Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi:
Kirish, ikki bob, olti bo‗lim, xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan tashkil topgan.
10
I.Bob.
Boshlang„ich sinflarda arifmetik amallarni o„rgatishning
nazariyasoslari.
1.1.
Boshlang„ich
matematika
kursida
arifmetik
amallarini
o„rgatishning umumiymasalalari.
Boshlang‗ich matematika kursining asosiy materiali natural sonlar va asosiy
kattaliklardan iboratdir. U bilan birga kurs tarkibiga algebraik va geometrik
mazmundagi masalalar ham kiritilgan.
Butun boshlang‗ich ta‘lim davomida bolalarda natural son va arifmetik
amallar haqidagi tushunchalarni shakllantirish ishlari olib boriladi. Boshidanoq bu
ish tushunchalarni amaliy qo‗llanishning turli usullarini qarab chiqish bilan, bolalar
sonlarning ba‘zi xossalarini, o‗nli sanoq sistemasini, arifmetik amallarni va ularga
asoslangan hisoblash usullarini o‗zlashtirishiga yo‗naltirilgan ish bilan o‗zaro
bog‗liq holda amalga oshiriladi. Bunda nazariya va amaliyot dasturning arifmetik
qismi ustida ishlash davomida birgalikda va bir-biri bilanbog‗langan bo‗lishi
kerak.
Umumiy
maktab
ishida
dasturni
amalga
oshirish
tajribasini
kuzatishlardasturning aynan shu muhim talabi ko‗pincha buzilishini ko‗rsatadi.
Bu, masalan, og‗zaki hisoblash malakalarini shakllantirishda o‗qituvchilar
ko‗pincha bolalar ongiga bajarilgan amallarning nazariy asosini yetkazish
zarurligini esdan chiqarishadi, ularni hisoblash vaqtida xato qilinganda o‗quvchilar
nazariyaning yo‗l qo‗yilgan xatoning sababini tushunib olishga va uni mustaqil
tuzata olishga yordam beruvchi nazariy masalalarni qarab chiqishga qaytarishga
o‗rgatmaydilar. Bunda aynan ongli o‗zlashtirish ishonchli, to‗g‗ri va tez
hisobblashning haqiqiy mustahkam ko‗nikmalari shakklanishi mumkin bo‗lgan
asosdir.
Boshlang‗ich matematika kursida nomerlash va arifmetik amallar ustidagi
ish kontsentrik ravishda tuziladi. Dasturda bolalar bilan ko‗rib chiqiladigan
sonlar sohalarini asta-sekin kengaytirish sistemasi ko‗zda tutilgan (tayyorlov
davri — o‗nlik —yuz— ming — ko‗p xonali sonlar), bunda bu mavzularning
har birini o‗rganishda sonning yangi sohasini qarab chiqish bilan birga
bolalarning nomerlash va sonlar ustida amallar bajarishda ilgari egallagan
11
bilimlarini asta-sekin kiritish (yoki chuqurlashtirish, sistemaga solish,
umumlashtirish) ko‗zda tutilgan.
Bolalarni sonlar va arifmetik amallar bilan tanishtirish matematikadan
dastlabki darslarda berilgan ikki buyum to‗plamlarining birlashmasiga, ikki
to‗plam elementlari orasida moslik o‗rnatishga va buyumlarning berilgan
to‗plamlari qismini o‗rnatishga amaliy mashq qilish bilan tayyorlanadi.
Bolalar to‗plamlar ustida amallar bajarishdan asta- sekin buyumlar sanog‗iga
o‗tadilar, natural qatorning dastlabki o‗nta soni bilan (ularning nomi, tartibi
bilan) tanishadilar, sonlarni taqqoslashni, ularning yig‗indisi va ayirmasini
topishni o‗rganishadi. Avval bu buyumlar to‗plamlari ustida tegishli amallarni
bajarish va ikki to‗plamni birlashtirish natijasidan to‗plamning bir qismini olib
tashlaganda hosil bo‗lgan to‗plam elementlarini sanash asosida qilinadi, keyin
esa sonlar ustida bajariladigan amallarning ba‘zi usullaridan foydalanish bilan
(bittalab va guruhlab qo‗shib sanash hamda ayirib sanash va boshqalar) amalga
oshiriladi.
Birinchi yil o‗qitishning hisoblash ko‗nikmalarini shakllantirishdagi muhim
vazifasi bolalarning 10 ichida qo‗shish va ayirishning jadval hollarini shunday
o‗zlashtirishki, bunda bir xonali sonlarni qo‗shishda va ikki xonali sonlarni tez
og‗zaki hisoblash ko‗nikmalarini shakllantirishda avtomatik tarzda hisoblash
imkoniyatlari ta‘minlansin.
Dasturga berilgan tushuntirish (uqdirish) xatida qo‗shish va ayirishning
jadval hollari mashqdar natijasida bolalar tomonidan yoddan o‗zlashtirilishi
ta‘kidlanadi va shuning uchun bolalarga ularni eslab qolishga oid ko‗rsatmaning
o‗z vaqtida yaratilishi katta ahamiyatga ega. Shuningdeq har kuni mashq qilish
ishini ham olib borish zarur, usiz istagan natijaga erishish mumkin emas.
10 va 100 ichida nomerlashni qarab chiqishda bolalarni yangi sanoq birligi
— o‗nlik bilan tanishtirishga, xona qo‗shiluvchilaridan iborat sonlar tarkibini
o‗rganishga (13— bu 10 va 3 yoki 1 o‗nlik va 3 birlik), ikki xonali son yozuvida
raqamlarning o‗rniga ko‗ra qiymatini aniqlashga alohda e‘tibor beriladi. Bu
masalalarni qarab chiqish shu darajada bo‗ladiki, bunda bolalar o‗z bilimlaridan
12
ishonchli foydalanishni, lekin biror umumiy ifodalashlarni o‗zlashtirishni talab
qilmaslikni nazarda tutadi.
Dastavval to‗rtta arifmetik amal bolalar ongida bu amallar qo‗llanadigan
aniq masalalar bilan mustahkam bog‗lanishi kerak. Amallarning mazmuni asosan
buyumlar to‗plami bilan amaliy ishlash asosida va tegishli matnli masalalar
sistemasida ochib berilishi kerak.Shular asosida amal komponenti va natijasi
orasidagi bog‗lanish,
amallar orasidagi
bog‗lanish,
amallarning
qarab
chiqilayotgan xossalari va o‗rganilgan matematik munosabatlar bolalar ongiga
yetkaziladi.
―Onlik‖ mavzusidayoq, dastlabki o‗nta son bilan tanishilgandan so‗ng
bolalar birinchi marta 0 bilan tanishadilar. Keyin qo‗shish, ayirish, ko‗paytirish va
bo‗lishni o‗rganish davomida nol qatnashgan hollarni qarab chiqishga alohida
e‘tibor beriladi. Ko‗paytirish va bo‗lishni o‗rganish munosabati bilan nol va bir
bilan ko‗paytirish va bo‗lishhollari ajralib qoladi.Sonlarni va arifmetik amallarni
o‗rganish bilan yaqindan boglanishda bolalarni kattaliklar va ularning o‗lchovlari
bilan tanishtirish ishi ham olib boriladi. Yangi o‗lchov birliklari bilan tanishish va
ular orasidagi munosabatlarni o‗rnatish, turli o‗lchov birliklarida ifodalangan
sonlarni shakl almashtirish odatda nomerlash ustidagi ish bilan bog‗lanadi.
(Masalan, xona qo‗shiluvchilaridan iborat ikkinchi o‗nlik sonlari tarkibi va 1 dm 5
sm ko‗rinishdagi son kesmalarini o‗lchash natijasida bu sonlarning boshqa turi: 1
dm 5 sm=15 sm hosil bo‗lishi parallel qarab chiqiladi. Bu 1 o‗nl. 5 birl. 15 birl. ka
teng deganga o‗xshash amalga oshiriladi.) Bu belgi bundan keyin ham sonlar
sohasini har bir kengaytirishda va amallarning yangi hollarini qarab chiqishda
amalga oshiriladi.
―Yuz‖ mavzusida 42 : b va 36 : 6, 6+2 va.6 - 2 va hokazo ko‗rinishdagi
ifodalarni taqqoslash uchun mo‗ljallangan misollar keltirilgan.
―Ming‖ va ―Ko‗p xonali sonlar‖ mavzusini o‗rganishga o‗tishda yozma
hisoblash ko‗nikmalarini shakllantirish ishi asosiy ahamiyatga ega bo‗ladi. Biroq
bunda arifmetik amallarni yozma bajarish usullarini qarab chiqish bilan parallel
13
ravishda 100 ichidagi sonlar bilan og‗zaki hisoblashlarni bajarish ko‗nikmalari
ham takomillashtiriladi.
Sonlarni qo‗shish, ayirish, ko‗paytirish va bo‗lishning yozma bajarish
usullarini ochishda, og‗zaki hisoblash usullaridagi kabi o‗quvchilarning
bajariladigan amallarning mazmunini, ularning ketma-ketligini ongli tushunishlari,
ularni tushunarli asoslashlari ko‗zda tutilgan. Shu bilan birga har doim yozma
hisoblashlard
a
ma‘lum avtomatizmga erishishdan iborat maqsad ko‗zda tutilishi
kerak (hosilaviy amallarni tushunib olishga qaytish ham mazkur holdaasosan
hisoblash davomidaqiyinchilik yoki xatolik yuzaga kelganda tavsiya qilinadi).
Ko‗paytirish amallarini o‗rganishdagi keyingi bosqich – ko‗paytmaning
o‗rin almashtirish xossasini tushuntirishdir. Bu xossani dastavval ko‗paytirish
amalini tushunish uchun, undan tashqari bu xossani bilish yoddan bilish zarur
bo‗lgan holar sonini deyarli ikki marta kamaytirish imkonini beradi. Ikki misol (3·
3 va 3· 2) o‗rniga o‗quvchilar faqat bittasini yodda saqlab qoladi.
Ko‗paytirishning o‗rin almashtirish xossasini o‗quvchilarning o‗zlari
ochishlari mumkin, bunda katakchalar (doirachalari, tugmachalar, yulduzchalar va
hokazolar) qatori ko‗rinishidagi ma‘lum ko‗rsatmali namunalardan foydalaniladi.
Dasturda boshlang‗ich sinf o‗quvchilarini nomerlash va millionlar sinfi
ichida ko‗p xonali sonlar ustida amallar bilan tanishtirish ko‗zda tutilgan,
tushuntirish xatida pisanda qilingan cheklanishga mos holda mashq qilish tarzidagi
mashqlarning ko‗pchiligi milliondan tashqari chiqmaydigan sonlar va amallarni
o‗z ichiga olishi kerak.
Yozma hisoblashlar bilan birga bolalarning amallarning o‗zi, ularning
xossalari haqidagi ba‘zi yangi xossalar kiritiladi, amallar orasidagi mavjud
bog‗lanish haqidagi, komponentlardan biri o‗zgarganda amal natijasining
o‗zgarishi haqidagi, komponentlar va natija orasidagi bog‗lanish haqidagi bilimlari
umumlashtiriladi va chuqurlashtiriladi. Tegishli bilimlarni umumlashtirish va
chuqurlashtirish boshlang‗ich ta‘limning to‗rt yili davomida sistemali
o‗tkaziladigan kuzatishlar asosida amalga oshiriladi. Bu amallarning hammasi
14
dasturga berilgan tushuntirish xatida hisoblashlarni samaraliroq qilish uchun
foydalaniladi.
Ifoda va uning
nomi 37+46
37 va 46
sonlarining
yig‗indisi
37-qo‗shiluvchi
+ 46-qo‗shiluvchi
83 –yig‗indi
Ifoda va uning
nomi 242-114
242 va 114
sonlarini ayirmasi
242-
kamayuvchi
- 114-ayriluvchi
128-ayrima
Ifoda va uning
nomi 86*9
86 va 9
sonllarining
ko‗paytmasi
86- ko‗paytuvchi
-9- ko‗paytuvchi
774-ko‗paytma
Ifoda va uning
nomi 42: 6
42 va 6
sonlarining
bo‗linmasi
42 6
- 42 7
0
Do'stlaringiz bilan baham: |