Bolalarda yoshga qarab bo'yining o'zgarishi. Yangi tug'ilgan bolaning
bo'yi 48-50 sm bo'ladi. Bolaning bir yoshigacha bo`yining uzunligi har oyda 2 sm
dan o`sib bir yosh oxirida 75 sm ga еtadi. 2,3 yoshida bo’yi har yili 8 sm dan
cho’ziladi. 4, 5, 6 yoshlarda har yili 5, 7 sm ga ortadi. Jinsiy еtilish munosabati
bilan qizlarda 12 yoshdan, o`g`il bolalarda 15 yoshdan boshlab bo`yiga o`sish
tеzlashadi. Bo`yiga o`sish qizlarda asosan 18 yoshda, o’g’il bolalarda esa 20
yoshda to`xtaydi. Butun rivojlanish davrida oyoqlarning uzunligi 5 marta, qo`l
uzunligi 4 marta, gavda uzunligi 3 marta ortadi. Jinsiy jihatdan voyaga еtish
davrida o’smirning bo’yi har yili 7-8 sm dan o`sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |