nisbiy ustunlik
nazariyasida
o‗z yechimiga ega bo‗ldi.
Masalan, Portugaliyada ishlab chiqarilgan movut va Angliyada
ishlab chiqarilgan vino individual xarajatlarga ega bo‗lsin. Shuni
hisobga olgan holda D. Rikardoning ―Nisbiy ustunlik‖ nazariyasini
qo‗llaymiz:
182
14.1-jadval
.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‗lgan mehnat sarfi
Movut(bir dona)
Vino( barrel)
Portugaliya
90
80
Angliya
100
120
Yuqoridagi misoldan ko‗rinib turibdiki Portugaliya barcha turdagi
mahsulotlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Ya‘ni bir dona
movut ishlab chiqarish uchun 90 mehnat birligi, bir barrel vino ishlab
chiqarish uchun esa 80 mehnat birligini sarflaydi. Ammo, D. Rikardo
Portugaliyada movut ishlab chiqarishga nisbatan vino ishlab chiqarish
savdosini yo‗lga qo‗yish ko‗proq foyda olib kelishini ta‘kidlaydi.
Chunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel vino ishlab chiqarish
arzonga tushmoqda. Bunda nisbiy ustunlikdagi farq har bir millat uchun
xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi. Ya‘ni, Portugaliya bir barrel vinoni
(80 birlikda) 120 birlikda Angliyaga sotsa va o‗z navbatida, Angliyadan
(100 birlikda) ushbu birlikda 1,2 dona movut sotib olish imkoniyatiga
ega bo‗ladi.
O‗zida ishlab chiqarilgan mahsulotga solishtirganimizda esa 8/9
donaga ega bo‗lar edi. Boshqacha aytganimizda, Portugaliyaning vino
ishlab chiqarish va movutni sotib olish evaziga oladigan foydasi
quyidagicha bo‗ladi.
120 / 100 – 8 / 9 =1,2 - 0,(8) = 0,31 dona movut.
Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. Ya‘ni
movut ishlab chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari o‗rtasidagi farq
vino ishlab chiqarishdagiga nisbatan kamroq. Demak movut ishlab
chiqarishga ixtisoslashish hisobiga xalqaro savdodan Angliya ham
yutadi. Ya‘ni, movut ishlab chiqarib, uni Portugaliyaga sotish hisobiga
11/8 barrel vino (o‗zidagiga nisbatan 5/6 barrel) sotib olishi mumkin.
Ushbu vaziyatda Angliyaning yutug‗i:
9 / 8 - 5 / 6 =7 / 24 = 0,29 barrel vino.
Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga 9/8 dona
movut sotib olgandagina xalqaro sovda foydali hisoblansa, Angliya
183
uchun esa har bir barrel vinoga 5/6 dona movut almashganda savdo
foydali hisoblanadi.
Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni rag‗batlantirib,
quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi
mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashishguncha o‗tgan davrgiga
nisbatan kamroq moddiy va mehnat xarajatlari sarflaydigan bo‗ladi.
Ammo, bu borada barcha nazariyalar ham savdoda mamlakatlarning pul
birliklari ishtorokida amalga oshishi hisobga olinmagan. Chunki,
mamlakatlar o‗zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun valyutalarini
almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushuntirib bera olgan.
U izohlaganidek yuqorida keltirilgan imkoniyat valyutalarni almashtirish
sharoitida ham saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import to‗lovlari
o‗zaro balansga ega emas. Bunday vaziyat valyuta kurslaridagi
o‗zgarishlar hisobiga yoki biror bir mamlakatdagi barcha baholarni
o‗zgartirish hisobiga bartaraf etiladi. Yuqoridagi misol mavhum
xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun:
mehnat savdo qilayotgan mamlakatlar o‗rtasida emas, balki
mamlakat ichida harakatchan bo‗lishini;
transport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa
cheklashlar hisobga olinmasligini;
mahsulotlarning yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi
texnika va texnologiyalarni qo‗llash hamda ularni ko‗p miqdorda
seriyali ishlab chiqarishda xarajatlardagi o‗zgarishlar e‘tiborga
olinmasligini ta‘minlash imkoniyatlari yaratilishi lozim.
Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan vaziyatlarda xalqaro
savdo narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qo‗llash mumkin.
Chunonchi, bir barrel Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam
narxda (80) va sotib olingan bahodan (120) yuqori narxda sotmaslik
kerak. Shuningdek, angliyaliklar movutidan Portugaliyada (90 dan 100
gacha) shunday tartibda sotilishi kerak.
Mahsulotlar bahosi o‗rtasidagi o‗zaro nisbat aniqlab olingandan
keyin «savdo sharoiti‘ (terms of trade) tushunchasi savdo sharoitini
aniqlab olish uchun esa ―savdo sharoiti indeks‖ tushunchasi kiritilgan.
Bu indeks quyidagi formula orqali aniqlangan:
184
Do'stlaringiz bilan baham: |