Vegetativ nerv sistemasining rivojlanishi. Vegetativ nerv sistemasi
hayotiy zaruriy funksiyalarni amalga oshiradigan tizim sifatida bolaning ilk
rivojlanish bosqichlaridayoq shakllanadi. Ammo, tug'ilish vaqtida hali simpatik va
parasimpatik bo'limlar hali uncha uyg'unlashmagan bo'ladi (bunga yurak
qisqarishlari misol bo'ladi). Keyinchalik, bola rivojlana borgan sari markaziy nerv
sistemasining oliy bo'limlari ta'siri kuchaya boradi, shu bilan birga ichki organlar
faoliyatining normal ishlashini ta'minlaydigan funksiyasi ham takomillashib
boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |