Logopediya fanining vazifalari:
- Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish
- Nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning dinamikasini aniqlash
- Nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyatining ontogenezini o’rganish.
- Nutq buzilishini bartaraf etish printsiplari, differentsiyalashgan metodlari va vositalarini ishlab chiqish.
- Nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyatining ontogenezini o’rganish
- Nutq buzilishlarining pedagogik diagnostikasi metodlarini ishlab chiqish
Nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, alomatlari va darajalarini aniqlash.
Nutq buzilishining kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, tuzilishi va alomatlarini aniqlash.
Bolalarda nutq buzilishlari xususiyatini o’rganish.Qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
Logopediya vazifalari - Fanlararo aloqalardan foydalanish va nutq hamda undagi nuqsonlarni o’rganuvchi ko’plab mutaxassislar (psixologlar, neyropsixologlar, ieyrofiziologlar, tilshunoslar, pedagoglar, turli ixtisosdagi vrachlar va boshqa kishilar)ni hamkorlikda ish olib borishga jalb etish;
Nazariya sohasidagi yangiliklarni amaliyotga tezroq tatbiq etish uchun fan va amaliyot o’rtasidagi aloqalarni, nazariy va amaliy muassasalar orasidagi ҳамкорликни таъминлаш;
Nutqning buzilishini o’z vaqtida aniqlash va bartaraf etish printsiplarini amalga oshirish;
Nutq buzilishini oldini olish uchun aholi o’rtasida logopedik bilimlar targ’ibotini olib borish. Nutq vazifasi insonning muhim ruhiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Nutq rivojlanishi jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, tushunarli tafakkur qobiliyatlari shakllanadi. So’zning ahamiyati o’zo’zidan umumlashtiruvchi hisoblanadi va shu munosabat bilan o’zida nafaqat nutq birligini, balki tafakkur birligini ham namoyon qiladi. Ular aynan o’xshash emas va ma’lum darajada birbiriga bog’liq bo’lmagan holda paydo bo’ladi. Nutq buzilishi, nutqiy muomalaning cheklanganligi bola shaxsining shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi, aslida bo’lmagan ruhiy buzilishlarni, hissiy irodaviy sohaning o’ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqarishi, uning xarakteridagi salbiy fazilatlar (tortinchoqlik, qat’iyatsizlik, odamovilik, salbiylik, nomukammallik tuyg’usi)ning rivojlanishi uchun yo’l ochib berishi mumkin. Nutq murakkab funktsional jarayondir.
Nazorat savollari
1. Nutq nuqsonlari deganda nimani tushunasiz?
2. R. Luriya miya faoliyatini nechta funktsional blokka ajratadi?
3. Nutq buzilishlari qanday xususiyatlari bilan ajralib turadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |