2.2. Yalpi ichki maxsulot tushunchasi va uni hisoblash usullari
Makroiqtisodiy statistika va tahlilda uzoq davr mobaynida yalpi
milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot ko‗rsatkichlaridan baravar
foydalanib kelindi. Har ikkala agregat ko‗rsatkich ham mamlakatdagi
20
iqtisodiy faollik darajasini xarakterlasada kapital va ishchi kuchi
migrasiyasi mavjudligi sababli ular o‗zaro farq qilishadi.
Bugungi kunga kelib Milliy hisobchilik tizimini qo‗llaydigan
deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki maxsulot ko‗rsatkichi asosiy
makroiqtisodiy ko‗rsatkich sifatida tan olindi.
Ko‗pgina iqtisodiy adabiyotlarda
[
YaIMga ishlab chiqarilishida
qo‗llanilgan resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat‘iy nazar,
mamlakatning jug‗rofiy hududida yaratilgan pirovard tovarlar va
xizmatlarning bozor baholari yigindisi
]
deb ta‘rif berib kelingan.
2.1-jadval
YaIM ning iqtisodiyot tarmoqlari buyicha tarkibi(foiz hisobida)
YaIM jami
2000
2005
2010
2015
2016
2017
2018
100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0
Tarmoqlardagi yalpi
qo‗shilgan qiymat
87,5
89,4
90,8
90,4
90,8
88,5
88,8
Mahsulotlarga sof
soliqlar
12,5
10,6
9,2
9,6
9,2
11,5
11,2
2. Tarmoqlardagi yalpi
qo‗shilgan qiymat
100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0
Qishloq, o‗rmon va baliq
xo‗jaligi
34,4
29,5
19,8
34,1
34,0
34,0
32,4
Sanoat(qo‗rilishni
qo‗shgan holda)
23,1
29,1
33,3
26,2
26,6
27,9
32,0
Sanoat
16,2
23,7
26,7
20,2
20,6
22,2
26,3
Qurilish
6,9
5,4
6,6
6,0
6,0
5,7
5,7
Xizmatlar
42,5
41,4
46,9
39,7
39,4
38,1
35,6
Savdo, yashash va
ovqatlanish boyicha
xizmatlar
12,3
9,8
10,6
8,5
8,5
8,0
7,3
Tashish, saqlash, axborot
va aloqa
8,8
11,8
12,9
10,0
9,6
9,5
8,3
Boshqa xizmat turlari
21,4
19,8
23,8
21,2
21,3
20,6
20,0
21
1993 yilda qabul qilingan BMT MXTning yangi talqiniga ko‗ra
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) tushunchasiga aniqliklar kiritildi.
Yangicha talqiniga ko‗ra:
YaIM -
mamlakat rezidentlari tomonidan ma‘lum muddat
davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor
baholarininng umumiy yig‗indisidan iborat.
YaIM ning «ichki‘ deb atalishiga sabab uning mamlakat
rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident faqatgina mamlakatning
yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik
shaxsi boshqa mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa o‗sha
mamlakat rezidenti deb qaraladi.
Milliy tegishliligi va fuqaroliligidan qat‘iy nazar, mazkur
mamlakatning iqtisodiy hududida iqtisodiy manfaat markaziga ega
bo‗lgan (ishlab chiqarish faoliyati bilan shugullanadigan, yoki mamlakat
hududida bir yildan ortik yashayotgan) barcha iqtisodiy birliklar(
korxonalar, uy xo‗jaliklari) rezident hisoblanishadi.
Elchixonalar
va
harbiy
bazalar
o‗zlari tegishli bo‗lgan
mamlakatlarning iqtisodiy makoni bo‗lib qolaveradilar. Aynan shu jihat
YaIMni hisoblashda iqtisodiy va jug‗rofiy hudud o‗rtasidagi farq deb
qaraladi.
YaIM uch xil usul bilan hisoblanadi:
1) ishlab chiqarish usuli;
2) xarajatlar usuli;
3) daromadlar usuli.
Har uchala usul bilan hisoblangan YaIM ko‗rsatkichi hajmi
statistik xatolar istisno etilganda o‗zaro teng bo‗lishi lozim. Shu bilan
birga har uchala usul bilan YaIM ko‗rsatkichni hisoblashda o‗ziga xos
talablarga amal qilinishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |