7-masala: Chor Rossiyasi O’rta Osiyoni bosib olgach, bu erda o’z manfaatlarini oshirish borasida turli siyosatlar va tadbirlarni amalga oshira boshladi. Mustamlaka hukumatning amalga oshirgan ishlaridan biri Turkistonda temir yo’lning barpo etilishi bo’ldi.
Turkistonda temir yo’l ikki asosiy maqsadni harbiy strategik va iqtisodiy maqsadlarni ko’zlab qurildi.
Harbiy strategik nuqtai nazardan olsak, o’lkaning qay bir erida mustamlakachilikka qarshi kurashlar yuzaga kelmasin, uni bostirish uchun harbiy kuchlarni safarbar etish va etkazib berish, mustamlaka hokimiyatini saqlab turishda harbiy soha imkoniyatlarini kengaytirish ko’zda tutilgan.
Keyingi yillarda ko’plab etishtirilayotgan xom-ashyolar va er osti va er usti boyliklarini ko’plab miqdorda va tezroq rossiya hududlariga etkazib borish iqtisodiy maqsadlarni ko’zlagan edi.
O’rta Osiyo temir yo’lining dastlabki izlari 1880 yilda Mixaylovo postidan Mullaqorigacha bo’lgan 26 km masofada etkazildi. 1881 yil 20 sentyabrida Mixaylovdan Qizil Arvotgacha 232 km masofada temir yo’lda qatnovlar boshlandi. 1885 yilda Ashxobodga, 1886 yilda Marv, Chorjuy va Amudaryogacha temir izlari etkazildi.
Temir yo’l Samarqand bilan ham tutashtirildi, 1898 yilda Marv Qo’shqa shaxobchasi qurilib, bir yildan so’ng Farg’ona vodiysi va Toshkent ham temir yo’l bilan tutashtirildi. 1900 yil boshlangan Toshkent Orenburg temir yo’li 1905 yilda qurib bitkazildi va keyingi yillarda O’rta Osiyoning barcha asosiy nuqtalari temir izlari orqali birlashtirildi. Bu esa rossiya imperiyasiga har yili Turkiston o’lkasidan minglab tonnalar miqdorida qimmatbaho yuklarni olib chiqib ketish imkoniyatini berdi.
O’lkada temir yo’lining tushirilishi natijasida bir qancha sanoat korxonalari ham yuzaga kela boshladi. Bu saonat korxonalarida xom-ashyoga dastlabki ishlov berilardi.
Birinchi paxta tozalash zavodi 1879 yilda Toshkentda savdogar Nazarov tomonidan ishga tushirildi. 1885 yilda esa Andijonda savdogar Xo’jaev tomonidan ikkinchi paxta tozalash zavodiga asos solindi va shu tariqa birin ketin turli sanoat korxonalari barpo etila boshlandi. 1867-1900 yillar davomida Turkiston o’lkasida 170 korxona ishga tushirildi. Ularning asosiy qismi paxta tozalash zavodlari bo’lib, bulardan tashqari yog’-moy ishlab chiqarish, choy qadoqlash, aroq, vino tayyorlovchi korxonalar ham barpo etilgan edi. Boshqacha aytadigan bo’lsak, Turkiston o’lkasining yalpi sanoat ishlab chiqarishning 80 foizdan ortig’i paxtani qayta ishlovchi korxonalar XIssasiga to’g’ri kelardi.
Bu korxonalarda asosan evropalik ishchilar ishlagan bo’lsalar, keyingi yillarda mahalliy aholi vakillari ham katta qiyinchiliklar bilan yollanma ishchilarga aylana boshladilar. Biroq bunda rus va musulmon ishchilariga bo’lgan munosabat bir-biridan keskin farq qilardi va bunda mustamlkachi hokimiyatning shovinistik qarashlari aks etib turardi.
Shu tariqa Turkiston rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylantirilgach, bu erda jahonning hech bir davlati qo’llamagan mustamlakaga idora usuli joriy etildi va bu idora usuli o’lka halqlarini uzoq vaqtlar mustamlaka sirtmog’ida tutib turishni ko’zda tutdi.