3.Aristotelning falsafa faniga qo’shgan hissasi
Aristotel vafotidan ilgari Afinadagi o‘z kutubxonasini shogirdi Teofrastga
qoldirganligi hamda o‘ziga yaqin bo‘lgan kishilarga, hatto o‘z qullariga ham
mehribonlik qilganligi uning vasiyatida o‘z ifodasini topgan. Aristotel faqat ulkan faylasufgina emas, balki ko‘pgina fan sohalarida qalam tebratgan zabardast mutafakkir edi. U mantiq, psixologiya, falsafa, etika, ritorika, tabiiy fanlar bo‘yicha o‘lmas asarlar yozib qoldirgan. Aristotel ilmiy tadqiqotlar olib borgan, tekshirilgai barcha fan sohalari borliqni o‘rganishga qaratilgan. U mantiqqa oid barcha asarlarinn «Organon» nomli yirik to‘plamiga kiritgan. Aristotelning fikricha, mantiq o‘ziga xos bilim quroli bo‘lib, falsafaning muqaddimasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |