Jinsiy hujayralarning urug'lanishi. Erkaklik jinsiy hujayrasi
spermatozoid, urg'ochilik jinsiy hujayrasi tuxum hujayra deyiladi. Erkak va
urg'ochi jinsiy hujayralarining o'zaro qo'shilishi urug'lanish deyiladi. Urug'lanish
natijasida zigota hosil bo'ladi. Zigotadan esa embrion vujudga keladi.
Homilaning rivojlanishi. Birinchi haftada embrion qobig'i rivojlanadi.
Birinchi oyning oxiriga borib embrionning kattaligi 10 mm ga yetadi. Ikkinchi
oyning oxirida 3 marta, 4-oyning oxirida 30 marta kattalashadi. 9 oyning oxirida
470 mm bo'ladi. Homila vazni tez orta boradi. 3 oylikda 20 g, 6 oylikda 600-700 g,
9 oylikda 2400-2500 g bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |