O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus



Download 1,1 Mb.
bet36/57
Sana14.04.2022
Hajmi1,1 Mb.
#551424
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57
Bog'liq
portal.guldu.uz- DЕFЕKTOLOGIYA ASOSLARI

Nazorat savollari
1. O'zbekistonda maxsus yordamga muhtoj anomal bolalarga yordam qaysi vazirliklar tomonidan tashkil etilmoqda?
2. Uzluksiz ta'lim tizimida alohida yordamga muhtoj bolalar uchun qanday muassasalar faoliyat ko'rsatmoqda?


2-savol bayoni
O'zbekiston Respublikasi ta'lim to'g'risidagi qonunning 23- moddasiga ko'ra rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchiliklarga ega bo'lgan anomal bolalar ta'lim olish huquqiga ega.
Bizning mamlakatimizda anomal bolalarga yordamni tash­kil etish - inson haqida g'amxo'rlik ko'rsatilishining yorqin na- munalaridan biridir.
O'zbekistonda anomal va nogiron bolalarga yordam uch vazirlik qoshidagi muassasalarda tashkil etilgan. Xalq ta'limi vazirligi qoshida ular uchun uzluksiz ta'lim tizimida maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab, maktab-inter- natlari faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda alohida yordamga muhtoj bolalar integratsiyalashgan ta'limga jalb etilmoqdalar. Differensial ta'limni tashkil etish ishlari maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida, jumladan nutqiy, yordamchi, ruhiy rivojlanishi sust, harakat tayanch a'zolari jarohatlangan, zaif eshituvchi, zaif ko'ruvchi bolalar bog'chalarida amalga oshirilmoqda. Maktab yoshidagi alohida yordamga muhtoj bolalar uchun barcha turdagi maxsus maktab-internatlar, jumladan aqli zaif bolalar uchun mehnat ta'limi maktab-internatlari, zaif eshituvchi bola­lar uchun maktab-internat, harakat-tayanch a'zolarida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun, kar bolalar uchun, ko'zi ojiz bolalar, og'ir nutq nuqsonli bolalar uchun, ruhiy rivojlanishi sust bolalar uchun maktab-internatlari; aqlan zaif bolalar uchun kuni uzaytirilgan maktablar faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Umumta'lim maktablarida bunday bolalar uchun sinflar ham tashkil etilgan. Boshlang'ich maktabda ruhiy rivojlanishi sust bolalar uchun tenglashtiruvchi sinflar, og'ir nutqiy nuqsonli bolalar uchun nutqiy, aqli zaif bolalar uchun yordamchi sinflar tashkil etilgan. Uzluksiz ta'lim tizimida alohida yordamga muhtoj bolalar uchun mehnat maktablari, kasb-hunar kollejlarida alohida guruhlar faoliyat ko'rsatmoqda. Yengil darajadagi nutqiy nuqsonli bolalar uchun o'rta umumta'lim maktablari qoshida logopedik punktlar ishlab turibdi.
Sog'liqni saqlash vazirligi qoshida anomal bolalarga tibbiy yordam ko'rsatadigan maxsus psixonevrologiya sanatoriylari, statsionarlar bor, poliklinikalarda surdologik, logopedik kabinet- larda mutaxassis-defektologlar tibbiy xodimlar bilan hamkorlikda tegishli ishlarni olib bormoqdalar. Aqliy jihatdan og'ir nuqsonlari bor (imbetsil, idiot) bolalar tug'ilganidan to to'rt yoshgacha Sog'liqni saqlash vazirligi qoshidagi muassasalarda davolanadi va tarbiyalanadi.
Mehnat va aholini muhofaza qilish vazirligiga qarashli muruvvat uyida murakkab nuqsonli anomal bolalar tarbiyala- nadilar. Bu uylarga maktabgacha yoshdagi bolalar (4 yoshdan to 7 yoshgacha), maktab yoshidagi bolalar (7 yoshdan 18 yoshgacha) va kattalar (18 yoshdan umrini oxirigacha) qabul qilinadi.
Uzluksiz ta'lim tizimida hamma yosh guruhlardagi alohida yordamga muhtoj bolalar o'qishga jalb qilinadi. 4 yoshdan 7 yosh­gacha bo'lgan bolalar maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanadilar.
Maktab yoshidagi alohida yordamga muhtoj bolalar, masalan zaif ko'ruvchi bolalar ko'zi ojiz bolalar maktabida 9 158 yillik umumiy ta'lim maktab dasturini 11 yilda o'zlashtiradilar. Har bir sinfda 12 tadan bola ta'lim oladi. Ko'rish qobiliyati zaiflashgan aqliy qoloq bolalar uchun maxsus maktab-internat qoshida yordamchi sinflar tashkil etilgan. Ushbu turdagi muassasada tibbiy oftalmologik hamda korreksion pedagogik kompensatsiya ishlari olib boriladi. Ko'rlar maktabida umumiy ta'lim maktablarining Brayl sistemasi bo'yicha nashr etilgan darsliklar ishlatiladi.
Nazorat savollari

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish