O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus


Buyrak  tuzulishi  va  yoshga  xos  xusuyatlarini o’rganish



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/360
Sana09.08.2021
Hajmi2,29 Mb.
#142785
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   360
Bog'liq
yosh fiziologiyasi va gigiyena (1)

Buyrak  tuzulishi  va  yoshga  xos  xusuyatlarini o’rganish


264
          Mashg’ulotdan  maqsad.  Buyrak  tuzulishi va  funksiyasni o’rganish.
Nazariy  tushuncha. Ayirish sistemasining asosiy qismini siydik ayirish
organlari tashkil qiladi. Bu organlarga: buyraklar, siydik yo’li, qovuq yoki siydik
pufagi va siydik chiqarish kanali kiradi.
Bolalarning buyragi katta-kichikligi va vazniga ko’ra kattalarnikidan farq qiladi.
Buyrak juft organ bo’lib, o’ng va chap buyraklarga bo’linadi. Shakli loviya
shakliga o’xshash bo’lib, qorin bo’shlig’ining bel qismida ya’ni birinchi va
ikkinchi bel umurtqalarining yon tomonida joylashgan. Yangi tug’ilgan bolada
buyrakning vazni 11-12 g, 1 yoshda 27-36 g, 5 yoshda 55-56 g, 7 yoshda 82-84 g,
13 yoshda 100-102 g, 15 yoshda 115-120, kattalarda esa 150 g bo’lib, uzunligi 10-
12 sm, eni 5-6 sm, qalinligi 3-4 sm bo’ladi. Buyraklar murakkab tuzilgan organ
bo’lib, po’st va mag’iz qavatlardan iborat. Uning asosiy
struktura birligi nefronlar bo’lib, ular buyrakda
12-rasm. Siydik ayirish organlarining umumiy ko`rinishi:
1-buyrak; 2-siydik yo`li; 3-qovuq (siydik pufagi); 4-buyrak arteriyasi;
5-buyrak venasi.
filtratsiya funksiyasini bajarib qondagi moddalarni filtrlab
birlamchi va ikkilamchi siydik shakillantiradi. Buyrakning
po’st qavatida Shumlyanskiy Baumen kapsulasi bor. Bu
kapsula 2 qavatli pardadan iborat bo’lib, undan egri-bugri
kanalchalar boshlanib, buyrakning mag’iz qavatiga o’tadi.
Buyrakning mag’iz qimida egri-bugri kanalchalar
to’g’rilanib, yuqoriga buriladi va bu burilish joyi genli
halqasini hosil qilib, yana po’st qavatga qaytadi. Kanalcha
chiqarish yo’liga quyiladi. Chiqarish yo’llari po’st va mag’iz
qavatlari orqali o’tib, buyrak jomiga quyiladi. Undan esa siydik yo’llari orqali
qovuqqa yoki siydik pufagiga quyiladi.
Siydik yo’li bolaning embrionlik davrida, uning meoderma qavatida ya’ni buyrak
rivojlanishining mezanefroz davrida shakllanib, buyrak jomidan boshlanib, qorin
bo’shlig’ining orqa qismidan siydik pufagiga birikadi. Godak bolaning buyrak
jomlari va siydik yo’llari nisbatan keng, muskul va elastik tolalar yetarlicha
rivojlanmaganligi uchun devorlarining tonusi pastroq bo’ladi. Uning uzunligi katta
odamlarda o’rtacha 30 sm bo’lib, 3 qavatdan ichki shilliq, o’rta muskul, tashqi
serroz qavatdan iborat. Vazifasi buyrakda hosil bo’lgan siydikni siydik pufagiga
yetkazib turadi.
Siydik pufagi yoki qovuq kichik chanoq bo’shlig’ida joylashgan bo’lib, emadigan
bolada qovuq yuqoriroqda bo’lib qisman qorin bo’shlig’iga kirib turadi. U
to’lganida kindikka yaqin turadi. Bola ulg’ayib borgan sayin qovug’i asta sekin
chanoq bo’shlig’iga tushib boradi. Yangi tug’ilgan bolalarda qovuqning hajmi 50
ml, 1 yoshda 200 ml, 9-10 yoshda esa 600-750 ml ga yetadi. Qovuq to’lmasdan
turib ham siydik ajraladi. Chaqaloq bola siyganida har safar 10-40 ml, 1 yoshda
50-90 ml, 5 yoshda 100-150 ml, 10 yoshda 150-200 ml, kattalar esa 250-300 ml
siydik chiqaradi.
13 yoshgacha buyraklarning vazni, tuzilishi funksiyasi o’zgarib boradi.
Bolalarda moddalar almashinuvi jadal borganidan siydikning tarkibi kattalardan


265
farq qiladi, tarkibida organik moddalar va muneral tuzlar nisbatan kam bo’ladi.
Yosh ortishi bilan siydikning tarkibi va xossasi o’zgarib boradi. Bolalarda siydik
ko’proq hosil bo’ladi. bir oylik bola bir kecha - kunduzda 35-380 ml, 1 yoshda 750
ml, 4-5 yoshda 1 litr atrofida, 10 yoshda 1,5 litr, 15-16 yoshda 2 litr siydik ajraladi.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish