Ahmoniylaming rasmiy yozuvlari
Akkad, Elam va qadimgi fors tilida
va
mixxatnmg
uch turida ko’pincha toshga bitilgan.
Davlat apparatida forslar eng muhim harbiy va tuqarolik vazifalarini faqat
Fors o'lkasida emas, balki boshqa qaram hududlarda ham egallay boshlaganlar. Shu
bilan birga ahmoniylar boshqaruv ishlarida boshqa xalqlar
vakillaridan
foydalanganlar. Doro I islohotlari agrar sohada katta o’zgarishlarga olib kelgan.
Qaram xalqlaming yerlari tortib olinib, podsho oilasi a’zolariga, fors aslzodalari va
amaldorlariga meros qilib beriladi. Bunday yer-mulklar soliqdan ozod qilingan.
Podsho tomonidan alohida xizmat ko’rsatgan qo’shinlarga beriladigan yerlar
merosiy bo’lib,
soliqdan ozod qilingan. Bunday imtiyozga ega kishilar qaram
viloyatlarda sud ishlarini amalga oshirish huquqiga ega bo’lganlar. Yerlami katta
qismi podshoning mulki edi.
Podsho yerlari odatda ijaraga berilgan. Bundan
tashqari, podshoga yirik sug’orish kanallar qaragan. O’rta Osiyodagi Ak daryosi
havzasidagi sug'orish inshootlari
Suriyadagi
o’rmonlar,
Misrdagi Fayum
ko’lida
baliqchilikdan keladigan
daromadlar, konlar, bog' va saroylar
podsho ixtiyorida
bo’lgan. Bir qism yerlar harbiylarga foydalanishga berilgan. Dastlab
harbiylar
xizmatda bo’lgan
vaqtda
bu yerlardan soliq olinmagan. Keyinchalik
askar
xo’jaliklaridan soliqlar doimiy ravishda olina boshlanadi. Buning ustiga ajratilgan
yerlar hajmi yildan-yilga qisqarib borgan va natijada qo’shinning jangovar
qobiliyati pasayib ketadi. Shu sababli ahmoniylar er. aw . V-IV asrlarda yollanma
qo’shinga suyanadigan bo’lganlar.
Doro I soliq siyosatini o’zgartiradi. Yangi umumdavlat soliq tizimi
shakllantiriladi. Har bir viloyat yer hajmi va hosildorlik darajasiga ko’ra qat'iy
belgilangan soliq
to'lovini
amalga oshirishi
shart bo’lgan. Ilk bor ayrim
ibodatxonalar o’zlariga qarashli yerlardan soliq to'lashga majbur qilinadi.
Forslaming o’zlari pul to'lovidan ozod bo’lib, natural to'lovga tortilganlar.
Qolgan qaram xalqlar har yili 7740 bobil kumush talanti (232200 kg) miqdorda
soliq to'laganlar.
Pul-tovar munosabatlarini rivojlanishi pul islohotini
o’tkazilishiga sabab
bo’ladi. Er. aw . 517-yildan so’ng,
Doro I
butun mamlakat miqyosida yagona pul
birligi, fors pul tizimining asosi 8, 4 gr og’irlikdagi tilla tanga
darikni
joriy qiladi.
Tilla tangani faqat podsho zarb qilish huquqiga ega edi.
Dank
tarkibida bor - yo'g'i
3 % qo’shimchabegonaqotishmabo’lganligi sababli, u bir necha asr davomida Old
Osiyo savdo dunyosida asosiy tilla tanga vazifasini o’tagan. Ahmoniylar davlatida
undan tashqari, satraplar tasviri, provinsiyalarda podsho tasviri bilan zarb qilinadigan
va qaram shahar va mamlakatlar zarb qiladigan tangalar mavjud bo’lgan. Kundalik
muomala vositasi sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: