolipga soldi: aholidan barcha qurollar tortib
olinib, qo’ng’iroqlar qo’yildi. Mamlakat bo’yicha yozuv, pul, tanga, o’lchov birliklari
unifikatsiya qilindi, beqiyos, shavqatsiz ruhda bo’lgan yagona qonunchilik tizimi
joriy qilindi. Jinoyati uchun butun oila jazolangan, o’lim jazosi barcha ayblar uchim
qo’llanilgan. Ommaviy ravishda katorga ishlariga surgun qilingan. Odamlar Sin
davridan oldingi davrlami xotirasidan chiqarishi uchun Sin podsholigidan oldingi
yozuvdagi asarlami yo’q qilishga buyruq berilgan. qadimiyatga e'tiqod qilganlari
uchun yuzlab Konfutsiy ta'limoti muxlislari, olimlar jismoniy yo’q qilingan. Butun
Xitoy aholisi og’ir mehnatga duchor qilindi. Misli ko’rilmagan qurilish: 5 ming km.
uzunlikdagi buyuk devomi bunyod qilishga kirishildi (6-rasm). Xitoy imperator
saroyi va tog’ ishida o’yilgan imperator sog’onasi qurilib, sog’onaga balandligi
o’rtacha odam o’lchovida bo’lgan 6 ming jangchi haykallari joylashtirildi va Xitoyni
butun hududi aholisi bu qurilishlarga zo’rlik bilan haydab kelindi. Imperator
qo’shinni shimolga xunlarga qarshi va Yanszi daryosi va Janubiy Xitoy dengizi
oralig’i havzasidagi mamlakatlami ishg’ol qilishga yuborildi.
Er. av. 207 yilda xalq qo’zg’oloni Sin sulolasini ag’darib tashladi. Qo’zg’olon
boshliqlaridan bin mayda amaldor Lyu Ban er.av. 202 yil «Xan vani» unvonini
qabul qilib, Xan imperiyasiga asos soladi. Bu sulola Xitoyda eramizning III
asrigacha hukmronlik qiladi. Imperator Gao-szu (Lyu-Van) (er. av. 202-195 yillar)
xalqni ahvolini engillashdradigan tadbirlami amalga oshiradi. Qarzi uchun qul
qilinganlar qullikdan ozod qilinadilar, jamoalarga vaqtinchalik imtiyozlar berilib,
soliqlar Sin davridagidan 10 marta kamaytirilib, hosilni 1G’15 qismini tashkil etdi.
Keyingi imperator Syao Ven-di (er. av. 180-165 yillar) xalqni ahvolini yana
engillashtirdi. U saroy xarajatlarini kamaytiradi, dehqonlardan olinadigan er solig’ini
kamaytiradi. Qarindoshining jinoyati uchun jazo berishni, imperatomi haqorat qilgani
-
189
-
uchun jazoni bekor qiladi. Iqtisodiy taraqqiyot er. av. II asrda Sariq dengizdan
boshlanib O’rta er dengizigacha borgan Buyuk ipak yo’Ii shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |