O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maxsus


-ma’ruza Mavzu: Til va uning vazifasi. Tilning ta’riflari



Download 0,99 Mb.
bet36/49
Sana26.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#410969
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49
Bog'liq
Nazariy tilshunoslik

13-ma’ruza

Mavzu: Til va uning vazifasi. Tilning ta’riflari.
Rеja
1. Til-ijtimoiy hodisa.

2.Tilning paydo bo’lishi va rivojlanishi haqida.

3.Til elementlarining nutqda reallashishi.

4.Tilning o’ziga xos xususiyatlari.


Tilning paydo bo’lishi va uning taraqqiyot yo’lini o’rganish tilning qanday hodisa ekanligini tasavvur qilish imkonini beradi.

Tilshunoslik tarixida qadimdan qarama-qarshi ikki fikr o’rtasida kurash boradi. Birinchisi, XIX asrda Germaniyada Avgust Shleyxer tomonidan asos solingan tilning tabiiy hodisa ekanligi haqidagi fikrdir.

Shleyxer u yoki bu hodisani tabiiy yoki ijtimoiyligini xalqning irodasi, shu hodisaga ta’sir ko’rsata olish –ko’rsata olmasligi nuqtai nazardan aniqlaydi. Uning fikricha, tilning rivojlanishi xalq istagiga bog’liq bo’lmaydi, u o’z qonunlari asosida rivojlanadi, demak, til tabiiy hodisalar qatoridan o’rin olishi kerak. Bundan til dunyodagi boshqa tabiiy hodisalar singari o’z –o’zicha paydo bo’ladi, rivojlanadi, kezi kelganda, yo’q bo’ladi, o’ladi degan ma’no kelib chiqadi. Til kishilik tabiiy xususiyatlari (masalan, yurish, nafas olish, ovqatlanish va boshqalar)ga xos narsadir. Olma daraxti ma’lum vaqt o’tishi bilan olma hosili berganidek, odam bolasi ma’lum yoshga yetganda gapira boshlashi kerak. Bunday fikrni ilgari surgan olimlarda ba’zi “dalillar” ham bor edi. Ular lotin, sanskrit (qadimgi hind tili) kabi o’lik tillarni misol qilib ko’rsatishadi. Mazkur fikr tarafdorlari o’z nazariyalarini asoslashda nemis idealist faylasuf olimi Gegelning absolyut g’oyasidan foydalanadilar. Tilning paydo bo’lishi va rivojlanishi ana shu absolyut g’oyaning harakati deb bilishdi, bu esa noto’g’ri tushunchadir. Ongni birlamchi , materiyani ikkilamchi deb biluvchi idealistik yo’nalishdagi olimlar tilga quyidagicha ta’rif berishadi:

"Til taffakkurni ifoda qiluvchi ishoralar majmuidir"(F .de Sossyur)


   "Til - odam ongining ishtirokisiz , tashqi dunyoga nisbatan bo'lgan mexanik harakatidir".(L.Blumfild).
   " Til fikrni ifoda qilishga mo'ljallangan , talaffuz qilinadigan , chegaralangan tovushlar majmuidir ". (B.Grosse).
  Bu fikrlarning birortasi , ular garchi bir-birini to'ldirsa ham , tilning to'liq ta'rifi emas , chunki u tilning ijtimoiy mohiyatini ochib berolmaydi . Olimlar tilning kishilik jamiyatida tutgan o'rni naqadar muhim ekanini ko'rsatadi .
Materialistik tilshunoslik til tabiiy hodisadir degan g’oyani rad etadi. Tilning paydo bo’lishi va taraqqiyoti insoniyat jamiyati bilan uzviy bog’langan. F.Engels o’zining mashhur “Maymunning odamga aylanishida mehnatning roli” asarida tilning kelib chiqishini asoslashda asosiy e’tiborni kishining ijtimoiy mehnatiga qaratadi. Materialistik ta’limotga ko’ra jamiyat a’zolari mahsulot ishlab chiqarar va uni ayriboshlar ekanlar, o’zaro ishlab chiqarish munosabatiga kirishadilar. Bu munosabat tufayli kishilar orasida aloqa zaruriyati tug’iladi. Bunday muammoni faqat odamlar orasida vositachi, fikr almashish quroli bo’lmish til hal qiladi.

Jamiyatdan tashqarida yashagan inson bolasi qancha umr ko’rmasin, u gapirmaydi. Chunki til nasldan naslga, avloddan avlodga o’tmaydi, ya’ni uning irsiyatga hech qanday aloqasi yo’q. Irsiayt qonuniga binoan, bolaning biologik, antrapologik xususiyatlari avloddan avlodga o’tadi, lekin o’zbek oilasida tug’ilgan bola faqat o’zbek tilida gapiradi deyish noto’g’ridir. U qaysi tilda gapira boshlashi, qaysi oila, qaysi ijtimoiy muhitda tarbiyalanishiga bog’liq: agar chaqaloq ruslar ichida tarbiyalansa, ruscha, tojiklar ichida tarbiyalansa, tojikcha gapiradi.

XX asr boshlarida Hindistonda ro’y bergan voqea bu mavzuga yaxshi dalil bo’la oladi. U yerda bo’rilar to’dasi orasida ikki qizchaga duch kelindi. Qizchalardan biri 2, boshqasi 7-8 yashar bo’lgan. Ular bo’rilarga xos xatti-harakatlar qilishgan, lekin gapirishni bilshmagan. Hindistonlik psixolog olim bu ikki go’dakni dastlab uyda, keyinchalik kattasini (kichigi ko’p vaqt o’tmay kasallanib vafot etgan) bolalar uyida tarbiyalagan. Bu qiz yana 10 yil atrofida umr ko’rdi, lekin til va yurish- turishda aytarlik muvaffaqiyatga erisha olmadi. Bu yillar mobaynida u 45 ga yaqin so’zni o’rgandi, ammo ulardan gap tuza olmadi. Bu voqeani chuqur tahlil qilgan psixologlar, sotsiologlar, tilshunoslar:

1.Til tabiiy hodisa emas.

2.Tilning paydo bo’lishi uchun kishilik jamiyati bo’lishi shart.

3.Til-nutq muhiti bolaning chaqaloqligida yaratilishi va chaqaloqqa bir tomonlama til ta’siri o’tkazish muhim hal qiluvchi ahamiyatga ega.

4.Til va tafakkur bir vaqtda paydo bo’ladi, birga rivojlanadi, biri ikkinchisisiz yashay olmaydi, degan xulosaga keldilar.

“Til ham ong kabi qadimiydir, til amaliy, haqiqiy ongdir, boshqalar uchun ham mavjud bo’lgan va xuddi shu tufayli men uchun ham mavjud bo’lgan ongdir, binobarin, til ong kabi boshqa kishilar bilan muomala qilish ehtiyoji zarurligi tufayli paydo bo’lgan”

Shunday qilib, til ijtimoiy xarakterga ega, chunki u jamiyat taraqqiyoti, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi. Til faqat jamiytda, odamlar orasida mavjud bo’ladigan ijtimoiy quroldir. Tilning taqdiri uning yashashi, rivojlanishi faqat shu tilda gaplashuvchi jamiyatga bog’liq. Til jamiyat bilan paydo bo’lganidek, jamiyat bilan birga o’ladi. Yuqorida lotin, sanskrit tillari esga olinib o’lik tillar deb aytilgandi, chunki bu tillarda gaplashadigan, uni o’z ona til deb hisoblaydigan xalq yo’q, hozirgi kunda bu tillarning lug’at tarkibi, tovushlar majmui, grammatikasi bor, ular to’g’risida fikr yuritish, boshqa tillar bilan qiyoslash mumkin. Ammo bu tillarda rivojlanish yo’q, qadimdan qanday bo’lsa, hozir ham shunday va shundayligicha qolaveradi.

Tilning paydo bo’lishi masalasi –til qachon va qayerda paydo bo’lgan, dastlab nechta til bo’lgan, u yoki bu tillar qanday bo’lgan va shu kabi savollarga hali ilmiy asoslangan mukammal javob topilgani yo’q. Bu xususda ilmiy taxminlar mavjud xolos. Ba’zi olimlarning fikricha, til taxminan besh yuz ming yillar ilgari paydo bo’lgan.

Ma’lumki, til boshqa narsa va hodisalar singari o’zgaruvchandir. Shunday ekan, besh yuz ming yil ichida tillarda qanday o’zgarishlar sodir bo’lganini tasavvur qilish, uni ilmiy, ham amaliy, ham nazariy nuqtai nazardan o’rganish mumkin emas. Til taraqqiyotining yozuv paydo bo’lishidan avvalgi holati biz uchun qorong’idir. Biz faqat yozuv paydo bo’lgandan keyingi davrda ro’y bergan til taraqqiyoti to’g’risida yozma yodgorliklardan foydalanib, fikr yuritishimiz mumkin. Lekin yozuv paydo bo’lgandan keyingi tilni o’rganish tilning paydo bo’lishi to’g’risidagi muammoni yoritishga imkon bermaydi. Shunday bo’lsa ham, ba’zi olimlar bu masalaga o’z munosabatlarini, fikrlarini aytib o’tishgan.

Qadimgi Yunonistonda faylasuflar tilni qay tarzda kelib chiqqanligi ustida uzoq davr qizg’in bahs yuritganlar. Tilshunoslik tarixidan ma’lumki, bu masalada grek faylasuflari bir-biriga zid ikki xil farazni o’rtaga tashlagan. Demokrit va boshqalar (asrimizgacha bo’lgan 460-370- yillar) tilda narsa nomi bilan narsa orasida hech qanday bog’lanish yo’q, bu nomlar mazkur tilda gaplashuvchi odamlar tomonidan yaratilgan, demak, til inson tomonidan yaratilgan, degan fikrni ilgari surishgan. Bu guruh olimlar anomalistlar deb nom olgan. Platon boshliq boshqa bir guruh olimlar (asrimizgacha bo’lgan 427-347- yillar) narsa bilan uning nomi orasida muayyan bog’lanish bor. Bu bog’lanish narsalarning xususiyatlaridan, tabiatidan kelib chiqqan va bu bog’lanish ilohiy kuch tomonidan o’rnatilgan, degan fikrni ilgari surishgan. Tarixda bu oqim anologistlar deb nom olgan.

Hozirgi tilshunoslik nuqtai nazaridan qaralsa, narsalar bilan ularning nomi orasida, umuman olganda hech qanday bog’lanish yo’q. Bu ko’pchilik olimlar tomonidan qayd etilgan. Chunki narsa bilan uning nomi orasida bog’liqlik bo’lganda tillarning soni 5000 dan ortib ketmasdi. Marksistik ta’limotga ko’ra-til insoniyat ijodi, ijtimoiy mehnat mahsulidir.

Tilning uch asosiy elementi bir halda faqat nutqda reallashadi. Nutq yo’q vaqtida ularning taqdiri nima bo’ladi? Nutqdan oldin va keyin til elementlari xotirada saqlanadi, ya’ni nerv markazlarida ichki qobiliyat, potensial imkoniyat tarzida mavjud bo’ladi.

Masalan, biron sabab bilan gapirish qobiliatini yo’qotgan kishi tilni yo’qotmaydi. Buni shundan ham bilsa bo’ladiki, bu so’zlovchining gapigaa monesiz tushunadi va unga tildan boshqa vositalar bilan, chunonchi, imo- ishoralar bilan ham javob beradi.

Gapirish qobilyatini yo’qotgan kishida so’zlar yordamida suhbatdoshiga javob berish , ya’ni o’z fikrini so’z bilan bildirish yo’q, xolos. Bunday kishi o’z xotirasida so’zning artikulyatsion (talaffuz etilishi) va akustik (eshitgandagi) obrazlarini saqlaydiyu, biroq nutq organlari yordamida so’zning artikulyatsion akustik obrazini yangidan real faktga, tovushlar signaliga aylantira olmaydi. Faqat mana shu kamchilikka qarab uni tildan ajralib qolgan kishi deyish sira ham mumkin emas. Binobarin, til aytilib, gapirilib turgan narsagina emas, degan xulosa chiqadi. So’zlar, grammatik qoidalar va fonetik vositalar yig’indisi ma’nosida til, hammadan burun, psixik (kishining ruhiy faoliyatiga doir) faktdir. U shuning uchun psixik hodisaki, uning elementlari (so’zlar, grammatik vositalar va boshqalar) har bir kishining xotirasida akustik obrazlar sifatida saqlanadi.

Ayni zamonda, har daqiqada til normal kishilarda artikulyatsion –fiziologik hodisaga aylanishga tayyor turadi. Chunki u nutq organlarining ishi natijasida psixik hodisadan real faktga –material qobiqqa ega bo’lgan tashqi bir vositaga aylana oladi. Tilning boshqa ob’ektiv xususiyati bo’lmasa, demak, til hali aytilmagan, gapirilmagan potensial imkoniyat, xolos.

Tilni shu xilda psixik hodisa deb baholashning bir katta kamciligi bor. Bu kamchilik shundan iboratki, yuqoridagi fikr butun elementlari bilan xotiradagina mavjud bo’lgan narsadan qanday qilib tovush materiasidan iborat bo’lgan real nutq hosil bo’ladi, degan savolga javob bermaydi.

Xotirada saqlangan so’zlar, morfemalar, fonemalar obrazidan nutq tuziladi, deb hisoblanadigan bo’lsa, xotiradagi hodisa bilan real nutq orasida yana bir narsa bo’lishi lozim. Shu narsa tufayli potensial imkoniyat real nutqqa aylanadi. O’sha oraliqdagi narsa nima?

Psixik hodisa bilan real nutq orasidagi oraliq hodisa xotiradagi til elementlarining nutq tuzish vaqtida talaffuz orqali ro’yobga chiqariladigan real ekvivalentlaridir.

Demak, xotiradagi til elementlarining obrazlari nutq faoliyati vaqtida real elementlarga aylanadi. Zotan real elementlar aslida birlamchi bo’lib, ularning ongdagi obrazlari ikkilamchidir va ular real elementlar tufayli hosil bo’ladi.  

Shunday qilib,  til ikki xil " material" orqali mavjud.


1. Psixik " material". Bu - so'z, morfema va fonemalarning xotiradagi obrazi bo'lib, bu obrazlardan tashkil topgan til potensial imkoniyat sifatida " ichki" til deb atalishi ham mumkin. Biroq uni " ichki" nutq bilan aralashtirmaslik kerak.
2. Moddiy material. Bu - nutq yaratsih chog'ida belgili tovush qobig'iga ega bo'lgan real talaffuz qilinayotgan so'zlar, morfemalar ( allomorflar) va tovushlar

( fonemalarning variantlari - allofonlar) dan iborat.

Real nutq real til elementlaridan tashkil topadi va real til elementlariga bo’linadi.

Xuddi tosh yoki ganj haykal uchun, yog’och stol uchun material bo’lganidek, real til elementlari ham nutq uchun materialdir. Masalan, ertalab kuchli shamol turdi gapi real nutq sifatida talaffuz qilingan real tovush materiyasiga ega. Uni erta-la-b kuch-li shamol tur-di kabi so’z va morfemalarga ajratish real til elementlariga ajratish demakdir. Ammo ajratishdan hosil bo’lgan har bir element o’sha nutq o’tib ketganidan keyin o’z materiya qobig’ini yo’qotib, ma’lum obrazlar sifatida doimiy ravishda xotirada saqlanadi. Xotiradagi bu elementlar endi moddiy hodisa bo’lmay, psixik hodisadir. Psixik hodisadan esa lozim bo’lganida nutq organlarining faoliyati tufayli yana moddiy hodisa hosil qilish mumkin.

Tilni mana shunday ikki jihatdan qarab baholagandagina uni materialistictik pozitsiyada turib tushunib va bundagi dealektikani tasavvur qilish mumkin. Aks holda, ya’ni til faqat ichki imkoniyat, potensiyal deb hisoblanganida beixtiyor idealizmga qarab ketiladi.

Psixik hodisa bo’lgan davrda ham, moddiy holda harakat qilganida ham uni ifodalaydigan til terminining ma’no hajmi keng, umumiydir.

Tilning mohiyati, umuman olganda, murakkab: u tabiiy xususiyatlar bilan ijtimoiy xususiyatlarni o’zida birlashtiradi. Shuning uchun tilga bu xususiyatalrni aks ettiradigan, umumlashtiruvchi ta’rif berish lozim. Chunonchi: til ma’no bilan bog’lahgan akustik-artikulyatsion birliklar yoki ularning psixik obrazlaridan tarixiy yo’sinda tahskil topgan ijtimoiy aloqa vositasidir.

Til o’z strukturasiga ega bo’lgan nutq faoliyati materiali bo’lganidan, uning ichki va tashqi xususiyati bor.

Til ichki jihatdan bir muncha tabiiy xarakerli bo’lsa, tashqi jihatdan, ya’ni bir butun sifatida, ijtimoiy xarakterlidir.

Nutq tobushlari tilni artikulyatsion-fonetik yoki grafik ob’ekt qilib qo’yadi. Artikulyatsiya ( talaffuz harakati) tufayli til fiziologiya bilan, tovushlarning eshitilgandagi va grafik xususiyatlari tufayli til fizika bilan bog’langan bo’lib, shu aloqa tilni tabiiy hodisaga yaqinlashtiradi.

Tovushlarni yozuv orqali ifodalashtilning fonetik xususiyatiga yordamchi bir vosita bo’lib, u ko’rish organlariga ta’sir qiladi.

Ma’lumki, nutq organlarining harakati va qo’lning yozish harakati eshitish va ko’rish organlariniing sezishi va ularni idrok qilish insonnig tabiiy qobiliyatidan kelib chiqadigan tabiiy xususiyatlardir. Shuning uchun ham tilning tabiiy xususiati, asosan, uning fonetik tomoni bilan bog’lanadi. Shunday qilib, tilning tabiiy hodisalagi, birinchidan, til strukturasiga xos narsa bo’lib, ikkinchidan, tilning butun bir sistemasiga xos bo’lmay, bu sistemaning faqat bitta birligiga –fonetikagagina taalluqlidir. Demak,tilga ta’rif berilganida uning tabiiy, moddiylik xususiyatini hisobga olish bilan birga, uni butun til sistemasiga nisbatan umumlshtirish ham yaramaydi.

Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi uning kollektivda, jamiyatda yaratilganligi va unga fikr ifodalash, aloqa vositasi sifatida xizmat qilishidadir. Tilning ijtimoiy xususiyati tabiiy xususiyatidan printsipial farq qiladi. Bu farq shundaki, til faqat butun bir sistema sifatidagina ijtimoiy funksiya bajaradi. Uning ayrim birliklari –fonemalari ham, yakka so’zlari ham, grammatik vositalari ham o’z hollaricha kishilarning borliq haqidagi hukmlarini ifodalay olmaydi –nimanidir tasdiqlay yoki inkor qila olmaydi.

Tilning elementlari butun til sistemasi ichidagi “ichki funksiya” nigina bajaradi. Masalan, fonemalar ma’lum sharoit va pozitsiyada ma’no ajratadi, morfemalar so’z formasi ichida funksional qsimlar sifatida qo’llanadi, so’zlar gapda gap bo’lagi vazifasini-grammatik ega, kesim yoki ikkinchi darajali bo’laklar vazifasini bajaradi.

Tilning funksiyasini uning faqat bitta elementigagina asoslanib belgilash mumkin emas. Tilni ishoralar sistemasi deb hisoblash kerakmi, yo’qmi ekanligi ham xuddi shunday masalalardan biri. So’z hamma vaqt ham tovush va ma’nodan iborat bo’lgan butunlik deb hisoblanmagan. Ko’pincha, so’z deganda tovush kompleksining o’zigina anglanib, uni til ma’nosida ham tushunganlar. Shuning uchun, modomiki, so’z tovush kompleksidan iborat bo’lgan ishora ekan, demak, til ham ishoralar sistemasidan iborat, degan xulosaga kelingan. Bu fikr antik dunyo mutafakkirlaridan meros bolib, hozirgacha ham saqlanib kelyapti. Masalan, “Til bilan ifodalash, -deb yozadi Aristotel, - aslida ruhiy taassurot uchun ishoradir…” Bu ta’limotning asosida ma’nodan xoli bo’lgan so’z masalasi yotadi. Aks holda, ya’ni ma’no bilan birga olinganida, ishora so’zning so’zning o’zi bo’lib chiqadi. Bu yerda esa ishora so’zdan ma’noni olib tashlagandan qolgan narsadir. Tilshunoslikda ma’nodan ajratilgan ishoralar bilangina shug’ullanish mumkin emasligi avval aytib o’tildi. Masalan, ishora qatoriga, so’zdan tashqari, tabiatiga ko’ra morfemalarni ham kiritish mumkin. Ammo morfemalar birinchi navbatda ma’noga ko’ra ajratiladi. Demak, ma’nodan ajratilgan “sof” ishora bilan amal qilb bo’lmaydi.

So’zlarnigina hisobga olgan holda tilni ishoralar sistemasi deb baholanishning ikkinchi kamchiligi shundaki, tilning muhim elementlaridan bo’lgan fonema va grammatik qoidalar e’tibordan chetda qoladi.

Til “tashqi” jihatdan ham moddiy, ham psixik hodisa. Uning moddiyligi –novush materiyasi bo’lsa, psixik hodisalagi xotirada saqlanish xususiyatidir. Tilning ijtimoiy funksiyasi moddiylikda ko’rinadi. Tarixiy materializm ob’ektlarini materialistik asosdan, ya’ni moddiy sabablar asosidan keltirib chiqaradi. Tildagi moddiylik so’z, so’z birikmasi va morfemalarning tovush materiyasiga o’ralganligida namoyon bo’ladi. Xuddi shu xususiyat tildan ijtimoiy maqsadda foydalanish imkoniyatini beradi.

O’rta Osiyoning ulug` olimlaridan biri Abu Nasr Forobiy “Baxt saodatga erishuv haqida” degan falsafiy asarida “… inson insoniy kamolotga erishuvi uchun so’zlashga muxtojdir, har bir inson tabiatida boshqa bir inson yoki ko’pchilik bilan munosabatda bo’lish, o’zaro aloqa qilish xususiyati bor”, -deydi.

Tilning inson uchun aloqa vositasi ekanligi va shu bilan boshqa hayvonot olamidan ajralishi haqidagi fikr an’anaviy formulaga aylanadi. Yevropada Uyg’onish davrining dastlabki davri mashhur namoyondasi Dante XIV asrda til fikrni bir biriga tushuntirish uchun insongagina kerak,degan bo’lsa, O’rta Osiyoning mutafakkuri va shoiri Alisher Navoiy XV asrda:

Insonni so’z ayladi judo hayvondin,

Bilkim, go’hari sharifroq yo’q andin,

deb yozdi.

Konkret bir xalq yoki millat tili ma’nosida til ikki hil ijtimoiy vazifani bajaradi: bir tomondan, kollektiv a’zolari orasidagi o’zaro aloqa uchun xizmat qilib, ularni birlashtiradi. Demak, u aloqa hamda birlashtirish vositasidir.

Ikkinchi tomondan, til turli jamoalarning bir- birlaridan ajralib turishlarini ta’minlaydi. Msalan, tojiklar o’zbeklardan, qozoqlar qirg’izlardan, koreyslar yaponlardan birinchi galda o’z tillarining har hil bo’lishi tufayli ajraladi. Demak, bu ma’noda til ajratish qurolidir.

Tilning birinchi vazifasi xammadan ahamiyatli bo’lib, jamiyatning tarixiy taraqqiyotiga bevosita aloqadordir.

  Tilning insonlar uchun xizmat qilishda zamonaviy qoidalarning ahamiyati katta, albatta, grammatik qoidalar zamona talabiga ko'ra moslashib, o'zgarib turmasa tilning taraqqiyoti uchun kishan bo'lib qoladi. O'lik tillardagina grammatik qoidalar doimiy, qat'iy va sabotlidir. Jonli adabiy tilning qoidalarini puhtalashtirish ayrim arboblarning faoliyatiga aloqador bo'lsa ham, vaqti - vaqti bilan o'zgartirib turilmasa tilning taraqqiyotini o'zida aks ettirmaydi.     Til oddiy aloqa vositasi emas:


   Til - kishilarning eng muhim aloqa vositasi: til - aloqaning kishilik formasi. Haqiqatan ham, kishilar o'zaro aloqada turli vositalardan turli foydalaniladilar. Lekin bular ichida til eng muhim.
   Til faqat kishilargina xos, u faqat kishilar aloqasi uchun xizmat qiladi. Kishilar o'zaro aloqada o'z fikrini, istaklarini, sezgi va ruhiy kechinmalarini ifoda qilib, bir - birlariga tasir qiladilar. Tilning jamiyatda aloqa quroli vazifasini bajarishi uning kommunikativ funksiyasini tashkil qiladi. Bu tilning asosiy ijtimoiy funksiyasidir. Bundan tashqari, til ekspressiv va akkumulyativ funksiya bajaradi.
    Tilning ma'lum axborot ifoda qilib, suhbatdoshga ta'sir ko'rsatishi uning ekspressiv funksiyasi deyiladi. Xabar, sezgi va emotsiya, xohish ifoda qilish birgalikda tilning ekspressivlik funksiyasiga kiradi. Bunda tilning turli vositalardan, masalan, modal so'zlar, ritorik so'roq, tarib kabilardan foydaliniladi.
    Til faqat ayrim shaxslarning aloqa vositasi bo'lmay, ayrim millatlararo aloqa quroli, to'plangan tajriba va bilimlarni kelajak avlodga yetkazish vositasi hamdir. Tilning bu funksiyasi uning akkumulyativ ( lotincha assitulare - to'plash) funksiyasihisoblanadi. Bu tilning gneseologik ( bilim protssesi) funksiyasi deb ataladi.
     Tilning ijtimoiy funksiya bajarishida uning birliklari turlicha ishtirok qiladi. Bevosita aloqa jarayonida tilning nominativ va predikativ birliklardan foydalaniladi.
      Mustaqil so'zlar, sostavli nomlar, frazeologizmlar nominativ birlik hisoblansa, turli gap ko'rinishlari predikativ birlik hisoblanadi. Kommunikativ birliklardan tashqari, til strukturaga ham ega. Bular fonema, morfema, so'z birikmasi va gap qurilishi modellaridir.
Shunday qilib, til tabiatiga ko'ra ijtimoiy harakterga ega, chunki u jamiyat taraqqiyoti, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi. Til faqat jamiyatda, odamlar orasida mavjud bo'ladigan ijtimoiy quroldir.
     Tilning taqdiri uning yashashi, rivojlanishi faqat shu tilda gaplashuvchi jamiyatga bog'liq. Til jamiyat bilan paydo bo'lganidek, jamiyat bilan birga o'ladi. Til avloddan avlodga madaniy - tarixiy ana'nalarni yetkazuvchi vosita xizmatini o'taydi.
            



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish