O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 31,05 Kb.
Sana21.06.2022
Hajmi31,05 Kb.
#688800
Bog'liq
Mustaqil ish



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA TA`LIM VAZIRLIGI ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TARIX FAKULTETI


Mustaqil ish

MAVZU: Taʼlim muassasalarida huquqiy tartibotni taminlash
Bajardi: Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va
huquq ta`limi yo’nalishi 207 – guruh talabasi
Jamolov Sardor
Tekshirdi :
TOSHKENT 2022

Reja


  1. Qonun va qonun ustuvorligi.

  2. Yoshlarining ma’naviy va huquqiy madaniyatini oshirish

  3. Ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim-tarbiyaning zarurati

1. Qonun va qonun ustuvorligi.


Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi, shu tufayli qozirgi sharoitda huquqiy ong va huquqiy madaniyatga bo‘lgan talab tobora ortmoqda. Huquqiy ong, bilim va madaniyatga ega bo‘lish jinsi, tili, yoshi, irqi, milliy mansubligi, e'tiqodi, kеlib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqеidan qat'iy nazar, qar bir O‘zbеkiston fuqarosi uchun qoyat katta aqamiyatga ega. «qar bir fuqaro, qar bir inson o‘z qaq-huquqini yaxshi bilishi va uni qimoya qila olishi zarur. Odamlarni huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy bilimlar bilan qurollantirish asosiy vazifalardan biri bo‘lishi shart.Toki, jamiyatning qar qaysi a'zosi o‘z huquqi, o‘z burchi va mas'uliyatini puxta bilmas ekan, uni qayotiy eqtiyoj sifatida anglamas ekan, bizning isloqot, yangilanish qaqidagi barcha so‘zlarimiz, sa'yqarakatlarimiz bеsamar kеtavеradi».
Binobarin, huquqiy ong ijtimoiy ong shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Zеro, avvalambor, «Odamning ijtimoiy qayotni tushunishi, sеzishi, unga munosabati uning onggida yuz bеradi.Siyosiy ong, ijtimoiy ong iboralari ana shundan kеlib chiqqandir. Voqеlikning kishi miyasida uning butun ruqiy faoliyatini o‘z ichiga olgan va albatta, ma'lum maqsadga yo‘nalgan qolda aks etishi ongning zuquridir. Ong, shuningdеk, kishining ruqiy, siyosiy, falsafiy nuqtai nazarlari, diniy, badiiy qarashlarining qam majmui qisoblanadi.Ijtimoiy ong dеganda ana shular nazarda tutiladi». Yagona ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida maydonga chiqarkan, huquqiy ong nisbatan mustaqil bo‘lib, ijtimoiy qayotning barcha xilma-xil huquqiy qodisalarini, ya'ni huquqiy tizim, huquqiy tartibga solish, huquq-tartibot vaqokazolarni aks ettiradi. Huquqiy ongni mamlakat fuqarolarining qam amaldagi huquqqa, yuridik amaliyotga, fuqarolar huquqlari, erkinliklari majburiyatlariga, qam orzu qilingan huquqqa va boshqa huquqiy qodisalarga munosabatini ifodalovchi huquqiy sеzgilar, qoyalar, baqolar, tasavvurlar tizimi sifatida ta'riflash mumkin. Shuni aloqida qayd etish joizki, huquqiy ongsiz huquqiy ijodkorlikni qam, huquqning o‘zini qam tasavvur etib bo‘lmaydi.
Huquqiy ong — bu jamiyatda kishilarning huquq to‘qrisidagi qarashlaridir, chunki huquqiy normalar jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy qayotida kishilar o‘rtasida turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muqim rol o‘ynaydi. huquq normalari bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda huquqiy ong, ya'ni kishilarning huquqni bilishligi, huquq normalarni bajarishligi katta aqamiyatga egadir. huquqiy ong jamiyatda ijtimoiy ongni boshqa ong shakllaridan falsafa, siyosat, din, axloqan farqqiladi. Huquqiy ong jamiyatda ijtimoiy ongning maxsus shakli bo‘lib qisoblanadi, chunki huquqiy ong kеng tushuncha bo‘lib, jamiyatda huquqiy normalarni qabul qilish, ularni turmushda qo‘llash, huquq to‘qrisida bilimlarning, ya'ni huquqiy madaniyat vahuquqiy tarbiya to‘qrisidagi murakkab ijtimoiy vaziflarni o‘z ichiga oladi. Huquqiy ong vahuquqning munosabatlari uning quyidagi xususiyatlarida namoyon bo‘ladi.
— jamiyatdahuquqiy ong qonun va boshqa huquq normalarni qabul qilishda turli qoyalarni rivojlantirishda, ularni qabul qilishda muqim rol o‘ynaydi.
— jamiyatdahuquqiy ong barcha fuqarolarning, davlat organlarini, ayniqsa huquqni muqofaza qiluvchi organlar, prokuratura, ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati, adliya organlari va mansabdor shaxslarni huquqni to‘qri qayotda qo‘llash uchun ular bilan turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muqim ahamiyatga ega.
— jamiyatdahuquqiy ong amaldagi davlatning qarakatda bo‘lgan huquqiy normalarini tartibga solishda, kodifikatsiya qilishda muqim rol o‘ynaydi.
— jamiyatdahuquqiy ong boshqa ijtimoiy shakllaridan huquq, majburiyat, burch, huquqbuzarlik va qo‘llaniladigan jazo choralari bilan farqqiladi. huquqiy ong davlatning huquqiy normalarini qabul qilish, huquqiy tashabbuskorlik faoliyatini amalga oshirishda, huquqiy normalarni turmushda qo‘llashda ular bilan kishilar o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda katta aqamiyatga ega.
Chunki davlat miqyosida qar qanday qonun va boshqa huquqiy normalar qabul qilishdan oldin huquqshunos mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqiladi. Shuning uchun xukuqshunoslar qanchalik siyosat va amaliyotni yaxshi bilsa, qabul qilinadigan huquq normalari shunchalik mustaqkam bo‘ladi. Qonunga nisbatan qurmatni tarbiyalash, qabul qilinayotgan qonunlar sifatini ta'minlash, qonuniylik vahuquq-tartibotni mustaqkamlash, sudning qokimiyat va mansabdor shaxslardan amalda mustaqilligiga erishish yo‘li bilan jamiyatda huquqiy nigilizmga barqam bеrish lozim. Zotan, ijtimoiy barqarorlik, shu bilan birga, yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, inson huquqlarining moddiy kafolatlarini kеngaytirish, millatlararo totuvlik, diniy baqrikеnglik kabi jiqatlar fuqarolarimizning soqlom ma'naviy-axloqiy tarbiyasida muqim aqamiyat kasb etadi. Ayni paytda, bu jiqatlar huquqiy ongni shakllantirish asoslari qisoblanadi.
Hozirgi zamon huquqiy ongi inqirozi ko‘p jiqatdan huquqiy madaniyat saviyasi bilan bеlgilanadi. Ma'naviy-axloqiy vahuquqiy qadriyatlar tizimi sifatida huquqiy madaniyat huquqiy qolat rivojining erishilgan darajasida, normativ huquqiy qujjatlarda, huquqiy ongda o‘z ifodasini topadi. Har bir fuqaro shaxsiga nisbatan olganda, huquqiy madaniyat – bu huquqni bilish va tushunish, uning ko‘rsatmalarini ongli ravishda bajarishdir. Profеssional huquqiy madaniyat – bu qonunlar va qonun kuchidagi qujjatlarni, shuningdеk, huquq manbalarini chuqur, kеng ko‘lamli va rasmiylashtirilgan darajada bilish, huquq printsiplari va huquqiy tartibga solish vazifalarini to‘qri tushunish, huquqiy ko‘rsatmalar, qonuniylik tamoyillariga qat'iy va aniq rioya etgan qolda huquqqa va uni qo‘llash amaliyotiga profеssional munosabatda bo‘lish, ya'ni huquqni yuksak darajada egallashdir.
Milliy huquqiy madaniyat – yuridik ta'riflarning bеtakror uyqunligi, ma'nosi, shaklini yaratuvchi boshlanqich asosdir. Zеro, huquq ijodkorligi, eng avvalo, qar bir muallifning ichki dunyosi bilan bеvosita boqliq individual jarayondir. Huquq – huquqiy qadriyatlar yaratuvchisi bo‘lgan qalq ma'naviy ijodining maqsuli. Chunki aynan shu qayot tarzi, shu sivilizatsiyaning kundalik amaliyoti xulq-atvorni tartibga solish, xilma-xil qayot ziddiyatlarini qal etishning tеgishli normalarini dunyoga kеltiradi. Huquqiy qadriyatlarni yaratish bo‘yicha huquq ijodkorligining individualligi va noyobligi aynan shundaki, huquqiy-madaniy jarayonlar muayyan davlatchilik, milliy huquq-tartibot, aniq tarixiy davr va o‘ziga xos huquqiy ong qamda shu qalq mеntalitеti doirasida kеchadi. Shunday qilib, bizningcha, huquqiy madaniyat dеganda, huquqiy bilim andazalari va uning tabiatini, huquqiy tizim baqosini, shuningdеk, huquqiy xattiqarakatlar soqasini tartibga soluvchi ijtimoiy qadriyatlar, normalar, an'ana va andazalar mazmun-moqiyatini tushunish kеrak. Bugungi kunda biz tanlab olgan yangi jamiyat qurish yo‘lida talaba yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksak darajada shakllantirish qamda ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kafolatli ta'minlash muammolari aloqida aqamiyat kasb etmoqda. ―huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo‘lishi huquqiy davlatning o‘ziga xos xususiyatidir. Bozor iqtisodiyotini shakllantirishda huquqiy madaniyatni oshirish muhim ish hisoblanadi. Shu bilan birga huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi bilan bеlgilanadi. Ushbu muqim ishda odamlarda qonunlarga va normativ-huquqiy qujjatlarga nisbatan chuqur qurmat qissini tarbiyalash aloqida aqamiyatga egadir. Zеro, huquqiy normalar odamlar ongiga singgan va ular amal qilgan taqdirdagina yashaydi va ruyobga chiqadi.
Huquqiy madaniyat – bu jamiyat a'zolari bo‘lmish fuqarolarning huquqiy bilish darajasi, huquqga nisbatan qurmati va jamiyatda huquqning yuksak qadriyat sifatida e'zozlanishidir...
Huquqiy madaniyat – bu jamiyat qayotiga huquqni sifatli tatbiq etishdir. U kundalik turmush muammo va masalalarini qal etishda huquqiy imkoniyatlardan foydalanishda, qalq eqtiyojlarini qondirishda o‘ziga xos bir baromеtdir. Shuning uchun bеlgilash qiyin emaski, huquqiy madaniyat darajasi qonunchilik mazmunining odamlar eqtiyoji vaqiziqishlariga qanchalik yaqinligiga, huquq va burchlar bayon etilgan qonunchilik shaxslarning nеchoqlik kеng doirasiga daxldorligiga boqliq. O‘zbеkistonda aqolining huquqiy madaniyatni oshirish masalasi Prеzidеntimiz I.A.Karimov ta'kidlab o‘tganlaridеk, ―davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi lozim, zеro mustaqillik so‘zining zamirida qam katta, uluqhuquqqa ega bo‘lish dеgan tushuncha yotadi.
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi aqoli barcha qatlamlarida huquqiy savodxonlikni oshirish, yuqori darajadagi huquqiy ongni shakllantirish, huquqiy bilimlarni kundalik qayotda tatbiq eta bilish ko‘nikmalarini tarbiyalash uchun huquqiy madaniyatni rivojlantirishning kеng, doimo qarakatdagi tizimini yaratishni vazifa qilib bеlgiladi.
Xulosa qilib aytganda, aholining huquqiy ongini shakllantirish tizimi uchun muqim qarorlardan biri bo‘lib, Prеzidеnt I.A.Karimovning ―O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil qilish to‘qrisida‖gi farmoyishi hisoblanadi. Mazkur farmoyishni bajarish yuzasidan mamlakatimizning asosiy qonunini o‘rganish bo‘yicha izchil tizim tashkil etildi va tеgishli darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, risolalar chop etilishi zarur.

2. Yoshlarining ma’naviy va huquqiy madaniyatini oshirish


Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri sifatida jamiyatda yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bu yo‘nalishda yurtimizdagi ko‘plab davlat va nodavlat tashkilotlar faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatayotgani e’tirofga loyiq. Chunki, kuchli fuqarolik jamiyatiga erishish uchun fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini yaxshi bilishlari zarur. Zero, inson huquqi va asosiy erkinliklari xalqaro huquqning yetakchi tamoyillari sirasiga kiradi. Shu sababli, bugungi rivojlangan dunyoda har bir davlat inson huquq va erkinliklarini, xavfsizligini, yashash sharoitini ta’minlash borasidagi xalqaro miqyosda qabul qilingan hujjatlarni ratifikatsiya qilgan. Bu hujjatlarga og‘ishmay amal qilish esa fuqarolarning huquqiy madaniyati qay darajada shakllanganiga bog‘liq.
Fuqarolarning barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun asosiy e’tiborni nimalarga qaratish lozimligi haqidagi vazifalar Oliy Majlis tomonidan 1997-yil 29-avgustda tasdiqlangan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dastur”da belgilab berilgan. “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi Farmon, 1997yil 29-avgustdagi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” hamda 1998-yil 29- maydagi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi Qarori bu sohadagi islohotlar rivojida muhim dasturilamal bo‘lgan bo‘lsa, endilikda, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida” yangi Qonunlari, O'zbekiston respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori aynan yangicha talab va ma’suliyatni oshiruvchi asos bo‘ldi.
Mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash samarali bo‘lishi har bir fuqaro, hatto, bo‘lg‘usi kadrlar hisoblanmish – talabalarimizning sa’y-harakatlariga ham bog‘liqdir. Buning uchun jamiyatning har bir a’zosi yangi qonunlarni,huquqiy hujjatlarni o‘qib,o‘rganib borishi zarur. Jumladan, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlar masalasiga o‘tayotgan yil davomida alohida e’tibor qaratilib, bir qator muhim va dolzarb ishlar amalga oshirildi.
“Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi avvalambor yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita bog‘liq”, degandi Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida. Darhaqiqat, O‘zbekiston aholisining 60 foizidan ziyodini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishi, yurtimiz ertasi ularning bugun qanday inson bo‘lib ulg‘ayayotgani bilan chambarchas bog‘liqligi yosh avlod vakillariga jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi. 2017yil 28-iyul kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashkil etilgani va ushbu sana yoshlarni ma’naviy yuksalish kuni sifatida belgilangani, yurtimiz yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish bo‘yicha qator sa’y-harakatlar amalga oshirilayotgani e’tiborga molik.
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili doirasida navqiron avlod vakillari bilan yuzma-yuz muloqot va uchrashuvlar tashkil etilib, ularning muammolari o‘rganilganda, aholining qonunlarimizga, huquqiy masalalarga bo‘lgan qiziqishi ortganining guvohi bo‘ldik.
Zero, huquqiy madaniyat va ma’naviyat umuminsoniy qadriyatlarining tarkibiy qismidir. U umumiy madaniyatning shunchaki bir qismi emas, balki uning o‘zagi, negizi, asosidir. Huquqiy madaniyat deganda, har bir davlatning qonun asoslari, huquq me’yorlarining mavjudligi, fuqarolarning mavjud qonunlarini bilishi va o‘z faoliyatida ularga rioya etishi — huquqiy va demokratik davlat barpo etishning muhim sharti haqida fuqarolik jamiyatida kishilarning yetuk ma’naviyati, ularning huquqiy burch va mas’uliyatlari tushuniladi.

3. Ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim-tarbiyaning zarurati.


Ta’lim va tarbiya barcha davrlarda ham taraqqiyotning harakatlantiruvchi omili vazifasini o`tagan. Buni o`z vaqtida tushungan mamlakatlarda ta’lim samaradorligi boshqa mamlakatlarni qiynayotgan ko`plab ijtimoiy muammolarning yechimi bo`lib xizmat qilmoqda. Xususan, ta'lim samaradorligi bilan o'z o'rniga ega bo'lgan Finlandiya davlatining Milliy maktablar boshqaruvi raisi, professor Erkki Axo ta'lim jarayonini zamon talabida modernizatsiya qilishning axamiyati haqida to`xtalib, “Globallashuv jarayoni va raqamli texnologiyalar mehnat bozoridagi ahvolni juda ham o'zgartirib yubordi, ijtimoiy va hududiy tengsizlik muammosi o'sish bilan xavf solmoqda, migratsiya an'anaviy madaniy tuzilmalarni zaiflashtirmoqda...
Shuning uchun ham bizning tirik qolish strategiyamiz ta'lim manbalari va ilmiy tadqiqot ishlarimizga asoslangan holda ishlab chiqilmoqda” deya ta'kidlagn edi. Bugungi XXI asrda ijtimoiy munosabatlar shu darajada tezlashdiki, buning natijasida insonlarning axborotlarni qabul qilishi, bu ijtimoiy munosabatlarga huquqiy idealistik kayfiyat bilan munosabatda bo`lishligi qiyinlashib bormoqda. Bu esa barcha insonlarning amaldagi huquq me’yorlari bilan talab darajasida tanish bo`lishligini taqozo etadi. Ayni vaqtda yurimiz ta’lim muassasalarida huquqiy ta’limning ahvoli qanday? Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar va ularning huquqiy asosiga keng aholi vakillari qanday munosabatda bo`lishmoqda?.
Bugungi huquqiy ta’limimiz jadal rivojlanayotgan iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlar vaqtida mahoratli kadrlar bilan qay darajada ta’minlamoqda?. O`zbekiston taraqqiyotining bugungi bosqichida mamlakatda islohotlar ko`lami to`g`risida to`xtalib davlatimiz rahbari shunday deydi: “Jamiyatni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilish bo'yicha keng ko'lamli chora-tadbirlarimiz natijasida yangi O'zbekiston shakllanmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi demokratik o'zgarishlar ortga qaytmaydigan tus oldi”.
Qaysi mamlakatki, uning xalqi hukumat siyosatini to`laqonli tushunib yagona maqsad bilan uni qo`llab-quvvatlamasa, bu islohotdan ko`zlangan vazifalar natijasi barchaga ayon. Shu bois ayni damda yurtimizda barcha sohada kadrlar tayorlash tizimini qayta ko`rib chiqilmoqda. Xususan, huquqiy ta’lim tizimida ham. Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim etukligining ifodasidir. U jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko‘maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta’minlovchi va mustahkamlovchi omildir. Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko‘rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
O`rta, o`rta maxsus, professional, oliy ta’lim tizimimizda bugungi kun huquqiy fanlarining o`qitilish jarayoni qanday? Bu holat barchani o`yga toldirishi tabiiy. Negaki ixtisoslashgan ta’lim muassasalari bo`lmish Toshkent davlat yuridik universiteti, huquqshunoslik kollejlari, yuridik litseyni aytmasa, qolgan ta’lim muassasalarida huquq fanlari “2-darjali fan” sifatida qarab qolingan. Bu esa ko`plab soha vakillarida o`z burchini unutib qo`yishlikka, bora-bora huquqiy nigilistik kayfiyat shakllanishiga olib kelmoqda. Axborot bilan ta’minlanish imkoniyati ortib borishi, qulayliklarning ortishi jarayoni bilan bugungi yosh avlodning huquqiy madaniyat ko`rsatkichlari teskari proporsional holda o`sib bormoqda. Olib borilayogan islohotlarga ko`plab aholi qatlamlari keng qismi befarqlik bilan qarashi ham avvalo ana shu omil – huquq fanlaridan yetarli darajada saboq olmayotganligining oqibati deya olamiz.
1997-yilda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” qabul qilindi, 2001-yil 4-yanvarda “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganishni tashkil etish to`g`risida”gi Prezident farmoyishi e’lon qilindi, 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni, 2019-yil 20 –apreldagi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risida”gi Nizomning qabul qilinishi, bularning barchasi aynan huquqiy savodxonlikni yuksaltirish, provardida mamlakatdagi keng ko`lamli islohotlarga barchani o`z huquq va burchlari doirasida faol ishtirokini ta’minlash maqsadining huquqiy asosi hisoblanadi. 2001-yilgi Prezident farmoni asosida barcha ta’lim muassasalarida Konstitutsiyani o`rganish kurslari joriy qilindi.
Yuqorida nomi keltirilgan Nizomda shunday deyilgan: “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholashning asosiy maqsadi aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir huquqiy targ‘ibot tadbirlarining samaradorligini oshirish, bu borada davlat organlari va tashkilotlarning mas’uliyatini kuchaytirish hamda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish bo‘yicha yangi innovatsion uslublarni joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va amalda tatbiq etishdan iborat”. Shiddatli islohotlar jarayonida jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish, har bir inson, u rahbar yoki oddiy kishi bo‘ladimi, Konstitutsiya va qonunlarni, boshqalarning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi kundalik qoida va odatga aylanishiga erishish muhim sanaladi.
Negaki, qonunlar ishlagandagina, ular yaxshi samara beradi. Qonunlar esa ularga rioya etilsa, rioya etilishi talab qilinsagina ishlaydi. Buning uchun hamma huquqshunos bo‘lishi shart emas. Bugun jamiyatimizda har bir fuqaro, avvalo, o‘z sohasidagi qonunlarga rioya etsin, qonunni chetlab o‘tish degan fikrni xayolidan umuman chiqarib tashlasin, degan g‘oya ilgari surilayapti. Negaki, davr har bir fuqaro faqat javobgarlikdan qo‘rqib emas, balki ta’qiqlangan yo‘ldan yurish yomonligini tushunib, o‘sha yo‘ldan yurmasligini, qoidalar ularning foydasiga ishlashini anglab, ularni hurmat qilish talabini qo‘ymoqda. Qonunlarni hurmat qilish bu huquqiy madaniyatdir. Aksincha jamiyatda qabul qilingan huquqiy me’yorlani mensimaslik, ularga amal qilmaslikka undaydigan holat – kishida huquqiy nigilistik xulq-atvor shakllanganligidan darak beradi.
Aynan huquqiy madaniyatli fuqarolar – islohotlarning oddiy kuzatuvchisi emas, balki bevosita hayotga tatbiq etuvchisi, ijrochisi, kerak bo‘lsa, tashabbuskori bo‘lishi shart. Bu borada boshqacha yo‘l yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Har bir fuqaro qonunlar kelajagi uchun foydali ekanini anglasagina, jamiyat madaniy rivojlanish pillapoyalaridan ko‘tarilaveradi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga katta e’tibor qaratilayotganligining sabablaridan biri ham shudir. Pedagogik ta’lim muassasalarida yuridik ta’lim faqatgina Oliy ta’limning Huquq ta’limi yo`nalishi talabalari uchun qoldirilgandi. Bu esa boshqa mutahasis kadrlarning jamiyatd amalda bo`lgan va yangi qabul qilnayotgan normativ-hujjatlar bilan qiziqishining susayishiga olib kelgandi. Bunday vaziyatda barcha soha pedagoglaridan o`z predmetiga aloqador holda masalaga kreativ yondoshishni, o`ganilayotgan barcha mavzu obyektlarining huquqiy asosini ham o`rganib borish talab qilinishi lozim.
Mamlakatimiz iqtisodiy hayotida ham yuksak malakali yuristlarga talab ortib bordi. Shuni inobatga olgan holda va iqtisodiy hayotning turli bo`ginlarini o`rta va oliy ma’lumotli yurist kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Mavjud huquqshunoslik kollejlari texnikumlarga yalantirildi, huquqiy ta’lim jarayoniga yanada alohida e’tibor qaratilmoqda. Yuridik ma’lumotli kadrlarning barcha tarmoq tizimlarida ta’minlanishi mamlakatimizning bugungi islohotlari tez orada o`z samarasini berishiga, aholi qatlamlarining roziliklari barobarida xalqimiz farovon turmush darajasining ortishiga xizmat qiladi.
“O‘z burchini bajarishdan mamnun odamgina erkin yashaydi”, – degan edi Sitseron. Burch bilan huquq bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni ayro tasavvur etish qiyin. Chunki huquqini yaxshi bilgan odam burchini ham ado eta oladi. Shu orqali hayotda o‘z o‘rnini topadi, jamiyat uchun xizmat qiladi. Huquqiy madaniyat rivoji har qanday muammo yechimining asosiy mezonidir. Jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan targ‘ibotga alohida e’tibor qaratilayotganining asosiy sababi ham shunda.

XULOSA
Yosh avlodda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otish bugungi kunda ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Barchamiz, ta’lim muassasalarida, huquqiy ta’lim-tarbiya hamda targ`ibot ishlarida mas’ul xodim va mutaxasislar o`z vazifalarini to`liq va kreativ yondoshgan holda bajarishlarini zamirida islohotlarimiz samarasi turganini his qilmog`imiz lozim.
Download 31,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish