O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/226
Sana22.01.2022
Hajmi3,21 Mb.
#401088
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   226
Bog'liq
umumiy psixologiya

 
Diqqat 
O‘qish ishida — darsni eshitish, kitob o‘qish, masalalarni yechishda, asosan, ixtiyoriy diqqat talab qilinadi. 
Shuning  bilan  birga,  o‘qish  jarayonining  o‘zi  ixtiyoriy  diqqatning  hamda  uning  turishi  va  barqarorligining 
o‘sishiga  yordam  beradi.  Bolalarda  ixtiyoriy  diqqat  bilan  ishlash  qobiliyatini  o‘stirib  borish  maxsus  tarbiya 
vazifalaridan  biridir.  Maktabda  ta’lim-tarbiya  ishlari  sohasidagi  vazifalarga,  jumladan,  o‘quvchilar  irodasi  va 
intizomini  tarbiyalash  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  ixtiyoriy  diqqatni  tarbiyalash  vazifasi  ham  kiradi.  Bolalaming 
yoshlari  ulg‘aygan  sari,  diqqatning  ayrim  sifatlari,  uning  ko‘lami,  ko‘chuvchanligi,  bo‘linuvchanligi,  kuchi  va 
barqarorligi o‘sa boradi. 


33 
 
Bolalaming  diqqati,  avvalo,  ko‘lamning  torligi,  bir narsadan  ikkinchi  narsaga  sekinlik  bilan  ko‘chishi  va 
zo‘rg‘a  bo‘linishi  bilan  ajralib  turadi.  Bir  yoshgacha  bo‘lgan  bolalarda  biz,  faqatgina  juda  tor  konsentratsiya- 
lashgan  diqqatni  ko‘rishimiz  mumkin.  Masalan,  agar  bir  qo‘lida  olma  ushlab  turgan  bolaning  ikkinchi  qo‘liga 
ham  olma  bersak,  u  paytda  ikkinchi  olmani  olishi  bilanoq,  awalgi  ushlab  turgan  olmasini  tashlab  yubo-  radi. 
Demak,  bunda  bolaning  diqqati  o‘z  qo‘lida  ushlab  turgan  ikkita  narsaga  ham  taqsimlay  olmaydi.  Keyinchalik 
diqqatning  bo‘linuvchanligi  kattalar  yordami  bilan  bolalaming  o‘yin  faoliyatlarida,  o‘qish  jarayonida  va  amaliy 
mehnat jarayonida o‘sib boradi. amaliy mehnat jarayonida o‘sib boradi. 
Bolalaming  yoshlari  ulg‘aygan  sari,  diqqatning  kuchi  va  barqarorligi  o‘sa  boradi.  Diqqatning  bu 
xususiyatlari bolalaming o‘yin faoliyatlarida, mehnatda va asosan o‘qish jarayonida o‘sadi. O‘qish jarayoni uchun 
diqqatning ma’lum darajada kuchli va barqaror bo‘lishligi talab qilinadi. Diqqat barqarorligining o‘sishiga bolalar 
ongining mazmunan boyishi va xususan, ular tafakkurining o‘sishi katta yordam beradi. 
Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalar  diqqatining  kuchi  va  barqarorligi  ularning  tabiatidagi 
hissiyotchanlik  bilan  ko‘p  jihatdan  bog‘liq.  Bu  yoshdagi  bolalaming  hissiyotlari  davomli  va  barqaror 
bo‘lmaganidek, ularning diqqatlari ham aytarli barqaror bo‘lmaydi. Lekin bolalaming hissiyotlari ko‘pincha juda 
kuchli bo‘ladi. Shuning uchun ularning diqqatlari, garchi qisqa vaqt ichida davom etsa ham, kuchli bo‘ladi. 
Maktab  yoshidagi  bolalaming  hissiyotlari  anchagina  barqaror  bo‘la  boshlaydi.  Shuning  uchun  pedagog 
o‘qish materialini hissiy momentlar bilan boyitar ekan, bu bilan diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turishga 
yordam beradi. Shuning uchun diqqatga doir bu sifatlaming  keyingi taraqqiyoti ham irodaning taraqqiyoti bilan 
bog‘liqdir. 
Nutq 
Bolalar  nutqining  o‘sishida  ularning  maktabda  o‘qishi,  ayniqsa,  katta  rol  o‘ynaydi.  Bola  maktabga 
kirmasdan  oldin  o‘zi  qanday  gapirayotgan!igi  ustida  o‘ylab  o‘tirmasdan,  o‘z  nutqidan  aloqa  va  bilish  vositasi 
tariqasida  foydalanadi.  Maktabda  esa  bola  gaplashayotgan  til  o‘qitiladigan  va  o‘rganiladigan  ilm  bo‘lib  qoladi. 
Maktabda o‘qiyotgan bola o‘z ona tilining grammatika- si bilan shug‘ullanish natijasida, o‘z nutqini grammatika 
qoidalariga  muvofiq  sur’atda  ongli  ravishda  tuzishni  o‘rganadi.  Grammatikani  o‘qib  o‘rganish  jarayonida  bola 
nutqining fonetika jihati aniqlanadi, nutqning morfologiya jihati to‘g‘ri bo‘lib boradi, nutqning sintaksis tuzilishi 
ancha takomillashadi. 
Nutqning ayrim jihatlariga xos borgan bu sifatlar faqat grammatikani o‘qib o‘rganish natijasidagina o‘sib 
qolmasdan, balki, shu bilan birga, maktabda o‘qitilayotgan boshqa fanlarning ta’siri ostida ham o‘sadi. Maktabda 
o‘qitilayotgan hamma fanlarni o‘rganish va shu faniar bilan shug‘ullanish jarayonida o‘quvchi nutqining lug‘at 
boyligi  boyiydi,  so‘zlarning  mazmuni  chuqurlashadi  va  kengayadi,  har  qaysi  so‘zning,  har  qaysi  terminning 
ma’nosi  aniqlanadi.  Adabiyot  darslari  bilan  shug‘ullanish  o‘quvchilar  nutqining  o‘sishiga,  ayniqsa,  katta  ta’sir 
qiladi. O‘quvchilar adabiyot darslarida to‘g‘ri tuzilgan nutqning eng yaxshi namunalari bilan tanishadilar. 
Tilga doir maxsus mashg‘ulotlarda, shuningdek, boshqa fanlarni o‘qitish vaqtida, o‘qituvchilar o‘quvchilar 
oldiga o‘z nutqlarini muayyan talablarga javob beradigan qilib tuzish, masalan, muayyan savolga to‘liq va keng 
javoblar  berish,  muayyan  reja  asosida  hikoya  qilib berish,  bir  narsani  hadeb  takrorlayvermaslik,  ravon tuzilgan, 
to‘liq gaplar bilan to‘g‘ri gapirish va boshqa shu kabi vazifalarni qo‘yadilar. 
Bolalaning yozma nutqni egallashlari ularning nutqini o‘stirishda muhim bosqich bo‘ladi. O‘quvchi yozma 
nutqni  to‘g‘ri  tushunishni o‘rganib  oladi,  o‘z  fikrlarini  yozma  nutq  holida  bayon  qilish  va  boshqalarga  tushun- 
tirishni o‘rganadi. Kitob o‘qish va, ayniqsa, o‘zidagi fikrlarni yozma tarzda ifodalab, bayon qilib berish tilning 
grammatika  tuzilishini  egallamoq  uchun  katta  ahamiyatga  egadir.  Yozma  bayon  qilish  vaqtida  fikrni  to‘liq 
tushun-  tirib  berish  zarurligi  o‘quvchini  o‘zi  yozayotgan  narsaning  mazmunigagi-  na  diqqat  berib  qolmasdan, 
balki, shu bilan birga, o‘zining qanday qilib vozayotganiga ham e’tibor berishga majbur qiladi, uni o‘zi yozgan 
fikrni  qayta-qayta  o‘qib,  o‘z  nutqini  analiz  qilib  ko‘rishga  majbur  qiladi.  o‘quvchi  yozib  bayon  qilayotganida, 
ko‘pincha, bu ishini bir necha marta qayta ko‘rib chiqishga, o‘zgartirishga, to‘ldirishga, qaytadan ishlab chiqishga 
majbur bo‘ladi. 
O‘quvchi  o‘qituvchining  topshirig‘iga  binoan  yozma  ishlar  bajarayot-  ganida  o‘zining  shu  ishiga  baho 
berilishini,  ammo  bu  baho  ishning  faqat  mazmuniga  qarabgina  herilib  qolmasdan,  balki,  shu  bilan  birga,  o‘z 
fikrining qanday til bilan bayon qilinganiga qarab ham baho berilishini oldindan bilib turadi. Mana shu hollarning 
hammasi bolani o‘z nutqini grammatika va  mantiq talablariga muvofiq keladigan qilib, ongli ravishda tuzishga 
majbur etadi. Yozma nutqni egallash og‘zaki nutqni va ayniqsa, monolog nutqni to‘g‘ri va kengroq qilib  bilib 
olishga yordam beradi. 
O‘quvchi  maktabda  berilgan  topshiriqni  tayyorlash  vaqtida  shu  topshiriqni  o‘ziga-o‘zi  gapirib  berishni 
mutlasil  mashq  qilib  turishi  o‘quvchi  nulqining  o‘sishiga  kalta  ta’sir  qiladi.  O‘quvchi  darslarni  tayyorlayotgan 
vaqtda  shu  darslami  kitobdan  o‘qibgina  qolmasdan,  balki,  odatda,  u  kitobdan  o‘qigan  narsalarini  kitobni  yopib 
qo‘yib, o‘ziga yoki yonidagi sherigiga so‘zlab ham beradi. Bunday hollarda o‘quvchi o‘zi tayyorlayotgan darsni 
grammatika  qoidalariga  to‘g‘ri  rioya  qilgan  holda,  ayniqsa,  tushunarli  qilib  og‘zaki  gapirib  berishga  intiladi. 
O‘qituvchi o‘quvchining nimalarni bilganligi va bilganlarini qanday gapirib berishi bilangina kifoya qilmasdan, 
balki, shu bilan birga, shu bilgan narsasini qanday qilib va qay tariqa gapirib berayotganiga ham e’tibor berishini 
o‘quvchi yaxshi biladi. 


34 
 
O‘quvchi  ovoz  chiqarib,  aynan,  yoki  o‘z  so‘zlari  bilan  takrorlash  yo‘li  bilan  o‘zining  artikulatsiya 
apparatini  mashq  qildiradi,  o‘z  nutqining  qay  darajada  to‘g‘riligini  nazorat  qiladi,  shu  bilan  birga,  o‘zi 
o‘zlashtirgan bilimlarning to‘g‘riligini va mustahkamligini ham nazorat qiladi. 
Albatta, o‘quvchi nutqining o‘sishida o‘qituvchining nutqi katta rol o‘ynaydi, chunki o‘qituvchining nutqi 
o‘quvchilar  uchun  namunali  nutq  hisoblanadi.  Shu  sababli,  har  bir  o‘qituvchi  o‘quvchilar  nutqini  o‘stirishga 
intilib, o‘zi ham o‘z nutqini takomillashtirish ustida to‘xtovsiz va tinmay ishlashi lozim. 
Mazmunli,  to‘liq  fikrli,  to‘g‘ri  tuzilgan  va  uslub  jihatidan  chiroyli  bo‘lgan  nutqni  o‘stirish  maktabda 
bolalaming o‘qitish sohasida qo‘yilgan muhim vazifalarning biridir. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish