Geksaftorid oltingugurt — uning atmosferaga tarqalishi elektronika va
izolyatsion materiallarning ishlab chiqarilishi bilan bog’liq. Uning hajmi kichik
bo’lsada, o’sish sur’ati yuqori.
Bug’xona gazlari kontsentratsiyasi (karbonat angidrid gazi, metan, azot oksidi)
XX asr mobaynida anchagina o’sdi. Hozirda bu o’sish yanada tez quloch
yoymoqda. C0
2
kontsentratsiyasi 1750 yildan 280 rrm (milliondan bir). 2000
yilgacha 370 rrm ga o’sdi. 2100 yilda C0
2
kontsentratsiyasi 540 dan 970 rrm
atrofida, asosan dunyo energetikasining rivojlanishiga qarab boradi. Bug’xona
gazlari atmosferada uzoq muddat ushlanib turadi. Barcha C0
2
chiqindilarining
teng yarmi atmosferada 50-200 yil saqlanib qoladi. Bu vaqt mobaynida uning
qolgan yarmi okean, quruqlik va o’simliklar tomonidan so’riladi. Bunda asosiy
o’rinni okeanlar egallaydi. Ayrim xulosalarga ko’ra, taxminan 80% C0
2
ning
yutilishi va kislorod "ishlab chiqarish"i
fitoplanktonlarga to’g’ri kelar ekan.
Aerozollar — mayda zarrachalar bo’lib, u atmosferada muallaq, holatdagi
mikronning o’ndan bir ulushi o’lchamidagi moddalar. Ular o’rmon yong’inlari,
qishloq xo’jaligi, korxona, transport va gaz chiqindilari bilan ifloslanadigan
moddalarning kimyoviy reaktsiyaga kirishi natijasida hosil bo’ladi. Aerozollar
troposferaning quyi qatlamini xiralashtiradi va quyosh nurini tarqatadi. Bu esa
atmosfera qatlamlarida haroratni pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari,
aerozollar osmonda bulutlar qoplanishni kuchaytiradi va iqlimni sovushiga olib
keladi. Odatda aerozollar atmosferada yog’ingarchilik vaqtida, taxminan bir hafta
mobaynida hukm suradi. Shu bois aerozollar lokal ahamiyat kasb etadi.
Keyingi 150-250 yil ichida erdan foydalanishdagi o’zgarishlar tufayli
biomassa va tuproq uglerodi miqdori sezilarli darajada qisqardi, demak, yer
ekotizimida uglerod zahirasi ham kamaydi. Natijada atmosferaga katta miqdorda
S0
2
chiqa boshladi. O’rmon maydonlari, ayniqsa, tropik mintaqalarda keskin
qisarmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, Afrikada katta miqdordagi
mollarning boqilishi sababli yaylovlar degradatsiyasi kelib chiqmoqda. Bu nafaqat
mahalliy, balki global iqlim jarayonlariga salbiy ta’sir o’tkazmoqda. Ko’plab
hududlarda cho’llanish jarayoni sodir bo’lmoqda.
24
Urbanizatsiya ham iqlim o’zgarishiga turtki bermoqda. Hozir shaharlarda
sayyoramizning yarim aholisi hayot kechirmoqda. 1 million aholisi bor shaharlar
kuniga 25 ming tonna C0
2
va 300 ming tonna oqova suvlarni chiqaradi. Bundan
tashqari, katta shaharlarda "issiq" havo ob’ektlari: binolar, mashinalar va shu
kabilar tufayli birmuncha yuqori. Issiq iqlimli rivojlangan mamlakatlarda havoni
sovutishga ketadigan harajat isitishga nisbatan ko’proqdir. Ya’ni issiq havoni
sovitish konditsionerlarini ishlatish iqlim isishni yanada kuchaytirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |