hokimlari) mustaqilligini kuchayishi Van hokimiyatini zaiflashtirdi. Chjou Pix-van
isenchi Chjouxoular va junlar hujumini qaytara olmadi. U poytaxt hududini tashlab
ketishiga majbur bo’ladi. Bu voqea Xitoy an'anasida g’arbiy Chjou davrini tugashi
deb hisoblanadi.
Er.av. 770 yil poytaxt sharqqa hozirgi Loyan hududiga ko’chiriladi. Shu sababli
er. av. VIII-III asrlar Sharqiy Chjou davri deb ataladi. Junlardan qochish vanning
obro’-e'tiborini keskin tushirib yubordi. Endilikda u Chjoular o’rtasidagi o’zaro
munosabatlarga aralasha olmadi. Chjoxoular amalda mustaqil hokimlarga aylandilar
Vanning yerlari kamaytirilib, unga o’lpon to’lanmay qo’yildi. Er. av. VIII asr oxirida
Xitoy mingdan ziyod bir-biri bilan urushayotgan mustaqil mulklarga bo’linib ketdi,
ammo ular mamlakatning an'anaviy birligini ramzi sifatida Chjou vanini oliy
hokimiyatini rasman tan oldilar. Bu davrda ijtimoiy tabaqalanish murakkablashdi,
qullaming va qaram
aholining soni o’sdi. Pul-tovar
munosabatlari,
ishlab
chiqarish
kuchlari o’sadi. Van tomonidan er-mulklar zodagonlar, haibiylarga
taqsimlab beriladi. Erga xususiy mulkchilik paydo bo’ladi.
Er.av. VII asrdan boshlab separat kayfiyatlar kuchayib ketdi. Chjoulaming
Xuanxening
yuqori oqimidagi jun qabilalari bilan to’qnashuvi
kuchayadi.
Ko’chmanchilar birlashib chjoularga katta xafv tug’diradilar va Chjou podsholiktari
ichki kurashida ishtirok etadilar.
O’rta Xitoy tekisligida birinchilik uchun bo’lgan kurashda Xuanxe quyi qismi
Sin podsholigi (Er.av. 650 yil), keyinroq Szin podsholigi (er. av. 630 yil) etakchi
o’ringa chiqadi. Szin vajanubiy Chu podsholiklari raqobati er. av. VII-VI asrlar
siyosiy tarixida asosiy davr bo’ladi. Raqobatda Chu engib chiqdi va er. av. 575
yilgacha u etakchi o’ringa chiqib oladi. Shundan so’ng, boshqa podsholiklar ham
o’zaro urushda ishtirok etadilar. Er. av. 403 yilda Tsizin davlatini emirilishidan Xitoy
an’anasi shartli hisobi bilan Chjan’go (Urushayotgan davlatlar er. av. 403-221 yillar)
davri boshlandi.
Xitoyda er. av. VI-IV asrlarda temir tarqaldi. Temir mehnat qurollarini keskin
ko’payishi aholini tez o’sishiga olib keldi. Hayvonlardan emi haydashda foydalanila
boshlandi. Mahsulotni, ekin yerlarini ko’payishi va umumiy beqarorlik ijtimoiy
siljishlarga olib keldi. Erga jamoa mulkchiligi tizimi tugadi. Er. av. 1000 yillik
o’rtalaridan emi sotish va olish huquqi bilan erga xususiy mulkchilik paydo bo’ldi.
Davlat er egalaridan er solig’ini olishni joriy qildi, boy hunarmand-savdogarlar
tabaqasi shakllandi. Shaharlarni va shahar aholisini ko’payishi kuzatildi. Er. av. IV-
III asrlarda metal tanga tarqaldi.
Bu davrda qadimgi Xitoyni asosiy ta’limotlari konfutsiylik, legizm, daosizm
vujudga keldi. Konfutsiy (Kun-size er. av. 551-479-yillar) ta’limoti bo’yicha inson
tabiatan ezgulik hislatiga ega va o’z burchini sidqidildan o’tashga tayyor. Konfutsiy
barcha ijtimoiy munosabatlar uchun oilani namuna hisoblaydi. Oilada kattalar
kichiklarga g’amxo’rlik qiladilar va ularni tarbiyalaydilar, kichiklar ulami hurmat
qiladilar va ularga bo’ysunadilar. Davlatga xalq farzandlar o’mida, hukmdor ota
o’mida bo’ladi, hukmdor o’z shaxsiy manfaati emas xalq farovonligi to’g’risida
g’amxo’rlik qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: