Fanning maqsad va vazifalari
O’zbekiston tarixi fani gumanitar fanlar majmuasiga taalluqli bo’lib, Tarix yo’nalishi talabalar uni IV semestrda o’rganishadi.
Fanni o’qitishdan maqsad-tarixning davlat va jamiyat taraqqiyoti natijasi ekanligi, jamiyat rivojlanishida davlatchilikning muhim voqea hisoblanishi, tarixning keyingi taraqqiyoti bosqichida fuqarolik jamiyatning paydo bo’lishi bilan fan, texnika, madaniyat, axborotlar o’zlashtira borish, ularni jamiyatga bog’lik bo’lgan hodisalarni ko’rsatishdir
Fanning vazifasi - jamiyat va davlatchilik taraqqiyotidagi uyg’unlik farqlarini ajratish, tarix fanidagi yangi nazariyalarni tahlil etish, tarixning harakatlantiruvchi omillarini talabalarga ko’rsatib berish, tarix fanining asosiy yo’nalishlarini tahlil va tadqiq qilish malakasini hosil qilish, davlat va jamiyat taraqqiyotning rivojlanish omillarini tahlil qilishda tarix fanining o’rnini tushuntirishdan iborat.
Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar
Talabalar «O’zbekiston tarixi» o’quv fanini o’rganish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
Fanning predmeti, nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyatini, O`zbekiston tarixi jahon tarixining ajralmas qismi ekanligini;
- O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishini;
- mustaqillik yillarida O`zbekistonning iqtisodiy, ma'naviy va madaniy taraqqiyoti, O`zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o`rnini bilishi kerak.
O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi
O’zbekiston tarixi fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, IV semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan Arxeologiya, Tarixiy o’lkashunoslik, Tarixiy geografiya, Falsafa fanlaridan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va mul’timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
“O’zbekiston tarix” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |