_____________________________________
Пивоварова М.А. Международная научно-практическая конференция: “Инфляция и экономический рост: теория и практика” // Деньги и кредит. – Москва, 2006. - №7. – С. 60.
Brouwer G. de, Evicsson N.R. Modeling Inflation in Australia. Journal of Business and Economic Statistics. 2019. Vol. 16. – Р. 24 - 29.
3. Antimonopol faoliyat va raqobatni rivojlantirish.
Davlat monopoliyani cheklash va raqobat muhitini yaratishi zarur. Bu vazifa monopoliyaga qarshi qonunlarga tayanilgan xolda olib boriladi. O`zbekiston Respublikasida bu vazifani amalga oshirish Monopoliyadan chikarish rakobat va tadbirkorlikni qo`llab quvvatlash Davlat ko`mitasi zimmasiga yuklatilgan.
Monopollashuvga qarshi qurash maqsadlarida monopol korxonalar reestri tuziladi. Bunda monopol korxonalar tabiiy monopoliya va tabiiy monopoliya xisoblanmagan korxonalarga bo`linadi. Tabiiy monopol bo`lmagan korxonalarni monopoliyadan chiqarish chora- tadbirlari ko`riladi.
Tabiiy monopoliyalar ob`ektiv shart-sharoitlarga ko`ra monopol bo`lishi zarur, yoki monopoliyadan chiqarish ilojsiz bo`lgan korxona yoki tarmoqlardir.
Tabiiy monopolist korxonalar o`z mavke`laridan foydalanib maxsuloti va xizmatlari baxosini asossiz ko`tarib yuborishlariga yo`l qo`ymaslik uchun ularga rentabellilikning yuqori chegarasi belgilab beriladi. Bu chegarani buzgan korxonaga moliyaviy jazo choralari qo`llaniladi.
Masalan, bu chegara 20% deb belgilangan bo`lsin. Korxona maxsuloti tannarxi 10000 so`m bo`lgani xolda uni 13000 so`mga sotsa belgilangan ma`yoriy chegarani buzgan hisoblanadi. CHunki korxona 20% emas balki 30 foiz foyda normasi darajasida ustama belgilayapti. SHu sababli ortikcha xisoblangan 1000 so`m (13000-12000) davlat ixtiyoriga olinadi va monopolist korxonaga ko`shimcha moliyaviy jazo xam ko`llaniladi.
Davlat bu yo`l bilan iste`molchilar huquqlarini himoya qiladi. Agar maxsulot baxosi korxonaga boglik bo`lmagan sabablarga ko`ra oshib ketgan bo`lsa va bu isbotlansa konun talablari buzilmagan hisoblanadi.
Rakobat muxitini yaxshilash, tadbirkorlikni qo`llab quvvatlash maqsadida davlat mulki xususiylashtiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chikarish va xususiylashtirish Davlat Mulk ko`mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda davlat mulkini bevosita bitta xaridorga sotish, investitsiya kitritish majburiyatini olib bepul tassarrufiga berish, boskichma boskich baxosini tushirib sotish, aktsionerlashtirish kabi usullar qo`llaniladi.
Agar respublikamizda xususiylashtirishning dastlabki bosqichida uy joy fondi, savdo va maishiy xizmat ob`ektlari va maxalliy sanort korxonalari xususiy shaxslarga sotilgan bo`lsa, keyingi bosqichda o`rta va yirikrok korxonalarni aktsionerlashtirish yo`li bilan davlat tasarrufidan chiqarishga kirishildi.
Tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo`llab quvvatlash, shuningdek ularning huquqlarini ximoya qilish orqali ham amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 oktyabrda imzolangan «Tadbirkorlik sub`ektlarini tekshirishni yanada kiskartirish va uning tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to`grisida» gi Farmoni nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga aralashuvini cheklash, ularning huquqlarini davlat tomonidan qonuniy kafolatlashni kuchaytirishga bir misol bo`ladi. byurokratik nazoratning namoyishi bilan tavsiflanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish haqida ko‟plab iqtisodchilar turli fikrlarni bildirganlar. Ya„ni, bozorning kamchiliklari, uning ko‟plab iqtisodiy muammolarni hal eta olmaslik holatini ko‟rsatadilar. Bular ma„lum ma„noda to‟g‟ri bo‟lsada, biroq, iqtisodiyotga davlat ta„sirining ob’ektiv zarurligini eng avvalo ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv asosi bo’lib ham milliy iqtisodiyot darajasida, ham xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi. Bu jarayon quyidagilarda namoyon bo‟ladi: -chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab chiqarishning ixtisoslashgan tarmoqlarining o‟zaro aloqasi va o‟zaro bog’liqligi yanada kuchayadi; -ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasia alohida xo‟jalik birliklarining mayda bo‟laklarga ajralib ketish holatlari barham topadi; -ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to‟planuvi jarayoni o‟sadi; -turli iqtisodiy mintaqalar o‟rtasidagi iqtisodiy aloqalar va faoliyat almashuvi jadallashadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta„minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishiga yo‟naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‟yicha faoliyat tushuniladi. Iqtisodiyotni davlat tomonian tartibga solish mexanizmi to’g’risida to’laroq tasavvurga ega bo’lish uchun uning maqsadi, vazifalari va tartibga solish usullari hamda vosita yoki dastaklarini to’laroq tavsiflash lozim. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta„minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o‟zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi. Bunda iqtisodiy tsiklni barqarorlashtirish, milliy xo’jaliklarning tarmoq va mintaqaviy tuzilishini takomiilashtirish, atrof-muhit holatini yaxshilash kabilarni bajarish lozim. Hozirgi sharoitda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vaziflarni hal qilishga qaratiladi. Bular jumlasiga iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, bandlikni tartibga solish, tarmoq va mintaqamiy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo’llab-quvvatlash, eksportni himoya qilish kabilarni kiritish mumkin. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning quyidagi vazifalarida aniq namoyon bo’ladi: 1) Bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug’diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash; 2) Raqobatni himoya qilish; 3) Daromad va boylikni qayta taqsimlash; 4) Resurslarni qayta taqsimlash; 5) Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish. Bozor xo’jaligi sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimidan iborat bo‟ladi. Davlat bozor iqtisoiyotini samarali amal qilishining shart-sharoiti hisoblangan huquqiy asosni ta„minlash vazifalarini o‟z zimmasiga oladi. Bunda iqtisodiy tsiklni barqarorlashtirish, milliy xo‟jaliklarning tarmoq va mintaqaviy tuzilishini takomiilashtirish, atrof-muhit holatini yaxshilash kabilarni bajarish lozim. Hozirgi sharoitda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vaziflarni hal qilishga qaratiladi. Bular jumlasiga iqtisodiy o’sishni rag‟batlantirish, bandlikni tartibga solish, tarmoq va mintaqamiy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo’llab-quvvatlash, eksportni himoya qilish kabilarni kiritish mumkin. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning quyidagi vazifalarida aniq namoyon bo’ladi: iqtisoiyotini samarali amal qilishining shart-sharoiti hisoblangan huquqiy asosni ta„minlash vazifalarini o’z zimmasiga oladi. Buning uchun xususiy korxonalarning huquqiy mavqeini mustahkamlash; xususiy mulkchilik huquqini ta’minlash va shartnomalarga amal qilishni kafolatlash; korxonalar, resurslarni yetkazib beruvchilar va iste„molchilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqish va boshqalar. Davlat ijtimoiy muhitni ta’minlaydi, ya’ni ichki muhitni tartibga soladi, daromadlar tengsizlikini kamaytiradi, yordamga muhtojlarga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |