O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus


Bolalar va o`smirlar salomatlik holati



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/360
Sana09.08.2021
Hajmi2,29 Mb.
#142785
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   360
Bog'liq
yosh fiziologiyasi va gigiyena (1)

Bolalar va o`smirlar salomatlik holati. Sog'liq va salomatlik holati
deganda organizmning tashqi muhit bilan turg'un munosabat holati va bu jarayonda
kasalliksiz, og'riqsiz va o'zgarishlarsiz kechadigan holati tushuniladi. Keng
ma'noda olganda salomatlik-insonning ruhiy, biologik (fiziologik) vazifalarini,
uning aktiv hayot faoliyatining davomiyligini mumkin qadar saqlab qolgan holda
eng ko'p mehnat qobilyatini, ijtimoiy jihatdan faolligini saqlash va rivojlantirish
jarayonidir. Katta va kichik yoshdagi insonlarning sog'ligi-jamiyat
boyligidir.Insoniyat paydo bo'lganidan beri sog'lom, baquvat bo'lishga, uzoq umr
ko'rishga intilib, bosh qotirib kelmoqda.
Ma'lumotlarga qaraganda tug'ilgan har 1000 odamdan 1 tasi 100 yil yashar ekan.
Toshbaqa, timsoh-100-200 yil, Qarg'a 100-120 yil, Lochin 160-170 yil, Meksika
savri 15000 yilgacha yashaydi. Inson umri esa 70-100 yil bo'lib kelmoqda,
vengriyalik er-xotin: Djon-172 yil, Sarra 120 yil, daniyalik Drakenberg 146 yil,
angliyalik Djenkins 196 yil, Tomas par 153 yil yashagan va hakazo.
Salomatlikning antropometrik, kilinik, fiziologik va bioximik ko'rsatkichlari
mavjud-ki, bu ko'rsatkichlar yoshga bog'liq ravishda, jinsga, ta'lim-tarbiya
sharoitlariga, iqlimiy va geografik muhit sharoitlariga bog'liq ravishda o'ziga xos
aniqlanadi.
Individual salomatlik tushunchasidan tashqari aholi sog'ligi tushunchasi ham
mavjud bo'lib, bu tushuncha statistik ko'rsatkich sifatida muhimdir. Bu
ko'rsatkichlar: tug'ilish, o'lish, bolalar o'limi, jismoniy rivojlanish darajasi,
kasalliklarga chalinish, o'rtacha umr ko'rish ko'rsatkichlari sifatida aniqlanadi.
Bolalar va o'smirlar jmoasining salomatligi tahlilida bir qacha ko'rsatkichlar:
umumiy kasallanish, yuqumli kasalliklarga chalinish; salomatlik indeksi, uzoq
muddatli va tez-tez kasalga chalinishi;
Sog'lom va nosog'lom (ruhiy, jismoniy) shaxslar nisbati; salomatlik
guruhlaridagi taqsimlanish va boshqa ko'rsatkichlar muhim ahamiyatga ega.
Umumiy kasallanish (barcha kasaliklarning tarqalishi)-asosan aholining tibbiy
yordamga murojat qilganliklari to'g'risidagi ma'lumotlarni yoki yoppasiga
o'tkazilgan tibbiy ko'riklar natijalarini tahlil qilib aniqlanadi. Umumiy kasallanish
yoshga bog'liq holda va tarbiya sharoitlariga bog'liq holda ko'zga ko'rinarli
darajada o'zgarib turadi. 2-3 yoshdagi bolalar o'rtasida bu ko'rsatkich yuqori bo'lib,
so'ngra susayadi, maktab davri boshlarida va jinsiy balog'at davrida bir muncha
o'sish kuzatiladi va yana susayadi. Bu davrlarda bolalar va  o'smirlar bir muhitdan
ikkinchi muhitga tushib qoladi, moslashish qiyinroq kechishi kuzatiladi,


221
organizmda nmmun sistema va imumiy reaksiya faoliyati susayadi, jinsiy balog'at
yoshida bunday o'zgarishlar neyrodokrinologik jihatdan o'zgarishlar natijasi
hisoblanadi.
Kasalliklar yoshga xos ravishda o'zgarib ham turishi mumkin, shu sababli
kasalliklar ba'zan toifalarga ajratiladi. Quyida ba'zi toifalarga  ajratilgan
kasalliklarning yoshga xos tarqalishi ko'rsatilgan.
Toifa
o'rni.
  1-6 yosh
 7-10 yosh
 11-14 yosh
15-17 yosh
   I
Nafas olish
organlari
kasalliklari
Nfas olish
organlari
kasalliklari
Nafas olish
organlari
kasalliklari
Nafas olish
organlari
kasalliklari
  II
Yuqumli
kasalliklar
Travma
(jarohatlanish)
zaharlanish
  III
Allergik
kasalliklar
Ovqat hazm
qilish organlari
kasalliklari
Nerv tuzilish va
sezgi
organlariga
oid kasalliklar
  IV
Ovqat hazm
qilish organlari
kasalliklari
Travma
(jarohatlanish) va
zaharlanish)
Teri va teri osti
kletchatkasi
kasalliklari
ruhiy  buzilishlar
  V
Travma
(shikastlanish)
va zaharlanish.
Nerv tuzilish va
sezgi organlari
kasalliklari
Ovqat hazm
qilish organlari
kasalliklari
Yuqumli
kasalliklar
Bunday ko'rinish asosan yoshga bog'liq holda  morofunksional jihatdan
asosiy fiziologik tizimlarning yetilishi va rivojlanishi, immun sistemasi
xususiyatlari, gigiyenaga amal qilish, rejimga, mashq qilishga ko'nikish va boshqa
xususiyatlarga bog'liq holda yuzaga keladi. Bundan tashqari o'quvchilarda yosh
o'zgargan sari yaqindan ko'rish, qaddi-qomatning buzilishi, quloq, tomoq, va
burunning surunkali kasalliklari miqdori oshib boradi.
Hozirgi davrda tibbiy tadqiqotlar natijasida bolalar va o'smirlar sog'ligining
holatiga ko'ra ularning  salomatligi ko'rsatkichlari, mezonlari qabul qilingan. Ular
quyidagicha: tekshirish davridagi surunkali kasalliklar mavjudligi yoki
uchramasligi; 2 Organizmning asosiy organlar tizimi funksional holati darajasi; 3.
Organizmning noqulay ta'sirlarga qarshilik ko'rsata olish darajasi.
Yuqoridagi mezonlarga ko'ra bolalar va o'smirlar sog'ligining holatiga ko'ra
V guruhga bo'linadi. I va II guruh-sog'lom va amalda sog'lom bolalar. III va IV
kasallik darajalariga ko'ra turli xil bemor bolalar. V-guruh maktabga
qatnamaydigan va maxsus maktablarda o'qiydigan butunlay bemor bolalar
kiritiladi.


222
Demak I guruhdagi bolalarning funksiyalari normal rivojlanganlik darajasiga
ega;
II guruh-sog'lom, lekin o'tkir va surunkali kasalliklarga qarshilik ko'rsatish
qobilyati pasaygan hamda ba'zi morfofiziologik o'zgarishlarga ega bolalar va
o'smirlar.
III guruh- surunkali kasalliklarga chalingan, lekin funksional imkoniyatlari
darajasi saqlanib qolgan bola va o'smirlar.
IV guruh-funksional holati pasaygan va surunkali kasalliklarga chalingan
bolalar va o'smirlar.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish