Chamalash refleksining ahamiyati. Shartli refleks hosil qilishda chamalash
(oriyentirlash) refleksining ahamiyati juda katta, bu refleksni I. P. Pavlov “Nima
degan?” deb atagan.Chamalash refleksi turlicha namoyon bo'ladi. Tashqi
muhitning bir oz o'zgarishi bosh, ko'z, quloq, butun gavdani ta'sir berilgan tomonga
qarab aylantiruvchi muskul harakatini paydo qiladi. Ayni vaqtda ko'z qorachig'i
kengayadi, yurak-qon tomir sistemasi, nafas olish sistemasida o'zgarish yuzaga
keladi, elektrik aktivlik o'zgaradi. Terining qarshilik ko'rsatishi kamayadi va
hokazo.
Chamalash refleksi murakkab reaksiya hisoblanadi. U komponentlarni
yagona bir sistemaga birlashtiruvchi omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |